So’nggi yangiliklar

18:22"Реал" Родри ёки Энцо Фернандесни сотиб олади, агар...  0 18:15Суперлига. "Динамо" - "Локомотив" (матнли трансляция)  1 18:00Суперлига. Олмалиқда 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  10 17:31ОФК Чемпионлар Лигаси-2. Умар Эшмуродов жамоаси сафарда "Чонбук Моторс"га имкониятни бой берди   0 16:57"Ҳозирги ҳолатимни сўз билан таърифлаш қийин"   0 16:16Асаби бўшлар кўрмасин! "Барселона" жароҳат олган Пау Кубарси суратини чоп этди   4 15:47Ханс-Дитер Флик: "Бугун амалга оширган ишимиздан мамнунман"  0 15:15ОФК Чемпионлар лигаси-2. 4-турдан сўнг ғарбий минтақадаги ҳолат  9 14:42ОФК Чемпионлар Лигаси-2. "Чонбук Моторс" - "Селангор": Умар Эшмуродов асосий таркибда  0 14:31"Бетис" "Барселона" ҳимоячисига қизиқмоқда  1 14:19"Локомотив" сўнгги бор Самарқандда "Динамо"ни қачон ютган?  2 13:56"Барселона" XX асрда қайд этган ажойиб бир натижасини яхшилади   2 13:27Артета: "Футболчиларим билан фахрланаман"  2 12:25"Олимпик" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин   3 12:18U-20 Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан ўйнайди  16

Yurgen Klopp: "Liverpulda odamlar futbol bilan nafas olishini bilaman" Yangiliklar

Yurgen Klopp: "Liverpulda odamlar futbol bilan nafas olishini bilaman"

APLdagi eng muhim voqealardan biri “Liverpul”ga germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppning bosh murabbiy etib tayinlangani bo'ldi.

“Everton” bilan bellashuvdan keyin Brendan Rojersni istefoga chiqargan mersisaydliklar rahbariyati “Borussiya”dagi faoliyatidan keyin ishsiz yurgan Klopp bilan shartnoma imzolashdi. Klopp 2001-08 yillarda “Maync”da ishlagan. Keyin Dortmund shahri jamoasida shu yilning yozigacha faoliyat yuritgandi.

Klopp bilan 3+1 ko'rinishida shartnoma tuzilgan. U yiliga 5 million funt maosh oladi va jamoa CHempionlar ligasiga yo'l olgan taqdirda yana 2 million funt mukofot puli to'lanadi. SHu tariqa u APLda eng ko'p pul topadigan murabbiylardan biriga aylandi.

“Liverpul” murabbiylar shtabida esa o'zgarishlar yuzaga keldi. SHon O’Driskoll, Kris Devis va Glen Driskoll klubni tark etishdi. Gari Makallister vakillik vazifasini bajaradigan bo'ldi.

Kloppni tanishtirish marosimidan keyin matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

- Sizdan bu erda ko'p narsa kutishadi. Bunga tayyormisiz?

- 25 yil chempionliksiz katta muddat. SHu payt davomida “Liverpul” bilan bog'langanlar raqobatlashish, o'sish va oltin medallarni qo'lga kiritishga intildi. Tarix poydevorimiz, biroq har doim uni sumkada olib yurishning iloji yo'q. Ayni vaqt va kelajakka etibor qaratish kerak. Kelasi haftadayoq buning uchun birinchi qadamni qo'yishni istardim, ammo hozirgi jamoani boshqalari bilan solishtirishga ehtiyoj yo'q.

“Liverpul” – katta imkoniyatga ega buyuk klub. Bizda katta iqtidorga ega tezkor va kuchli futbolchilar bor. Barchasini boshidan boshlashga urinib ko'ramiz – hozir buning uchun eng qulay vaqt. Hozir vaziyat bilan tanish emasman, lekin tez o'rganib olaman. Melvudga borib, barchasini o'zim ko'rib olaman.

Barcha futbolchilar klub ixtiyorida emas, shu sababli to'laqonli ishni kechroq boshlaymiz. Ehtirosli futbol o'ynashga intilamiz. Jahon total futbol haqida bong urmoqda, lekin bizga to'pga egalik qilayotgan va uni raqib nazorat qilayotganda holatdagi o'yin rejasi zarur. Jamoani qaytadan ishga tushirish vaqti keldi.

- Klub sizni nimasi bilan o'ziga tortdi?

- Inglizcham uchun uzr so'rayman. Odatda vaqtimni tatilda o'tkazaman, lekin bir necha kundan keyin ish suratiga kirishaman va majburiyatlarimni bajarishga kirishaman. Jahondagi eng katta klublardan birida ishlash men uchun faxr. Bu erdagi vaziyatni to'g'rilash imkoniga ega bo'lganimdan xursandman. “Liverpul” eng yaxshi bo'lmagan davrni boshdan kechiryapti. Ammo bunday buyuk klubni boshqarishga boshqa imkon bo'lmasligi mumkin. Ingliz futbolini to'liq his qiladigan holatni orziqib kutyapman. Liverpulda odamlar futbol bilan nafas olishini bilaman, biroq buni o'zim his qilishni istayman. Avval ikki ajoyib klubda ishlaganman. Endi esa navbatdagi qadamni tashlash va bu jamoaga yordam berishim lozim.

- Qanday maqsadingiz bor?

- Bu jamoaning muammolaridan biri. Premer-liga eng qiyin chempionat hisoblanadi. Bu erda 7 jamoada chempion bo'lish uchun imkoniyat katta. Biroq ulardan biri buni uddalaydi va qolganlar ishlari halokatli ekani to'g'risida o'ylashadi. Rivojlanishda eng muhimi – o'yinchilarga to'g'ri munosabat va ishning boshini to'g'ri yo'lga qo'yish. Hozir premer-ligani kim yutishi ahamiyatli emas. Biz o'z futbolimizni o'ynaymiz, o'yinchilar ishqibozlar tomonidan ishonchli his qilishlari zarur. Ular muxlislar ishonchini oqlashga qodir ekanliklarini bilishlari shart. Bizni qo'llaydiganlar shubhalanmay, bizga ishonishni boshlashlari kerak. Jamoa o'yinini o'zgartiradi, chunki hozirgi natijalar hech kimni qoniqtirmaydi. O'yindan rohatlanishni istasang, bunga tayyor bo'lishing darkor. Maydonda jamoaviy ruh, jangchi va gladiatorlarni ko'rishni xohlayman. Katta tezlikda oldinga yurishlar, zarbalarni istayman. Natija aynan shunga bog'liq.

- Yangi o'yinchilar bilan kelishuvda kimning ovozi ko'proq ahamiyatga ega bo'ladi?

- Biz xo'jayinlar bilan uchrashdik va chin dildan barchasini muhokama qildik. Ular men shartnoma imzolashda birinchi va oxirgi so'zga ega bo'lishim shartligini yaxshi bilishadi. Buni 10 soniyadan ortiq muhokama qilmadik. Yuqori saviyada o'ynayotgan yaxshi futbolchilar borasida suhbatlarni xohlaymiz. Men o'ta aqlli emasman va biror ijrochi haqida aniq malumotlar taqdim etadigan yordamchilarga muhtojman.

- O'tgan yili mavsum arafasida bu erga uchrashuv o'tkazish uchun kelganingizda “Liverpul” murabbiyiga aylanishingiz mumkinligini o'ylaganmidingiz?

- O'zimni hamisha romantik, futbol romantigi deb hisoblaganman. Baxtli yakunga ega voqealarni yoqtiraman. “Enfild” jahondagi eng yaxshi stadionlardan biri ekanligini bilaman. Bu erda birinchi marta “Borussiya” bilan bo'lganimda murabbiy bo'lib ishlash qanday ekanligini tasavvur qilishga uringandim. Bugun menga hammadan ko'p omad kulib boqdi, olamdagi eng baxtli murabbiyman.

- O'zingizni qanday tariflaysiz?

- Nahotki, bu erdagilardan kimdir meni o'zgacha, g'ayritabiiy qobiliyatlarga ega deb o'ylasa? O'zim haqimda ko'p gapirishni xohlamayman. Men o'zgacha emasman, SHvarcvalddan chiqqan oddiy insonman. Juda oddiy inson. Onam men bilan faxrlanadi. Men o'rta toifadagi o'yinchi bo'lganman, lekin Germaniyaning o'zgacha klubini boshqarishga erishdim. Umid qilamanki, kelajakda ham ishimdan rohatlanishda davom etaman. Menga Britaniya gazetalari haqida ko'plab yomon narsalarni aytishdi, biroq sizlarda buning aksi ekanligini isbotlashga imkoniyat bor.

- Jamoadan qanday o'yin kutyapsiz?

- Barcha uslubimni biladi – bu tezlik va ehtiros, himoyadan hujumga juda tez o'tish. Futbolni qiziq qiladigan barcha narsalarga qiziqaman. G'alaba qozonib, ochkolar to'plashimiz lozim. Hozir qandaydir o'yin uslubi borasida vada berishni istamayman. Umid qilamanki, matbuot vakillari bizga tinchlik berishadi. CHunki ertalab 11dan kechgacha etiborimizni futbolga qaratishimiz kerak.

- Tatilingizni qanday o'tkazdingiz?

- Yaxshi. 48 yoshdaman, hayotimning ko'p qismida buning uchun pulim bo'lmagandi, endi esa vaqtim yo'q. Lekin ajoyib dam oldim. Oilam bilan bo'ldim va ko'p tennis o'ynadim. Bu erda dam olishdan keyin yaxshiroq bo'lgan holatdaman.

Dortmunddan ketish oldidan kelajakda nima bo'lishini ko'rishimizni aytgandim. Kimdir qo'ng'iroq qilib, taklif haqida aytganda buni ko'rib chiqardim. SHunday bo'ldi ham. Menda yaxshi hissiyot bor edi. “Liverpul” xo'jayinlari ajoyib insonlar. Biz uchrashib, barchasini xotirjam muhokama qildik. Tatilni tugatib, ishni qabul qilib olish zarurligini tushundim.

- Barchasi tushda ro'y berayotgandek tuyulyaptimi?

- Ha, bu haqiqat emasdek. Bugun ertalab “Liverpul” murabbiyi sifatida uyg'ondim. Oddiy murabbiyman va maydonda bo'layotgan narsalarga tasir ko'rsatishni istayman. Yangi sinovlarga tayyorman, chunki katta tajribaga egaman. Bu erda bo'layotgan voqealar aqlsizlikdek.

Odamlar yangi kelganingda nima haqida gapirishi meni qiziqtirmaydi. Ketganingdan so'ng nima deyishlari ko'proq muhim. Agar istasak, bugungi kun o'zgacha bo'lishi mumkin. Natijalarga kelsak, kutishga to'g'ri keladi. Yana 25 yil kutishga to'g'ri kelishi haqida gapirmayapman. Agar 4 yildan keyin hamon shu erda o'tirgan bo'lsam, unda bu chempion bo'lganimizni bildiradi. Aks holda, SHveycariya chempionatida sovrin yutishga ketaman.

- “Liverpul” va “Borussiya” o'rtasida o'xshashlik mavjudmi?

- Vaziyat o'xshash, barcha turnir jadvalidagi o'rindan norozi, lekin mavsum oldi tayyorgarlikni o'tkazish imkoniyati bo'lgani yo'q. Hozir o'yin g'oyasi uchun birgalikda o'sish muhim. Jamoaning potencialiga ishonaman. Bir qator mohir hujumchi, himoyachi va darvozabonlar bilan birga ishlayman. Jahonga mashhur top-murabbiy bo'lishing mumkin, biroq raqiblar saviyasini nazorat qilish senga hech qachon nasib etmaydi. Agar raqib juda yaxshi bo'lsa, unda sen yanada yaxshiroq darajada bo'lishing lozim.

- Nomingizni klub tarixiga yozdirib qo'yishni xohlaysizmi?

- O'zimni tarixdagi insonlar bilan tenglashtirishni istamayman. Bu haqida o'ylamayapman, men uchun bu juda muhim emas. Hozirgacha “Liverpul”ning biror murabbiyi birinchi matbuot anjumanida maqsadi klub afsonasiga aylanish haqida gapirmagan.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика