Yozgi tranfer oynasida rekord darajada ko'p transfer amalga oshirildi – FIFA
04 sen 2024 00:27
Yangiliklar
Yozgi tranfer oynasida rekord darajada ko'p transfer amalga oshirildi – FIFA
Transferlar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatilgan.
FIFA tashkiloti yozgi transferlar oynasi yakunlari bo'yicha bayonot elon qildi. Etiborga molik jihati, ushbu yozda rekord darajada ko'p transfer amalga oshirilgan – 11 ming. Bunday katta raqam tarixda ilk bor qayd etilmoqda.
Erkaklar futbolida 2024 yilning yozida amalga oshirilgan transferlar narxi 6.4 mlrd dollardan oshdi. Bu tarixda ikkinchi natija hisoblanadi. Bu boradagi rekord o'tgan yozda qayd etilgandi – 7.43 mlrd dollar. Transferlarga ishlatilgan pul bo'yicha Angliya etakchilik qilgan – 1.6 mlrd dollardan ko'proq.
Ayollar futbolida 2024 yilning yozida 1125 ta transfer qayd etilgan. Bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 30% ga ko'proqdir. Transferlarning umumiy narxi esa 6.8 mln evroni tashkil etib, rekord o'rnatdi.
O’xshash yangiliklar
23:28
Arauxo "Barselona" mashg'ulotlariga qaytdi. Himoyachi psixologik muammolar sabab tanaffus olgandi 0
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar