Yurgen Klopp: “Ketma-ket uchta mag'lubiyat “Borussiya”ning keyingi o'yinlariga hech ham tasir ko'rsatmaydi”
26 noy 2013 08:47
Yangiliklar


Yurgen Klopp: “Ketma-ket uchta mag'lubiyat “Borussiya”ning keyingi o'yinlariga hech ham tasir ko'rsatmaydi”
“Borussiya” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp, CHempionlar ligasi 5- tur guruh bosqichi doirasida “Napoli”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinni, klub uchun juda muhimligini takidlab o'tdi.
“Biz bor etiborimizni ushbu o'yinga qaratganmiz. O'yin oson bo'lmasligi aniq.
Biroq men jamoaning bu to'siqdan o'ta olishiga ishonaman. Lukash Pishchek maydonga qaytdi va u avvalgidek o'yin namoyish eta oladi, - bu esa biz uchun juda muhim.
Ketma-ket uchta mag'lubiyat “Borussiya”ning keyingi o'yinlariga hech ham tasir ko'rsatmaydi. Ertaga bizni ikki ajoyib jamoa o'rtasidagi qiziqarli bahs kutib turibdi”, - deya takidladi Klopp.

Fikrlar