Yozda Diego Milito "Inter"ni tark etadi
22 noy 2013 14:39
Yangiliklar


Yozda Diego Milito "Inter"ni tark etadi
"Inter" hujumchisi Diego Milito 2013/14 yilgi mavsum tugagach klubni tark etib Argentinaga qaytadi, deb xabar bermoqda "La Gazzetta dello Sport".
2014 yil iyun oyida 34 yoshli argentinalik futbolchining "neradzurrilar" bilan shartnomasi tugaydi. Futbolchi Avelyanedaning "Rasing" klubiga dastlabki roziligini berib bo'ldi. Milito aynan shu klubda futbolni o'rgangan.
Bu mavsumda Milito jarohat tufayli Italiya chempionatida uchta o'yinda maydonga tushib ikkita gol urdi va bitta golli pas berdi.
Bu mavsumda Milito jarohat tufayli Italiya chempionatida uchta o'yinda maydonga tushib ikkita gol urdi va bitta golli pas berdi.

Fikrlar