Yovichning transfer narxi malum bo'ldi
16 may 2019 22:54
Yangiliklar


Yovichning transfer narxi malum bo'ldi
"Skysports" xabariga ko'ra, Luka Yovichning "Ayntraxt"dan "Real"ga o'tishi narxi 52,4 million evroni tashkil qiladi.
21 yoshli serbiyalik futbolchi "Real" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 8,7 million evro maosh oladi.
"Ayntraxt" Bundesliganing so'nggi turida "Bavariya"ga qarshi bahsini o'tkazganidan keyin transfer rasman elon qilinadi.
Yovich bu mavsumda "Ayntraxt" tarkibida 40 o'yinda 25 gol kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar