So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Yoshlar akademiyasi ish boshladi Yangiliklar

Yoshlar akademiyasi ish boshladi

Teglar :  NavbahorAkademiya
Futbolda yoshlarga etibor berish muhim omillardan biri sanaladi.

Bolalar va yoshlar futboliga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish orqali kelajakni belgilash mumkin. Navbahor futbol klubiga SHavkat SHokirdjanovich Abdurazzoqov prezident etib tayinlangach dastlabki ishni yoshlarga etibor qaratishdan boshladi. Aynan shu maqsadda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi negizida Navbahor yoshlar futbol akademiyasini ochish taklifini o'rtaga tashladi. Qisqa fursat ichida kerakli xujjatlar tayyorlanib, akademiyaga asos solindi. Yoshlar jamoasini mashg'ulotlar o'tkazishi uchun birinchi navbatda Namangan tumani markazi Toshbuloqdagi Markaziy o'yingoh futbolchilar ixtiyoriga berildi. 30 iyul kuni Namangan tumanidagi o'yingohda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar negizida tashkil etilgan Navbahor yoshlar futbol akademiyasi davlat unitar korxonasini taqdimot marosimi o'tkazildi. Bayramona tadbir avvalida sanatkorlar ishtirokida koncert dasturi namoyish etildi.


Sanatkorlarning chiqishlari yakuniga etgach, yoshlar futbol akademiyasini taqdimot marosimining rasmiy qismiga o'tildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti X.Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti SH.Abdurazzoqov, Namangan tumani hokimi SH.Davronovlar rasmiy mehmon sifatida ishtirok etishdi. Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitboevich Bozarov so'z oldi: - Namangan futbolida o'ziga xos burilish jarayoni ro'y berayotganligining guvohiga aylanmoqdamiz. So'nggi paytlarda yoshlarga davlat tomonidan katta etibor qaratilmoqda. Etibor 2017 yilda yanada kuchaytirildi. Buning samarasi o'laroq “Kamolot” yoshlar harakati o'rnida yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Futbolni yoshlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Oldinroq Navbahor futbol klubi qoshida akademiya ochish borasida reja tuzgandik. Malum sabablarga ko'ra bu ish amalga oshmay kelayotgandi. Nihoyat bu reja amalga oshirildi. Bu kunni Navbahor yoshlar futbol akademiyasining tashkil etilgan sana deb tarixga muhrlab qo'ysak bo'ladi. Boshlayotgan ishlarimiz uch yilda o'z samarasini beradi. Ko'p hollarda Navbahor jamoasini Paxtakor va Neftchi klublari qatorida O'zbekiston chempionatlari o'tkazila boshlangandan buyon oliy ligada muntazam ravishda ishtirok etib kelayotganligini etirof etib, faxrlanib yuramiz. Lekin, so'nggi paytlarda o'z davrida O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan, bir necha bor chempionat sovrindori bo'lib, mamlakat kubogini uch bor qo'lga kiritgan jamoaning natijalari salmoqli bo'lmay qoldi. Bu boradagi eng katta kamchilik yoshlarga etarli darajada etibor berilmagani bo'ldi. Agarda oldinroq yoshlarga etiborni kuchaytirilganida Navbahor bugungi kunda kuchsizlanib qolmagan bo'lardi. Maqsadimiz jamoani avvalgi mavqeini tiklash va jahon miqyosidagi musobaqalardagi ishtirokini taminlashdan iborat. Yoshlarga etiborni kuchaytirish orqali oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashimiz mumkin. Tez orada bu ishlar o'z samarasini ko'rsatadi degan umiddaman. Har holda ikki milliondan oshiq Namanganda iqtidorlarni topish mushkul emas. Bizdan ham o'zbek Messisi va Ronaldusi etishib chiqishi mumkin. Faqat bu iqtidorlarni murabbiylar va bevosita shu ishga masul bo'lgan mutasaddilar bularni kashf eta olishmayotgandir. Akademiyani tuzish orqali esa ko'plab iqtidor egalarini tarbiyalash mumkin.


SHundan so'ng Navbahor yoshlar va ayolllar jamoasi azolari, Navbahor- Umid futbol maktabi, 15-sonli ixtisoslashtirilgan futbol licey internati  tarbiyalanuvchilariga sport formalari, to'plar tantanali ravishda topshirildi. SHuningdek, Namangan futboli faxriylariga ham sovg'alar taqdim etildi. Yangi tashkil etilgan yoshlar futbol akademiyasiga eng katta sovg'a sifatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan Isuzi rusumidagi avtobus sovg'a qilindi. Avtobus kalitini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitboevich Bozarovdan “Navbahor” yoshlar jamoasi murabbiyi SHuhrat Qoraboev qabul qilib oldi. SHundan so'ng, taqdimot marosimi qatnashchilari esdalik uchun suratlarga tushishdi.



"Navbahor" matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика