Yossi Benayun futbolchilik faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
11 apr 2019, 17:12
"Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Yossi Benayun futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Benayunning so'nggi klubi Isroilning "Beytar" klubi bo'ldi.

Yossi Benayun faoliyati davomida "Xapoel", "Makkabi Xayfa", "Rasing", "Vest Xem", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal", KPR, "Makkabi Tel Aviv", "Beytar", "Makkabi Peta Tikva" klublar sharafini himoya qilgan.

Benayun Isroil terma jamoasi safida 102ta uchrashuvda maydonga tushib, 24ta gol urgan. Yossining faoliyati davomidagi eng yirik muvaffaqiyati Yevropa ligasi bo'lgan. U "Chelsi" bilan ushbu turnir g'olibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com