So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Yoshlar ligasi. 10-tur. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 0:2 Yangiliklar

Yoshlar ligasi. 10-tur. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 0:2

Turnir jadvalida deyarli yonma-yon bo'lgan bu ikki jamoaning o'zaro o'yini qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tishini taxmin qilish qiyin emasdi.

Uchrashuv shunga monand ilk daqiqalardan hujumkor tarzda boshlandi. Xususan, 5-daqiqada vakillarimizda hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo Doston Meliqo'zievning boshi bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

Oradan biroz o'tib, mehmonlarda yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Bobur Tillaev jarima maydonchasiga kirib borib darvoza tomon zarba berdi. Darvozabonimiz mahorat ko'rsatib to'pni qaytardi.

31-daqiqada Abdul Aziz Yusupov bir nechta raqiblarni aldab o'tib to'pni Doston Meliqo'zievga o'zatdi. Doston esa jarima maydonchasi ichida darvozaboni bir necha marta aldab to'pni darvoza tomon yo'lladi. To'p kutilmaganda darvozabonga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. Natijada hisob ochilmay qoldi.

40-daqiqada hisob ochildi. Qanotdan yorib kirgan Quvondiq Ro'ziev darvozabon uchun kutilmaganda zarba berdi. To'p esa darvoza to'ridan o'rin oldi – 0:1.

Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakun topdi.

Ikkinchi bo'limni o'rinbosarlarimiz ancha faol tarzda boshlashdi. 50-daqiqada raqib darvozasi oldida yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Ammo Avaz Mamatxo'jaevning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

58-daqiqada Avaz Mamatxo'jaev maydondan chetlatildi. Himoyachimiz katta tezlikda jarima maydonchasiga kirib borayotgan raqib o'yinchisini qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun bosh hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

60-daqiqa mehmonlar ikkinchi marta “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari darvozasini ishg'ol etishdi. Evgeniy Tanaev qanotdan yorib kirib to'pni qulay imkoiyatda turgan sherigi Bobur Tillaboevga oshirdi. Tillaboev esa aniq zarba yo'llab, hisobni oshirdi – 0:2.

Ikkinchi bo'limning qolgan daqiqalarda o'rinbosarlarimizda raqib darvozasini ishg'ol etish uchun bir qator vaziyatlar vujudga kelgandi. Ammo ulardan foydalanish borasida omadimiz kelmadi. Natijada o'rinbosarlarimiz mavsumdagi to'rtinchi mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lishdi.

Yoshlar ligasi
10-tur
“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” – 0:2 (0:1)  
Hakamlar:
Davron Akmalov, Rustam Tolibjonov, Nodir Toshmatov, Qahramon Sobirov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
Gollar: Qo'vondiq Ro'ziev – 40, Bobur Tillaboev – 60.

“Qo'qon-1912”: 30. Islom Abdullaev, 4. Oybek Rustamov, 5. Ibrohim G'ofurov, 9. Doston Meliqo'ziev, 10. Iqbol Malikjonov, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 15. Maruf Zokirjonov, 19. Sardor Qahhorov, 22. Muhammadanas Hasanov, 28. Abdul Aziz Yusupov, 88. Ibrohim Muxtorov.
Zaxira: G'ayrat Hasanov, 11. Abduqahhor O'ktamov, 17. Hasan Soliev, 23. Sardor Isoqov, 27. Ismoil Oxunjonov, 56. Iqror Rahimov, 91. Ibrohim Usmonov.

“Lokomotiv”: 25. Sarvar Karimov, 10. Bobur Tillaboev, 17. Evgeniy Tanaev, 18. Rustam Hamroev, 20. Farrux Usmonov, 21. Doniyor Usmonov, 22. Ulug'bek Abdullaev, 28. Rustam Hazratqulov, 36. Xurshid Muxtorov, 70. Quvondiq Ro'ziev, 99. Xumoyun Azamov.
Zaxira: 96. Rustam Nortojiev, 8. Jahongir Safarov, 11. SHoxrux Mo'minqulov, 13. Hamidullo Sobirov, 68. Vohid Yunusov, 87. Otabek Muhamedov, 97. Lazar Adamov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика