"Yunayted" yozda ikkita hujumchi sotib olmoqchi
14 mar 2015 11:29
Yangiliklar

"Yunayted" yozda ikkita hujumchi sotib olmoqchi
Kelayotganda yozda "Manchester Yunayted" ustozi Lui Van Gal jamoaga ikki nafar yangi futbolchini taklif qilmoqchi.
O'tgan yozda Van Gal "Yunayted" tarbiyalanuvchisi Danni Uelbekni "Arsenal"ga sotib yuborib "Monako"dan Radamel Falkaoni ijaraga olgandi. Kolumbiyalik futbolchi ingliz klubida o'zini ko'rsata olmadi va hozir yoshlar jamoasida o'ynamoqda.
Mavsum tugagach "qizil iblislar" Radamelni "Monako"ga qaytarib yuborishadi. Uning o'rniga bir emas ikki nafar hujumchi taklif etiladi, deb xabar bermoqda Daily Mirror nashri.
Van Gal nafaqat Falkao balki hamyurti Robin Van Persining yomon sport formasi o'ylantirib qo'ydi. Murabbiy Ueyn Runini yarim himoyada ko'proq foyda keltiradi deb uni hujumda o'ynatmayapti.
"Yunayted" sotib olishi mumkin bo'lgan hujumchilar orasida Paulo Dibala ("Palermo") va Edinson Kavani (PSJ) bor.

Fikrlar