So’nggi yangiliklar

00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  47 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2

Yoz qahramoni – Madagaskar murabbiyi Yangiliklar

Yoz qahramoni – Madagaskar murabbiyi

Teglar :  AfrikaMadagaskar
Madagaskar jamoasi - bu yozning eng yoqimli tasodiflaridan biri.

Madagaskarliklar  birinchi marta Afrika kubogida ishtirok etdilar va yulduzlarsiz terma, Nigeriya, Gvineya, Burundini ortda qoldirgan holda B guruhida birinchi o'rinni olib, keyingi bosqichga yo'l oldi. 1/8 finalda ular Kongo DRni penaltilar seriyasida mag'lub etishni uddaladi. Madagaskar chorak finalda Tunisga engildi, 0-3. 

Madagaskar chorak finalda juda qiynaldi, jamoa etarli kuchga ega emas edi. Terma 52 daqiqa chidadi, biroq, keyin o'z darvozasidan 3ta to'p o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. SHunga qaramay, madagaskarliklar muhim narsalarga erishdi, deb bemalol ayta olamiz. CHunki, uch hafta davomida ular mamlakatni qashshoqlik va azob-uqubatlar haqidagi fikrlardan chalg'itdilar. Fakt bo'yicha, Madagaskar dunyodagi eng qashshoq davlatlardandir (aholi jon boshiga YAIM hajmi bo'yicha pastdan beshinchi o'rin). Orolda o'rtacha oylik daromad - 33 dollarni tashkil qiladi. 

Madagaskarda o'zgarishlarning yaratuvchisi kim deysizmi?  U 51 yoshli murabbiy - Nikolas Dyupyui. Orolda unga "ilohiy kal" va oq sehrgar" laqablarini berishgan. 

“Men bu mamlakatga, bu erda tanishgan insonlarimga bog'lanib qolganman. Ularning barchasi juda ochiq va mehribon qalb egalaridir. Bu zaminda qashshoqlik va vayronagarchilik hukmron, ammo biz g'alaba qozonganimizda, malagasiyaliklar biroz xursand bo'lishadi. Futbolchilar ular uchun o'ynashadi" - deydi murabbiy. 

Nikolya uchun futbolchilikdan ko'ra, murabbiylik yaxshiroq (yagona yutuq - talabalar o'rtasidagi Franciya chempionati g'olibligi). Futbolchilik faoliyatini tugatganidan keyin ikki yil o'tib, yani 28 yoshida Nikolya Dyupyui oltinchi liga jamoasi "Izer" murabbiyiga aylandi. 10 yillik mehnatdan so'ng, jamoani uchinchi divizionga olib chiqishga erishdi. To'g'ri, uzoq vaqtga emas. Jamoa tezda to'rtinchi ligaga tushib ketdi va hech qachon ko'tarilmadi. 

2013 yili "Izer" Franciya kubogi 1/32 finaligacha etib bordi. O'shanda Liga 1 vakili "Loryan"ni ham mag'lub etgandi. Sensacion g'alabadan so'ng, Dyupyui haqida teledasturlar olishdi, gazetalarda yozishdi. Keyingi bosqichda jamoa "Lion"ga duch kelib, 1:3 hisobida engildi. SHunday bo'lsa ham murabbiy uchun faoliyatidagi eng yodda qolarli o'yin bo'lgandi. Oradan bir qancha vaqt o'tib, Dyupyui istefoga chiqdi.   

Bir kuni Dyupyui uyida televizor ko'rib yotardi. Uning telefoni esa tinmasdan jiringlardi, oxiri u go'shakni erinchoqlik bilan ko'tardi. 

"Biz Madagaskar terma jamoasiga murabbiy qidirmoqdamiz. Bu sizni qiziqtira oladimi? Men Ahmad Ahmad, Madagaskar futbol federaciyasi prezidentiman”. 

Madagaskar milliy terma jamoasini boshqarish – bu franciyalik 48 yoshli murabbiy ishlashi uchun yaxshi taklif edi, ayniqsa, ilgari maktabda oddiy murabbiy bo'lib ishlagan inson uchun. SHok holatidan xalos bo'lgach, Nikolas unga qo'ng'iroq qilgan raqam bilan qayta bog'landi va Ahmad bilan bir necha soat suhbatlashdi. 

Keyinchalik malum bo'lishicha, Madagaskar futbol federaciyasi prezidenti bazan Franciya kubogi o'yinlarini tomosha qilgan va "Izer" klubi o'yinlariga ham tushgan. U kamtarona klubning "Loryan", "Gengam" va "Valansen" jamoalari ustidan qozonilgan g'alabalaridan hayratda qolgan. Ahmad autsayderlar bilan natijaga erisha oladigan murabbiyni izlagan va aynan Nikolyani ideal nomzod sifatida ko'rgan. 

Francuzning yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi. U tezda Madagaskarga uchishga rozi bo'ldi. Antananarivuga Dyupyui o'zining yaqin do'sti, 1998 yilgi jahon chempioni Lionel SHarbonne bilan keldi. Ikki kun davomida ular harbiylar hamrohligida Madagaskar bo'ylab aylanib chiqishdi, chunki, vaziyat notinch edi. 

"Ko'chalarda ko'plab zo'ravonlikni uchratdik.  Franciyada Parijdagi ob-havo va boshqa qiyinchiliklardan shikoyat qilish odat tusiga kirgan, ammo Madagaskarda ko'rgan dahshatlar meni holatlarga boshqacha qarashga majbur qildi.  O'yinga kelganimizda stadionga kira olmadik, chunki odamlar hamma erda bor edi. Kirish joyida bizning avtobus to'sib qo'yildi va uni ura boshlashdi. Men o'z hayotimdan tashvishlanardim” – deya eslaydi Dyupyui. 

“Notinch vaziyatga qaramay, malagasiylar futbolni yaxshi ko'radi. Mahalliy futbolchilarning saviyasi meni hayratda qoldirdi. Ularga taktik tayyorgarlik etishmasdi, ammo texnika yaxshi edi. Ular himoyalanishni yoqtirishmasdi va men birinchi navbatda himoya ustida ishlashni rejalashtirdim". 

Dyupyui Ahmadga yordam berishga qaror qildi. Lekin, u darhol murabbiylik ishini boshlab ketmadi. Madagaskar futbolidagi muammolarni aniqlab olish uchun unga 1 yil vaqt kerak bo'ldi. Masalan, futbolchilar parvoz qilishlarini qulay shaklini tashkil qilish, futbol federaciyasiga tadbirkorlarni jalb qilish, pul olib kirish va hokazo. 

Dyupyui Madagaskar bilan bog'liq tomoni bo'lgan chet eldagi futbolchilarni topishga harakat qildi. Uni ko'proq francuz ikkinchi va uchinchi ligasi qiziqtirardi. Butun Franciya bo'ylab, deyarli olti oy mobaynida Madagaskar uchun o'ynashga tayyor bo'lgan futbolchilarni izladi. 2016 yil oxirida 30 nafar futbolchilardan iborat ro'yxat tuzdi. 

Jamoani shakllantirishda murabbiyga "Klermon" klubi o'yinchisi hamda terma jamoa sardori Faneva Andriacima ko'maklashdi. Uning yordamida "Grenobl"dan Jerom Mombris, "Reyms"dan Toma Fonten, "Minnesota Yunayted"dan Romen Metanir, "SHarlerua"dan Marko Ilaymaxaritra Madagaskar fuqaroligini qabul qildilar. 

Madagaskar safidagi eng taniqli legioner - "Lion" qanot himoyachisi Jeremi Morel hisoblanadi. Evrokuboklarda deyarli 30 o'yinda qatnashgan. U terma tarkibiga Afrika kubogi saralashida kelib qo'shilgan.  

Dyupyuining strategiyasi o'zini oqladi. To'rt boshlang'ich tur o'yinlarida Madagaskar 10 ochko to'pladi (Ekvatorial Gvineya ustidan ikki g'alaba, bir marta Sudan mag'lub etildi va Senegal bilan durang qayd etildi) va Afrika kubogiga birinchi bo'lib yo'l oldi.   Terma jamoa tashkil topganiga naqd 60 yil to'lganida birinchi marta! 

Dyupyui unutilmas natijalarga erishdi. Biroq, bundan etarlicha lazzatlanmadi. Sababi, u shartnomasiz ishlardi va federaciyada ham pul yo'q edi. Muammolar juda-juda ko'p edi. FIFA tomonidan qurib berilgan yagona bolalar futboli akademiyasi ham parokandalikka yuz tutgandi. Dyupyui Afrika kubogidagi ijobiy natijalar muammolarning barchasiga baham beradi deb hisoblardi.   

 

“Natijalarning siri – Ahmad Ahmad va homiylar bilan to'g'ridan-to'g'ri ish olib borishimiz edi. Homiylar orqali o'quv-yig'in mashg'ulotlari va o'yinchilar oldidagi qarzimiz uzildi” – deydi Nikolya Dyupyui.  

Misrdagi yirik musobaqadan oldin terma jamoa bir oyda kuniga ikki marta shug'ullandi. Dyupyui Afrika kubogi oldidan futbolchilarga qarata vazifani quyidagicha bayon qildi: "Butun dunyo oldida kulgiga qolmang". Nigeriya va Gvineya Madagaskar uchun mag'lub etib bo'lmas termalar bo'lib ko'rinardi, shu sababli francuz guruhda  3-o'rinni egallashga umid qilardi. Natija esa kutilganidan ajoyib bo'ldi.  

“Uning qo'l ostida barcha futbolchilar kuchayishdi. Murabbiy har birimizni imkoniyatlarimizni juda yaxshi biladi. Uning kuchi mana shunda” -  deydi terma jamoa sardori Faneva Andriacima.   

51 yoshli francuzning milliy terma jamoa bilan shartnomasi Afrika kubogidan keyin o'z nihoyasiga etdi. Dyupyuiga bir nechta francuz klublaridan, shuningdek, Madagaskardan jahon chempionati saralashida o'z kuchini sinab ko'rish bo'yicha takliflar tushdi. Murabbiy esa kelajagi bo'yicha hali bir qarorga kelganicha yo'q.  

"Men o'z jamoam bilan faxrlanaman. Bu erda qolamanmi yoki yo'qmi, bilmayman, lekin men bu yigitlar bilan birgalikda maroqlanib ishladim. Bizning misolimiz shundan dalolat beradiki, mashaqqatli mehnat har doim o'z samarasini beradi" - deydi u.  

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика