So’nggi yangiliklar

10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  1 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  2 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “Olmaliq” 4:5 Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “Olmaliq” 4:5

“Bunyodkor” va “Olmaliq” jamoalari yoshlar tarkiblari bahsi gollarga boy bo'ldi.
Hikmat Ergashev boshchiligidagi “Bunyodkor” yoshlari 14-turda g'alaba qozona olsalar musobaqa jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib olishardi. Afsuski, bu imkoniyatdan yosh “qaldirg'ochlar” foydalana olishmadi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikkala jamoa bir-birlariga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Bu esa dastlabki taymda qayd etilgan hisobda ham o'z isbotini topdi. Mezbonlardan Nodir Mavlonovning chamasi 35 metrlardan jarima zarbasidan kiritgan goliga “Olmaliq” futbolchilari Doniyor Ismoilovning yaqin masofadan tepgan aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi.

Tanaffusdan keyin “Bunyodkor” yoshlari faolligi yanada oshdi. Natijada 15 daqiqa ichida Javohir Qahramonov, Sardorbek Azimov va Mirjamol Qosimov olmaliqliklar darvozasini uch bor ishg'ol qilishib, hisobni 4:1 ko'rinishiga keltirishdi. Afsuski, qolgan daqiqalardagi bo'shashish yosh “qaldirg'ochlar”ga qimmatga tushdi. “Olmaliq” futbolchilari Islom Isoqjonovning dubli, Po'lat To'lakov va Jasurbek Umarovning bittadan gollari evaziga yakunda g'alabani ilib ketishdi. Yakuniy natija – 4:5.

Yoshlar ligasi, 14-tur
“BUNYODKOR” – “OLMALIQ” 4:5 (1:1)
Gollar
: Nodir Mavlonov 3 (1:0), Doniyor Ismoilov 6 (1:1), Javohir Qahramonov 51 (2:1), Sardorbek Azimov 66 (3:1), Mirjamol Qosimov 66 (4:1), Islom Isoqjonov 72 (4:2), Po'lat To'lakov 74 (4:3), Jasurbek Umarov 89 (4:4), Islom Isaqjonov 90+3 (4:5)
Ogohlantirishlar: Muhammad Isaev 16, Ulug'bek Xudoyberdiev 19, Qadamboy Nurmetov 71, Vladislav Nuriev 82
“Bunyodkor”: 35.Abdukarim Muhammedov, 4.Mirjamol Qosimov, 6.Rustamjon Ashurmatov, 10.Otabek SHukurov, 15.Ergash Ismoilov, 18.SHohzod Abdurahimov, 23.Nuriddin Hasanov, 24.Xurishd G'iyosov, 28.Nodir Mavlonov, 30.Sardorbek Azimov, 48.Akramjon Komilov
Zahiradan maydonga tushganlar: 9.Javohir Qahramonov, 14.Vyacheslav Purak, 5.Muhammadodil Qahramonov, 54.Bosit Rahimov, 33.Georgiy Pogosov, 11.Vladislav Nuriev
“Olmaliq”: 35.Nikita SHkvirin, 3.Azamat Isroilov, 4.Ulug'bek Xudoyberdiev, 6.Muhammad Isaev, 7.Qadamboy Nurmetov, 8.Diyor Usmonxo'jaev, 9.Islom Isoqjonov, 10.Abdumalik Toshpo'latov, 13.Doniyor Ismoilov, 17.Sarvar Jo'raev, 20.Murod Ahadov
Zahiradan maydonga tushganlar: 25.Akmal Ortiqov, 5.Azizbek Suyunov, 11.Po'lat To'lakov, 14.Doniyor Nabiev, 18.Jasurbek Umarov, 22.Abdulaziz Jo'raboev, 23.Anvar Safarov
Hakamlar: A.Ergashev (Toshkent) – 7,2; F.Yormuhammedov – 7,0; M.Mirjalalov – 7,0; R.No'monov – 7,0
Nazoratchi: G.Imomov (Toshkent)
26 iyun. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni. 127 tomoshabin
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика