Yovich ham LaLiganing ilk turlarini o'tkazib yuboradimi?
28 iyu 2019 22:50
Yangiliklar
Yovich ham LaLiganing ilk turlarini o'tkazib yuboradimi?
Real forvardi Luka Yovich Xalqaro CHempionlar Kubogi doirasidagi Atletikoga qarshi bahsda (3:7) raqib posboni Yan Oblak bilan to'p uchun kurashda to'qnashib ketishi oqibatida jarohat olib, 24 daqiqadayoq Karim Benzemaga almashtirilgandi.
Malumotlarga ko'ra, serbiyalik futbolchining chap oyoq tovon qismiga shikast etgan va u LaLiganing startini o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.
«Qirollik klubi» Ispaniya chempionati yangi mavsumidagi ilk turini 17 avgust kuni mehmonda «Selta»ga qarshi o'tkazadi.
Avvalroq, madridliklarning boshqa azolari jarohat sabab, yani, klub himoyachisi Ferlan Mendi 3-4 haftaga, vinger Braim Dias 5 haftaga, yarim himoyachisi Marko Asensio 8-9 oyga safdan chiqqani malum bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar