So’nggi yangiliklar

10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   2 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  1 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  35 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  12

“Yozyovon” stadioni haqida Yangiliklar

“Yozyovon” stadioni haqida

Teglar :  Yozyovon-lochinlari
Endi Birinchi liga jamoalarining uy stadionlari haqida ham malumot berib boramiz. Kasbimiz tufayli birinchi bosqichda “SHarq” mintaqasining barcha jamoalarini uy stadionlarida bo'ldik.

Ammo tanishtiruv o'tkazmagandik. Kech bo'lsa-da, buni lozim deb topdik. SHu tariqa mavsum yakunlanganiga qadar “G'arb” klublarining ham uy o'yingohlari haqida malumot berishga ulguramiz.

Tanishing: “Yozyovon” markaziy stadioni

Stadionlar haqidagi tanishtirivumizni birinchi liga debyutanti “Yozyovon-Lochinlari” jamoasining uy o'yingohidan boshlaymiz. Farg'ona viloyatining Yozyovon tumanida tuzilgan klub uy uchrashuvlarini “Yozyovon” markaziy stadionida o'tkazadi. Tasavvur qilmoqchi bo'lsangiz ko'z oldingizga kichik bir tumanning kichik bir stadionii keltiring. O'z bag'riga salkam ikki ming muxlisni sig'diradigan ixchamgina o'yingohning maydoni tabiiy qoplamali bo'lib, o'lchami 105 metrga 65 metrni tashkil qiladi.

Tuman hokimligi hisobida turadigan stadiondan klub homiylik asosida foydalanib keladi. SHu foydalanish orqali o'yingohni qarovsiz qolishini oldi olinadi. Bundan tashqari, stadionning biqinida joylashgan futbol maktabi binosi ham shu klub homiyligi asosida etiborsiz qolib ketmaydi. Stadionning bir tarafida tribuna joylashgan. Ishqibozlar maydonga chiqib ketishining oldini olish maqsadida tribuna to'siqlar bilan o'ralgan. Biz bahorning ikkinchi oyi boshida stadionga borganimizda maydon sifati maqtagulik darajada emas edi. Ayniqsa, uning notekisligi sifatli o'yin ko'rsatishga to'sqinlik qilgandi. Olgan malumotlarimizga ko'ra, bugungi kunga kelib chimning sifati va maydonning notekisligi borasida ishlar olib borilgan hamda ijobiy tomonga o'zgarishlar bor. Aslida buning uchun klubdan xafa bo'lmasa ham bo'laveradi. Jamoa debyutant, klubning homiysi mahalliy fermer – tadbirkor.



Tabiiyki, birinchi yilda qandaydir qiyinchilik va kamchiliklar uchrab turadi. Har holda biz Yozyovonda mehmon bo'lganimizda stadionda haminqadar ishlar olib borilganligini guvohi bo'lgandik. Qolaversa, marketing ishlari ham yo'lga qo'yilgan. Avvaliga jamoaning uy uchrashuvlari uchun 50 ming so'mdan yillik abonementlar chiqarilgan. Ammo sotuv borasida qandaydir muammolar chiqqach, har bir bahsga 3000 so'mlik chipta chiqarila boshlangan. Bu orqali klubning qaysidir moliyaviy kamchiligi “yopilishi” ko'zda tutilgani aniq. Klub kelasi yil stadionning yana bir qismiga tribuna qurishni rejalashtirgan. CHunki jamoa o'yinini bevosita stadionda ko'rish talabi ortgan. Bundan tashqari, bu orqali klubga moliyaviy kirim bo'lishi ham aniq. Malum bo'lishicha, homilik yordami orqali stadionning tablosi o'zgartirilgan. Bahorda stadionda eski tablo xizmat qilayotganiga guvoh bo'lgandik. Lekin liga etakchilarining ayrimlarida shu kabi tablo ham yo'qligini inobatga olgan holda shunisiga ham xursand bo'lib ortga qaytgandik.

Stadionda jamoalarning echinish xonalari tabiiyki bor. Bu siz iloji yo'q. Ammo echinish xonalarining o'zida yuvinish uchun sharoit yo'q. Aniqrog'i, yuvinish xonasi echinish xonasining boshqa tarafida joylashgan. Ikkala xona bir binoda joylashgani sababli kelasi mavsum oldidan ikki xonani birlashtirish rejalashtirilgan. O'yingohda hakamlar xonasi stadionning tribuna yo'q qismidan ajratilgan. Nafaqat birinchi liga, balki oliy liga klublari uchun ham etarlicha muammoga aylangan yoritgichlar (projektorlar) borasida “Yozyovon” markaziy o'yingohida ham muammo bor. Stadionda yoritgich yo'qligi bois, o'yinlar quyosh botguniga qadar o'tkaziladi. Kelajakda bu muammo ham bartaraf etiladi, degan umiddamiz.

Furqatbek NISHONOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика