So’nggi yangiliklar

18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   0 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  0 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  0 16:33Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  1 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  7 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  4 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  3 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  5 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  4 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  23

Yuqori darajadagi matematika. CHempionlar ligasi natijalari raqamlarda Yangiliklar

Yuqori darajadagi matematika. CHempionlar ligasi natijalari raqamlarda

"Ko'xna qita"ning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirida qayd etilgan qiziq natijalarni etiboringizga havola qilamiz.
BOSHLADIK

UEFAning 53 azo associaciyasidan 77 jamoa bu mavsumda CHempionlar ligasida ishtirok etdi. O'tgan mavsumda 52 mamlakat va 76ta ishtirokchi edi. Bu yil Gibraltar o'zining "Linkoln" jamoasi bilan qatnashdi va birichi saralash bosqichidayoq musobaqani tark etdi.


To'rtinchi marotaba - pley offda yoki Xosep Gvardiola jamoasi yoki uni mag'lub etgan jamoa CHempionlar ligasida g'alaba qozondi. 2010 ("Inter"), 2012 ("CHelsi"), 2014 ("Real") va 2015 ("Barselona") yillarda shunday bo'lgan.



"Real" CHempionlar ligasi tarixida 230ta g'alabaga erishgan. Bu natija turnirda ishtirok etgan jamoalar orasidagi eng yaxshisi hisoblanadi.



CHempionlar ligasi to'purarlari hisobida 77tadan gol mavjud. Bular: Krishtianu Ronaldu ("Real") va Lionel Messi ("Barselona"). Bu ikki yulduzdan so'ng keyingi o'rinni egallab turgan, hozirda futbolchilik faoliyatini yakunlamaganlar Dide Drogba va Zlatan Ibragimovich. Ularning hisobida 44tadan gol bor.



"Yuventus" 6 marotaba finallarda mag'lub bo'lgan. Berlindagi final Turin jamoasini CHempionlar ligasi tarixidagi eng omadsiz jamoaga aylantirdi. "Yuventus"dan keyingi o'rinni "Benfika" egallab turibdi.


Nikolo de Marki Turindan Berlingacha piyoda 1099 km bosib o'tgan . Bu finalning eng chiroyli hikoyasi. Nikolo "Yuventus"ning ashaddiy muxlisi hisoblanadi va u finalni tomosha qilish uchun bu ishga qo'l urdi. Avvaliga Turin klubi konkurs uyushtirdi. Ushbu konkursda "Men Berlinga borib qolganimda ..." gapini eng chiroyli davom ettirganga chipta sovg'a qilingan. De Marki esa sakkiz kuni piyoda yurib shunday degan: "Men 500 mil bosib o'tdim va Morata gol urayotganini ko'rish uchun yana shuncha yurishga tayyorman".



Har o'yinda o'rtacha 2ta gol - bu Praganing "Sparta" klubi hujumchisi David Lafataning bu mavsumdagi natijasi. Bu natijani boshqa hech kim qaytara olmagan. Lafata 4ta o'yinda 8ta gol urgan. Ammo bu gollar faqat saralashning ikki bosqichida urilgan. Avvaliga Lafata Estoniyaning "Levadiya" darvozasini 5 marotaba nishonga oldi, keyin esa "Malmyo"ni 3 bor jazoladi, lekin bu gollar jamoaga katta yordam bermadi. "Sparta" uchinchi saralash bosqichidayoq musobaqani tark etdi.


"Bavariya" o'rtacha 64,1% to'pga egalik qilgan. Bu qolgan barcha jamoalardan to'rt foiz ko'p.


"Liverpul" ikkinchi qavatdagi kurashlarda eng ko'p (62,7%) g'alaba qozongan jamoa. Bu muvaffaqiyatga qaramay ular xatto guruhdan ham chiqa olishmadi. Yarim final ishtirokchilaridan hech biri bu natijaga yaqinlasha olmadi.



Uch futbolchi bu mavsumda 1170 daqiqa maydonda harakat qildi: Leonardo Bonuchchi, Janluiji Buffon va Mark Andre ter SHtegen.


"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos 829ta aniq to'p oshirishini amalga oshirgan. Bu oshirmalarning aniqligi - 95%.



"Barselona"ning 31ta golidan 27tasini hujumkor uchlik, Suares-Neymar-Messi urgan. Qolgan gollarni quyidagi futbolchilar urgan: Sandro Rodriges, Jerar Pike (bittadan) i Ivan Rakitich (2ta). Rakitichning finaldagi golida 28 fevraldan beri ilk marotaba Janubiy Amerika uchligi ishtirok etmadi (Golli pas yoki gol).


Krishtianu Ronaldu o'rtacha har bir o'yinda 5,9tadan darvozaga zarba bergan. Ronaldu bilan bir xil natija qayd etgan (10ta gol) Lionel Messining natijasi esa 4,3 zarba. Neymarda ham 10ta gol, ammo u zarba berish bo'yicha bu ikki futbolchidan ham pastroq natija qayd etgan. Neymar bu uchlikda maydonda eng kam o'ynagan futbolchi (1033 daqiqa) bo'lib, uni CHempionlar ligasidagi eng yaxshi to'purar deyish mumkin.



"Bazel" to'g'irdan-to'g'ri jarima zarbasidan 3ta gol o'tkazib yuborib, turnirda jonli devor qo'yishni bilmaydigan yagona jamoa.


"Barselona" Evropaning kuchli beshligidagi 4ta amaldagi chempionni pley-off bosqichida mag'lub etdi. Demak, Angliya, Franciya, Germaniya, Italiya klublari rasman ispan grandidan kuchsizligini tan oldi.



Karlos Teves bu mavsumning uzoq masofadagi "snayperi". U 3ta golni jarima maydoni tashqarisidan urdi. Klublar o'rtasidagi rekordchi "Portu". Portugaliyaliklar 8 marotaba uzoq masofadan darvozani ishg'ol qildi.


0 - hech qaysi futbolchi bittadan ko'p qizil kartochka olgani yo'q. Ammo "Benfika" va "Manchester Siti"da 3tadan qizil kartochka bor. Eng ko'p sariq kartochkaga ega "boyvochcha" - Dani Alves (6ta).


Qoidabuzarlarning etakchisi Arturo Vidal (36). Eng ko'p jabr ko'rgan Neymar - 33 marotaba.



Mavsumning eng omadsiz futbolchisi Robert Levandovski. U 4 marotaba darvoza to'sini va ustunini nishonga olgan. Polshalikning 17ta zarbasi darvoza yonidan o'tib ketgan. Messining esa 25ta zarbasi.


"Barselona" va PSJ o'yinida (2:0) 1314 marotaba to'p oshirilgan. Bu mavsumning kombinaciyalarga boy o'yini.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика