So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  244 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Yuksak parvozi uzoqqa cho'zilmagan Rim burgutlari haqida Yangiliklar

Yuksak parvozi uzoqqa cho'zilmagan Rim burgutlari haqida

SHubhasiz, o'tgan asrning so'ngi yillari Lacio tarixidagi eng yaxshi davr hisoblanadi.

Serdjo Kranotti boshchiligidagi «Cirio» koncerni jamoa homiyligini qo'lga olgan va superklub tuzish yo'lida shahdam qadamlar tashlayotgandi. Kranotti jamoadan pulni ayamas, o'sha davr transfer bozrini ag'dar-to'ntar qilib tashlardi. SHu o'rinda, o'sha yillarda amalga oshirilgan «Lacio» tarixidagi eng qimmat transferlar haqida so'z yuritamiz:


1.Ernan Krespo (2000 yil. 56,8 million evro). 1996 yilgi Atlanta olimpiadasi kashfiyoti «Parma» tarkibiga kelib qo'shilgan va Italiyada o'z mavqeiga ega bo'lib ulgurgandi. Kubok egalari kubogi (1999) va milliy chempionat (2000 yil) g'olibligini qo'lga kiritgan «burgutlar» rahbariyati argentinalik hujumchi uchun rekord summa ajratgandi. U «Inter»ga o'tib ketgan Kristian Verining o'rnini to'ldirishi kerak edi. Amalda shunday ham bo'ldi. Biroq, bu kabi katta summalarni o'ylab o'tirmay futbolga yo'naltirayotgan «Cirio» koncerni 2002 yilda o'zini bankrot, deb elon qildi. Oqibatda, Krespo ham shu yili «Inter»ga o'tib ketdi.



2.Gaiska Mendeta (2001 yil. 48 million evro). «Lacio» rahbariyati Ektor Kuper bilan «Valensiya»da mo'jizalar ko'rsatgan «ko'rshapalak»ni «burgut»ga aylantirishga qaror qildi. Jamoada bir yil to'p tepgan Mendeta iqtisodiy inqiroz yillarida «Barselona» va «Midlsbro»da ijara asosida o'ynadi. SHartnomasi yakuniga etgan ispan yarim himoyachisi 2004 yilda «Midlsbro»ga erkin agent sifatida o'tib ketgandi.



3.Xuan Sebastyan Veron (1999 yil. 30 million evro). «Jodugar» laqabi bilan ommaga tanilgan futbolchi 1999 yilda jamoaga qo'shilgandi. U jamoa safida 2 yil harakatlandi va barcha yutuqlarda o'z hissasini qo'shdi. 2001 yilda MYUga o'tib ketgan futbolchi faoliyatining bir qiziq tomoni bor: U faoliyatini 3 marta yakunlashga ulgurdi. Boisi, u faoliyatini yakunlagach ham uni katta futbolga qaytara oladigan takliflar bo'ldi. Argentinalik futbolchi faoliyatini oxirgi marta 2017 yil 42 yoshida yakunlagandi. Veron yaqin orada yana futbolga qaytib qolsa, ajablanmang.



Bundan tashqari Kristian Veri, Yap Stam, Sinisha Mixaylovich, Stefano Fore va Klaudio Lopez singari futbolchilar ham o'z davrining qimmat xaridlari qatorida turgan. Etiborlisi, qudrati «Lacio»dan bir necha bor kattaroq bo'lgan «Yuve» va Milan klublari ham o'sha davrlarda bunaqa katta summalarni tez-tez ishlatishmasdi. Yuqorida aytilganidek, transferlar uchun «Cirio» koncerni sarflagan katta pullar rimliklarni bir necha yil mobaynida muvaffaqiyatga erishishini taminladi, xolos. Alaloqibat, «ko'rpasiga qarab oyoq uzatmagan» homiy ham, klub ham inqiroz ko'chasiga kirib qoldi. «Burgutlar»ning eng yuksak parvozi shu taxlid aykunlanib, o'rtamiyona jamoaga aylanib qolishgandi. Mana oradan 14 yil o'tdi, ammo haligacha klub o'sha darajasini topa olmayapti.


Fahriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика