So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  4 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

Yozda klubdan ketishi aniq, ammo manzili noaniq bo'lgan 8 yulduz Yangiliklar

Yozda klubdan ketishi aniq, ammo manzili noaniq bo'lgan 8 yulduz

O'z klubidan ketishini elon qilib, boradigan joyini bilmaydigan futbolchilar ro'yxatini etiboringizga havola qilamiz.

1. Mateys de Ligt ("Ayaks")

Transfermarkt bo'yicha narxi - 70 mln. evro

"Ayaks"ning markaziy himoyachisi 19 yoshida xalqaro darajada etarli tajribaga ega bo'ldi. Terma jamoada gol uryapti, CHempionlar yarim finalida o'ynadi va "Ayaks" sardoriga aylandi. Klub rahbariyati Mateys yana bir yil qolmasligini yaxshi biladi.  "U jamoada qolishini istardik, ammo buning iloji yo'qligini tushunib turibmiz. U Angliya yoki Ispaniya klubiga o'tsa kerak" - deydi Edvin van der Sar. Bu esa Erik ten Xagning so'zlari: "De Ligtni ushlab qololmaymiz. Juda ko'p jamoalar uni o'z tarkibida ko'rmoqchi. U qaerga o'tishini bilmayman". Himoyachining o'zi ham buni bilmasa kerak. Ammo klubdagilar uning ketishini juda yaxshi bilib turishibdi.


2. Nikolya Pepe ("Lill")

Transfermarkt bo'yicha narxi - 65 mln. evro

Ivuarlik vinger Franciya ligasida yorqin o'yin ko'rsatganidan "Lill" prezidenti apreldayoq uning ketishi "hal qilingan masala" deb aytdi. Endi futbolchi va klub munosib taklifni tanlashlari kerak. BU qiyin: Pepe uchun katta navbat paydo bo'ldi. Bahorda "Inter" 60 mln. evro taklif qilgan bo'lsa, hozir MYU, PSJ va "Bavariya" ham unga qiziqish bildirmoqda, "Liverpul" esa 80 mln. evro to'lashga tayyorligini bildirdi. Pepe bu narxga arziydi: "gol+pas" tizimi bo'yicha 35ta uchrashuvda 34 ball.


3. Xuan Mata ("Manchester Yunayted")

Transfermarkt bo'yicha narxi - 25 mln. evro

May boshida MYU rahbariyati Xuanga yangi shartnoma taklif qildi, ammo ispaniyalik klub taklifini yana bir bor rad etdi. U iyun oxirida erkin agentga aylanadi. Hozircha u kelasi mavsum qaerda o'ynashini bilmaydi. Yanvarda "Barselona" bilan muzokaralar haqida xabarlar paydo bo'lgan edi, ammo tomonlar hozirgacha kelisha olishmadi. Mata klub topishga qiynalmasligi aniq: 31 yoshli futbolchi Evropaning har qanday jamoasini kuchaytirishga qodir, uning maosh bo'yicha talabi esa hozirgi o'lchovlar bo'yicha katta emas.


4. Garet Beyl ("Real")

Transfermarkt bo'yicha narxi - 70 mln. evro

Zinedin Zidan Garet Beylga ishonch bildirmayotganini ochiq-oydin ko'rsatdi. CHempionat oxirida u jarohatsiz bo'lib turgan uelslikni xatto qaydnomaga ham kiritmadi. Murabbiyning so'zlaridan hamma narsani tushunib olish mumkin. "Men boshqalarga ishonch bildiryapman. SHuncha yutilgan sovrinlardan keyin qaror qabul qilishim kerak, xatto uni qabul qilish qiyin bo'lsa ham" - Zidan Garetning Madriddagi kelajagi borasida berilgan savolga shunday javob qaytardi. SHunga qaramay, Beylning agenti mijozi uchun yangi jamoa qidirishga shoshilmayapti, uning o'ylashicha, murabbiyning fikri o'zgarib qolishi mumkin.


5. Keylor Navas ("Real")

Transfermarkt bo'yicha narxi - 12 mln. evro

Madridning AS gazetasi mayda quyidagi xabarni elon qildi: Uch karra CHempionlar ligasi g'olibi Keylor Navas jamoaning kelasi mavsum rejalariga kiritilmagan. Hozir "Real" va agent unga yangi klub izlamoqda. Taxminiy variantlardan biri - PSJ. Klub Navas va David de Xea bo'yicha ikkita jamoaga murojaat qilgan. Agar ispaniyalik Parijga ko'chib o'tsa, MYU David o'rniga Keylorni olib keladi. Bu holatda Navas Pogba transferining bir qismiga aylanishi mumkin.


6. Adrien Rabo (PSJ)

Transfermarkt bo'yicha narxi - 35 mln. evro

PSJ tarbiyalanuvchisi klub bilan yangi shartnoma imzolab, uzoq vaqt jamoada qolishi va klub afsonasiga aylanishi mumkin edi. Ammo buning o'rniga u "Barselona"ga o'tishni istadi. Uning onasi (agenti) esa 10 mln. evro bonus olishni xohladi. PSJ esa yangi bitimga imzo chekishni istamagan futbolchini jiddiy jazoladi: Rabo o'yin amaliyotisiz qoldi va 2018 yilning dekabridan so'ng maydonga tushmadi. Uning narxi 50 mln. evrodan 35 mln. evroga tushdi. PSJ bilan shartnoma 30 iyunda yakuniga etadi, ammo muammo shundaki - "Barselona" Frenki de Yongni sotib oldi va hozir de Ligt va Grizmanni xarid qilishga umid qilmoqda. Umuman olganda markaziy yarim himoyachi muammosi hal bo'lgan.

Futbolchi agentini almashtirdi va hali ham "Barselona"ga o'tmoqchi. Unga "Tottenxem" tomonidan qiziqish bor, biroq Rabo "shporlar" taklifini qabul qilsa, maoshi sezilarli darajada kamayishiga rozi bo'lishi kerak.


7. Mauro Ikardi ("Inter")

Transfermarkt bo'yicha narxi - 80 mln. evro

Bir yil oldin argentinalikning "sovchilari" juda ko'p edi, "Inter" esa u bilan yangi shartnoma imzolab, tovon pulini oshirib olishni reja qilgandi. 110 mln. evro Italiya klubi uchun kamlik qildi. Bir mavsum o'tdi va endi vaziyat umuman boshqacha: Endi "Inter" argentinalikni sotib yubormoqchi, ammo hech kim xatto 80 mln. evro ham taklif qilmayapti. Ikardi jamoadoshlari, Spalletti, rahbariyat va muxlislar bilan janjallashib qoldi. U jamoada qolishini tasavvur qilish qiyin. Buning ustiga yangi bosh murabbiy Antonio Konte uni klubda ko'rmoqchi emasligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Klub Ikardini almashtirish haqida o'ylab turibdi: "Inter" MYUga Romelu Lukaku uchun argentinalikni taklif qilmoqda, agar bu variant o'xshamasa "Yuventus" bilan Argentina vakillari (Dibala-Ikardi) "barterini" amalga oshirishga urinib ko'radi. Hozircha hech bir klub taklifga rozi bo'lgani yo'q.


8. Antuan Grizmann ("Atletiko")

Transfermarkt bo'yicha narxi - 150 mln. evro

Grizmann mavsum oxirida "Atletiko" ishqibozlari bilan xayrlashdi. Keyin klub prezidenti Enriko Sereso futbolchining ketish qaroridan hafsalasi pir bo'lganini aytdi. U tez orada "Barselona"ga o'tadigandek tuyilgandi. Ammo hammayoq jim-jit. Antuandan kelasi mavsumni qaerda boshlashi haqida so'ralganda, u quyidagicha javob berdi: "Yaxshi savol. Bilmayman".

Nimalar bo'layapti? "Barselona" futbolchilari uning transferidan mamnun emasga o'xshaydi. Lionel Messi bu malumotni klub rahbariyatiga etkazib qo'ydi. Biroq bosh murabbiyi Ernesto Valverda esa uni jamoada ko'rmoqchi. Grizmanning o'zida uchta taklif bor - "Barselona". "Manchester Yunayted" va "Bavariya". Vaziyat juda chigal.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика