So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Yozda erkin agentga aylanadigan top-10 futbolchi Yangiliklar

Yozda erkin agentga aylanadigan top-10 futbolchi

2019 yilning yozida klubi bilan shartnomasi tugab, o'ziga yangi klub qidiradigan eng qimmat futbolchilar o'nligini etiboringizga havola qilamiz.

10. Frank Riberi, 36 yosh

So'nggi klubi: "Bavariya"

Transfer narxi: 4 mln. evro.

Riberi "Bavariya"da 12 yil o'ynadi. "Bavariya"ni u va Robbensiz tasavvur qilish qiyin, ammo bu futbol. Franciyalikning o'zi yoshiga qaramasdan to'p tepishni davom ettirmoqchi. Endi u darajasi pastroq bo'lgan, issiq mamlakatga yo'l oladi. Navbatdagi davlat Qatar bo'lishi mumkin. Uni Xavi boshchiligidagi "Al-Sadda" ko'rishmoqchi ekanligi haqida xabarlar yurgan edi.



9. Aren Robben, 35 yosh

So'nggi klubi: "Bavariya"

Transfer narxi: 5 mln. evro

Gollandiyalik yarim himoyachi Riberi kabi "Bavariya"da uzoq vaqt to'p tepdi. Ketishdan oldin u yana bir bor chempionlik sovrinini boshi uzra ko'tardi. Aren hozircha yangi klubi borasida bir to'xtamga kelgani yo'q. U faoliyatini davom ettirishi ham aniq emas. "Lester", "Ayaks", PSV, "Benfika", "Groningen" va Xitoy klubi qiziqishi haqida xabarlar elon qilindi, ammo Robbenning o'zi jim.



8. Filipe Luis, 33 yosh

So'nggi klubi: "Atletiko"

Transfer narxi: 5 mln. evro

Diego Simeonega havas qilib bo'lmaydi: Uning ajoyib "banda"si bo'linib ketmoqda. Oldinroq, Diego Godin, Xuanfran, Luka Ernandes va Antuan Grizmann yozda jamoani tark etishi elon qilindi. Filipe Luis ham bu ro'yxatda bor. "Atletiko" sharafini 2010 yildan beri himoya qilgan (2014/15 mavsumda tanaffus bo'lgan) braziliyalik Ispaniya chempionati oltin medallarini qo'lga kiritdi, Ispaniya Kubogi, Evropa ligasida zafar quchdi. Uning keyingi klubi "Barselona" bo'lishi kutilmoqda. Felipe Luisda boshqa takliflar ham bor.



7. Maks Kruze, 31 yosh

So'nggi klubi: "Verder"

Transfer narxi: 10 mln. evro

31 yoshli forvard hali ham kuchli. Yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda u "gol+pas" tizimida "12+13" natijani qayd etdi, ammo shartnomani uzaytirishni istamadi. Unga davogarlik qilayotganlar etarlicha. Ular orasida "Liverpul" va "Bavariya" ham bor. Ammo Kruze bu yoshda zaxirada o'tirib qolmaslik uchun o'rtamiyona klubni tanlasa kerak.



6. Gari Kexill, 33 yosh

So'nggi klubi: "CHelsi"

Transfer narxi: 10 mln. evro

Kexill 2012 yildan beri "CHelsi" sharafini himoya qilib kelmoqda, so'nggi uch yil u jamoa sardori sifatida o'ynadi, ammo Sarri kelganidan so'ng asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib qo'ydi. 2018/19 mavsumda u barcha turnirlarda bor-yo'g'i 8 marta maydonga tushdi, xatto qaydnomaga kiritilmadi.

33 yoshli futbolchi qishdayoq ijaraga ketishi mumkin edi. Unga "Milan", "Inter", "Yuventus", "Monako" hamda Angliya chempionatining yarmi qiziqish bildirdi, biroq Kexill barcha takliflarni rad etdi. Endi u tanlashi kerak: "CHelsi" bilan shartnoma yakuniga etdi, Gari esa faoliyatini yakunlamoqchi emas. Tez orada u sobiq jamoadoshi Jon Terri mehnat qilayotgan "Asto Villa"ga o'tishi mumkin.



5. Denni Uelbek, 28 yosh

So'nggi klubi: "Arsenal"

Transfer narxi: 15 mln. evro

Jarohatlar forvardga o'zini ko'rsatishga imkon bermadi. Joriy mavsum u ikki marta operaciya qilindi, ammo Uelbek sakkizta uchrashuvda maydonga  tushdi. So'nggi bahs - noyabr oyida "Sporting"ga qarshi uchrashuv bo'ldi. Aynan o'sha o'yinda u jiddiy jarohat oldi. Uning "Arsenal"dagi faoliyati yakunlangani aniq. Bo'lajak ish beruvchilar jarohatlarni hisobga olishi aniq.



4. Deniel Starrij, 29 yosh

So'nggi klubi: "Liverpul"

Transfer narxi: 15 mln. evro

2013/14 mavsum Starrij uchun o'zgacha bo'lib qoladi, chunki aynan o'sha yili u 29ta uchrashuvda 21ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. SHundan so'ng uning faoliyatida pasayish kuzatildi. Jarohatlar, barqarorlik yo'qligi. Hozir "Liverpul"ning qahramonlari boshqa: Saloh, Mane, Roberto Firmino va xatto Origi. 29 yoshli Starrij esa boshqa klub topishiga to'g'ri keladi.



3. Mario Balotelli, 28 yosh

So'nggi klubi: "Marsel"

Transfer narxi: 20 mln. evro

Qachonlardir bu italiyalikning kelajagi buyuk deyilgan edi, ammo iqtidorga fel halaqit qildi. Balotelli so'nggi uch mavsumni Franciya chempionatida o'tkazdi, avvaliga "Nicca"da to'purar bo'ldi, so'nggi yarim yilda "Marsel"da o'ynadi.

Hozir Balotelli yangi takliflarni ko'rib chiqmoqda. Bir necha kun oldin u jurnalistlarni hali hech narsa hal bo'lmaganiga ishontirgan edi. Ammo u "Parma" variantini istisno qilmadi.


2. Xuan Mata, 31 yosh

So'nggi klubi: "Manchester Yunayted"

Transfer narxi: 25 mln. evro

Ispaniyalik deyarli 6ta mavsumni "Old Trafford"da o'tkazdi, o'tgan yili juda yomon o'ynadi, joriy mavsum oxirida esa klubdan taklif bo'lishiga qaramay jamoasini o'zgartirishga qaror qildi. Mataga "Valensiya", "Barselona" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.



1. Adrien Rabo, 24 yosh

So'nggi klubi: PSJ

Transfer narxi: 35 mln. evro

Yarim himoyachi klubdagi o'zining so'nggi uchrashuvini dekabrda o'tkazgan. Keyin shartnoma bo'yicha kelishmovchiliklar boshlandi. Ushbu voqea futbolchini tarkibdan chiqarish bilan yakunlandi. Rabo futbolsiz o'tgan davrini tungi klublarda va PSJga qarshi postlarga layk bosish bilan o'tkazdi.

Endi u erkin qushga aylanadi. Bir yil oldin PSJ uni 40-50 mln. evroga sotishi mumkin edi, endi esa u tekinga jamoani tark etadi. Davogarlar orasida MYU, "Everton", "Atletiko", "Yuventus", "Tottenxem" va boshqa klublar bor. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика