Yurgen Klopp APLdagi hakamlik haqida: "MYU ikki yilda "Liverpul"ning 5,5 yildagi penaltilaridan ko'p tepibdi deb eshitdim"
05 jan 2021 12:16
Yangiliklar


Yurgen Klopp APLdagi hakamlik haqida: "MYU ikki yilda "Liverpul"ning 5,5 yildagi penaltilaridan ko'p tepibdi deb eshitdim"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasidagi "Sautgempton" (0:1)ga qarshi o'yindan so'ng penaltilar haqida gapirdi.
"Biz hech narsani o'zgartira olmaymiz. "Manchester Yunayted" ikki yilda "Liverpul"ning 5,5 yildagi penaltilaridan ko'p tepibdi deb eshitdim.
Bu mening aybimmi yoki qanday qilib bunday bo'lishi mumkinligini tasavvurimga sig'dira olmayman. Ammo bu bizning o'yimizni oqlamaydi.
Biz buni o'zgartira olmaymiz va [hakamlarning] qarorlarni hurmat qilishimiz kerak. Ammo biz o'z o'yinimizni o'zgartira olamiz. Biz bunga etibor qaratamiz", - deydi Klopp.
Oldinroq, Klopp ushbu o'yinning ikkita epizodida penalti belgilanmaganidan norozi ekanlini, agar boshqa jamoa bo'lsa, penalti belgilangan bo'lishini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar