So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  0 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Yuksalish yo'lidagi "Paxtakor" Yangiliklar

Yuksalish yo'lidagi "Paxtakor"

"Paxtakor"ning OCHLdagi yurishi muvaffaqiyatli davom etmoqda.

"Paxtakor" - "Al Ahli" uchrashuvi oldidan ko'pchilikda havotir bor edi. "Paxtakor" xalqaro maydonda Eron, BAA yoki Qatar klublari bilan nisbatan ancha muvaffaqiyatli o'ynaydi. Lekin Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi bahslarda tarozi pallasi raqiblar tomon og'irlik qilayotgandi. Bu statistikada ham yaqqol namoyon bo'layotgani uchun ham ko'pchilikda "Al Ahli"dan cho'chish hissi sezilib turgandi. Lekin yangi mavsumdagi "Paxtakor" nafaqat BAA yoki Eron jamoalari bilan yaxshi o'ynaydigan, balki istalgan raqibga qarshi o'z o'yinini o'tkazadigan jamoaga aylanganini kechagi bahs qaysidir manoda yana bir bor ko'rsatdi.

Pakhtakor Tashkent

Marat Bikmaev - 62'

AFC Champions League Grp. D . 2-tur

12/03/2019, 17:00

0
:
1
Tugadi

Al Ahli

45'
90'
62'  Marat Bikmaev
80'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
88'  Marat Bikmaev (Igor Sergeev)
90'  Sadriddin Abdullaev (Marko Simic)
65'  Mohanad Asiri (Djaniny)
77'  Salman Al-Muwashar (Abdulrahman Ghareeb)
89'  Hussain Al Mogahwi (Omar Al-Zeni)

Ochig'i, bahs oldidan "Paxtakor"ning g'alabasiga shubha qilmagandim. Ammo atrofdagilar bu to'qnashuvda "Al Ahli"ning imkoniyatlarini nisbatan balandroq baholashayotgandi. Hali takidlaganimdek, hozirgi "Paxtakor" o'z o'yin uslubini to'liq tanib, kimga qarshi bo'lmasin o'z falsafasidan voz kechmagan holda o'ynaydigan darajaga chiqmoqda. Yani, jamoa Arveladze qo'l ostida o'sish, o'z o'yinini shakllantirish jarayonini davom ettirmoqda.

Kechagi "Al Ahli" oson yoki BAA jamoalaridek OCHLda katta etibor qaratmagan holda nomiga o'ynaydigan raqib emasdi. SHu boisdan ham "Paxtakor" kechagi bahsda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tartibli o'ynashi talab etilardi. CHunki raqib safida kichik imkoniyatdan naf chiqara oladigan ijrochi, hujumdagi asosiy "qurol" - Omar Soma kabi jarima maydonchasi ichidagi yarimtagina xatoni ham kechirmaydigan "o'qotar" bor edi. "Paxtakor" avvalo shu ishni yaxshi uddaladi. Kechagi uchrashuvda nafaqat o'yin to'liq nazorat qilindi, balki mudofaa chizig'ida raqibga minimum imkoniyat ham taqdim etilmadi. O'yin tashkil etish, to'pni nazorat qilish, himoyadan chiqishda garchi raqibning yuqori bosimi ostida qolishiga qaramasdan tartibli o'ynash, pas orqali mudofaadan hujumga o'tish ishlari rejadagidek kechdi. SHoshilish yo'q, pala-partishlik yo'q.

Qisqa qilib aytganda, jamoa garchi hisobda oldinda borayotgan paytda natijadan kelib chiqib vaqtni o'ldirish uchun tavakkal futboldan ko'ra, murabbiy  chizgisidagi o'yinni namoyish etmoqda. Bu borada Arveladze futbolchilarga etarlicha immunitet berayotgani jamoaning umumiy o'yin kayfiyatida yaqqol sezilmoqda. "Paxtakor"ning nafaqat o'yin uslubi yoki falsafasi, balki futbol madaniyati ham o'zgardi. Har bir kichik detal muhim ahamiyat kasb etishini tushungan "Paxtakor" barcha jihatlarni jamlagan holda umumiy shakllanmoqda. Kechagi g'alabaning asosiy omili sifatida mazkur jarayonni juda silliq o'tkazayotgan jamoaning intizomini aytish mumkin.



To'g'ri, hali jamoa ideal o'yindan ancha yiroq. Birinchidan, mavsum endi boshlanmoqda. Tabiiyki jamoa o'yindan-o'yinga kuchayib boradi. Ikkinchidan, hali mavsumni butkul boshlab olmagan jamoa uchun o'yin qiymati oshsa oshmoqdaki, osonroq uchrashuvga navbat kelmayapti. Rotaciya yoki boshqa o'yin rejalarini sinovdan o'tkazish uchun Arveladzeda fursat bo'lmayapti. Jamoa hozirgacha o'tkazgan 4ta o'yin ham OCHL doirasida va ahamiyati jihatidan bir-biridan yuqori o'rinda bo'ldi. Keyingi o'yin nihoyat ichki chempionat doirasida. Lekin qanday raqib bilan? Ko'ryapmizki, "Paxtakor" mavsum startida bo'shashiga haqqi yo'q edi va hozircha bo'shashgani ham yo'q.

Bir narsani qayd etish kerak, jamoa o'tgan yili ham o'yin tashkillashtirish, sifatli futbol va barqaror o'yin borasida katta muammolarga dech kelmagandi. Faqatgina natija borasida oqsash kuzatilgani, u ham bo'lsa "oltin ochkolar" tasiri evaziga buzilib ketgan turnir jadvali va o'yin ritmi jamoaning kayfiyatiga putur etkazgandi. Yangi mavsumda tobora o'z uslubini yaqinroq tanib, shakllanib kelayotgan o'yini orqali endi natijaga ham erishayotgani fonida ko'pchilikda "Paxtakor" guyoki endi kuchayib qolgandek taassurot qoldirmoqda. Aslida bu jarayon ancha avval boshlangan. SHunchaki maksimum natijaga erishilmagani uchun ko'pchilikda aynan natija etibori bilan baholash mezonida xatoliklar kuzatilgandi. Birgina farq, natija kelmoqda. O'yin sifatida o'sish bo'layotgani haqiqat. Ammo o'tgan yilgi jamoaning o'yini ham yomon chiqmayotgandi.


"Paxtakor"ning o'yini, natijalari o'z yo'liga. Ammo mazkur suratdagi ajoyib fonning tami o'zgacha. Tomoshabinlarning jonli fonida futbol o'yini yanada go'zal va zavqli ko'rinadi, shirin tuyuladi. Muxlislarni stadionga chorlash uchun qo'shiqchilar kelishi haqidagi anons yoki chiptani tekin qilishga hojat yo'q. Hamma ishni to'g'ri yo'lga qo'yish etarli. CHiroyli o'yin orqali keladigan natija ishqibozlarning stadionga tabiiy ravishda chorlaydigan haqiqiy "magnit". Muhitga gap yo'q. Bunday muhitni faqatgina jamoa yutayotganda vujudga keltirish emas, balki qiyin vaziyatlarda ham aynan shunday "qaynoq" muhit orqali qo'makchi bo'lishni o'rgansak, muxlislik madaniyati borasida ham yuksalamiz, nazarimda



Aslini olganda, Arveladze 2017 yilgi mavsum o'rtasiga kelib jamoani turnir jadvalining o'rta qatoridan sovrindorlar qatoriga qo'shdi. Dastlabki to'laqonli mavsumida esa "Paxtakor" OCHL saralashida muvaffaqiyatsiz o'ynagan bo'lsa, kubok finaliga qadar bordi va chempionatda ikkinchi bo'ldi. Avvalgi yarim mavsumiga nisbatan natija baribir yaxshilandi. Bu yili esa dastlabki qadam ancha katta bosildi hozircha. Yani, Arveladze qo'l ostida jamoa har tomonlama rivojlanib, o'sib, yangi darajaga chiqib bormoqda.

Bu shunchaki dastlabki to'rtta o'yindagi yaxshi natijalar tasiridagi eyforiya emas. SHunchaki yaqqol vujudga kelgan faktlarni qog'ozga tushirish, qilingan ishlar tahlili. Yakuniy bahoni chiqarishga hali ancha erta, to'g'ri. Ammo jarayonda bo'layotgan voqealarni sanab o'tish va eslatish foydadan holi bo'lmaydi.

Marra borgan sari kattarib, nishon ko'payaveradi. Muhimi, Arveladze qo'l ostida jamoa nafaqat maydon yoki uning tashqarisida futbolga bo'lgan yondoshuvni o'zgartirmoqda va o'yin tashkillashtirishni yo'lga qo'ymoqda, balki belgilangan vazifa va maqsad sari ham to'g'ri yo'ldan borish, ularga bosqichma-bosqich erishish madaniyatini ham o'rganmoqda.

"Paxtakor"da o'yin va klub sifatida rivojlanish tizimi ishga tushgani va ishlayotgani kishini quvontiradi. Bu bir klub manfaati emas, balki o'zbek futboli rivojiga bevosita foyda beradigan jihat.


Marat Bikmaev - "Paxtakor"ga qaytganidan keyin barcha to'rttala o'yinda gol urib kelmoqda. Kechagi goli ortiqcha tarifga muhtoj emas. O'tgan yili aynan muhim bahslarda "nishon"ni "o'qqa" tutadigan futbolchiga ehtiyoj sezgan "Paxtakor" uchun mazkur transfer ayni muddaoga aylandi


Yaqin-yaqingacha ilk professional klub sifatida shakllangan  "Bunyodkor"ni o'rnak sifatida aytib yurgandik. "Nasaf"ni ancha yillar avval qo'yilgan mustahkam poydevori uchun hozirgacha juda ko'p jabhalarda namuna qilamiz. Yaqin kelajakda esa "Paxtakor" ko'plab jamoalar uchun o'rnak va namuna bo'lish darajasiga chiqmoqda. Klub yuksalish yo'lidan jadal tezlikda ketmoqda.

Futbol madaniyati, tartibli o'yin, tashkiliy masalalar, professional transfer kampaniyasi va yuqori darajadagi mashg'ulotlar dasturini o'zbek futboliga tadbiq qilayotgan Arveladze "Paxtakor"da mustahkam poydevor qurmoqda.


OCHL-2019. "D" guruhidagi holat

Al-Sadd

Baghdad Bounedjah - 90'

AFC Champions League Grp. D . 2-tur

12/03/2019, 19:45

0
:
1
Tugadi

Persepolis

45'
90'
57'  Hamid Ismail (Boualem Khoukhi)
70'  Woo-Young Jung (Ali Assadalla)
90'  Baghdad Bounedjah
83'  Mario Budimir (Siamak Nemati)
90'  Bashar Resan (Soroush Rafiei)
90'  Mehdi Torabi (Ehsan Hosseini)

OCHLda oson bo'lmagan "kvartet"dan joy olgan va hozircha peshqadam sifatida o'z "ko'chasi"da etakchiga aylangan "Paxtakor"ga ishtaha ovqat paytida kelishi kerak. Muhimi, terma jamoalar o'yini tufayli yuzaga keladigan FIFA kunlarida jamoa mavjud o'yin ritmini yo'qotib qo'ymasa, OCHLdagi vazifalarning ikkinchi qismi ham yaxshi uddalanishiga ishonch katta. O'tgan yili kuzda aynan FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus "Paxtakor"ni beqarorlashtirib qo'ygandi. SHota Arveladze esa buni yaxshi eslaydi va bundan kerakli xulosalarni chiqargan holda ishga to'g'ri yondoshadi, degan umiddamiz. Har holda OCHLdagi muvaffaqiyatli ishtirokdan butun o'zbek futboli manfaatdor.

Muallif :
Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика