So’nggi yangiliklar

14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  1 14:12Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғин бошлади  0 13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  0 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  1 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  7 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  10 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  7 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  2 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1

Yurgen Klinsmann: "Butun mamlakat kutayotgan natijaga ikkita o'yin qoldi" Yangiliklar

Yurgen Klinsmann: "Butun mamlakat kutayotgan natijaga ikkita o'yin qoldi"

Osiyo kubogi chorak finalidan o'rin olgan Avstraliya va Koreya Respublikasi (1:2) uchrashuvidan so'ng koreyslar bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann yana bir ajoyib g'alaba haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, Koreya Respublikasi chorak final bosqichidagi Avstraliyaga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida hisobni tenglashtirdi va qo'shimcha bo'limlarda yana bir gol urib, yarim finalga yo'l oldi.

"Biz juda va juda baxtlimiz. Avstraliya bilan qiynalishimizni bilardik, lekin yana 120 daqiqa o'ynash juda qiyin bo'ldi. Jamoamdagi shijoatdan faxrlanaman. Oxirgi daqiqalardagi o'yinimizni gol o'tkazib yuborgunga qadar ko'rsatish kerak edi, ammo hammasi joyida. Yarim finalda ekanimizdan baxtliman. Men ham o'yinni ertaroq yakunlashni istayman, ammo har safar ish qo'shimcha bo'limlarga bormoqda. Bu Osiyo kubogidagi hikoyamizning bir qismi bo'lsa kerak. Koreya barcha xushomadlarga loyiq jamoa. Jang, jang va yana jang. Har safar oxirgi daqiqadalarda gol urib ketish oson ish emas. Butun mamlakat kutayotgan natijaga ikki o'yin qoldi. Uyga titul bilan qaytmoqchimiz. Iordaniyaga qarshi o'yin ham 0:0 hisobida start oladi. Bu o'yinda yanada qiyinroq bo'lishi aniq. O'zimiz istagan natijaga 120 daqiqadan avvalroq etib borishga harakat qilamiz", -deydi Yurgen Klinsmann.

Malumot uchun, Koreya Respublikasi yarim final o'yinini Iordaniya termasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика