So’nggi yangiliklar

11:18Варди - А Сериядаги илк голи ҳақида: "Бахтдан еттинчи осмондаман!"  0 10:48"Бавария" топ-5 лига клублар орасида тарихдаги энг яхши натижани қайд этди   1 10:15Бруну Фернандеш: "Криштиану билан вазият, Саудия Арабистони ва бошқа ҳамма нарса ҳақида гаплашдим"  2 09:44Роналду қандай қилиб, 40 ёшда ҳам яхши спорт формасини ушлаб тургани ҳақида гапирди  2 09:1538 ёшли Жейми Варди А Серияда дебют голини урди  2 09:12"Реал Мадрид" ва "Барселона". Эҳтимолий таркиблар ва бугун жамоага ёрдам бера олмайдиган футболчилар билан танишинг  9 08:46"Манчестер Юнайтед" афсонаси АПЛ шон-шуҳрат залидан жой олди  1 08:15Суперлига. Бугун Олмалиқда турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  9 07:48Бугун "Эл Классико"! "Реал" ва "Барселона"нинг бугунги учрашув қайдномаси билан танишинг  11 06:55Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" 2:0  0 02:14АПЛ. "Брентфорд" ва "Ливерпуль" ўртасидаги шиддатли баҳсда дарвозаларга 5 та тўп киритилди  14 02:06Баҳрайн — 2025. III Осиё ўйинлари. Ўзбекистон Хитой билан дуранг ўйнади  2 01:42Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср" меҳмонда "Ал Хазем"ни енгди, Феликс ва Роналдудан гол  1 00:44Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд"да ғалаба  1 23:32АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ва "Брайтон" ўртасидаги ўйинда 6 та тўп киритилди  34

Yosh yulduz. Janluiji Donnarumma Yangiliklar

Yosh yulduz. Janluiji Donnarumma

Sinisha Mixaylovich "Milan" uni xazina deb ataydi, gazetalar esa uni Janluiji Buffonning izdoshi deb yozishmoqda.

Italiyada anchadan buyon Janluiji Buffonning izdoshi kim bo'lishi borasida bahs-munozaralar ketmoqda. Bu nomga ega bo'lishi kutilayotgan 16 yoshli "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma haqida malumot beramiz.

Ismi: Janluiji Donnarumma
Klub: "Milan"
Debyut:
2015 yil 25 oktyabr - "Sassuolo" bilan o'yinda
Amplua: darvozabon
Fuqaroligi: Italiya
Tug'ilgan sana: 25 fevral 1999 yil
Bo'yi: 197 sm



U haqda nima deyishmoqda?
"Men futbolchini maydonga tushirishdan oldin uning yoshiga qaramayman. U o'yinga tayyormi yo'qmi shunga etibor qilaman. Donnarumma - "Milan"ning xazinasi va Italiya futbolining kelajagi".
"Milan" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich

"Xushmuomala, jiddiy va jasur yigit. Doim "Milan"ning ashaddiy fanati bo'lgan. U yaqin 15 yilda "Milan"ning darvozaboni bo'lmoqchi. Katta ehtimol bilan uning orzusi amalga oshadi".
"Milan" o'smirlar jamoasi bosh murabbiyi Kristian Brokki

"Millionta tarbiyalanuvchi bir tomonda, birgina Donnarumma bir tomonda".
"Milan" sobiq himoyachisi, yoshlarni tayyorlash tizimi boshlig'i Filippo Galli



Faoliyat
Donnarumma Neapol yaqinidagi Kastellammare-di-Stabiyada tug'ilgan. Ushbu shaharcha "darvozabonlar fabrikasi" deb ataladi. Aynan shu erda "Napoli" posboni Jennaro Iecco, "Bolonya" darvozaboni Antonio Mirante va "Jenoa" klubi tarbiyalanuvchisi, Janluijining akasi Antonio ham tug'ilgan.

"Napoli Kastellammare"da yaxshi o'yin ko'rsatib, Donnarumma tezda Italiya top-klublari etiboriga tushdi. Kurashda "Milan" g'olib chiqdi. 2015 yil mart oyida posbon faoliyatidagi ilk professional shartnomasini tuzdi.

O'yin uslubi
Baland bo'yli va jismonan baquvvat, ammo shu bilan birga chaqqon bo'lgan Donnarumma yosh bo'lishiga qaramay himoya chizig'ini ajoyib tarzda boshlaydi. "Milan" safida ilk o'yinlarda uning oyoq bilan o'yini u qadar yaxshi emasligi ko'rindi. Umuman olganda, bu yillar davomida yaxshilanib boradi.



Kimga o'xshaydi
Buffon "Parma"da debyut qilganida 17 yoshda bo'lgan. Donnarumma Italiya A seriyasidagi ilk uchrashuvni 16 yosh va 8 oyligida o'tkazdi. U maydonga tushgan eng yosh ikkinchi darvozabon bo'ldi. 1980 yil Janluki Pakkyarotti undan ham yoshligida A seriyasida debyut qilgan. Donnarummaning debyuti Buffoniki kabi yorqin chiqmadi, u jarima to'pidan yo'llangan oddiy zarbani o'tkazib yubordi. Biroq "Milan" vice-prezidenti Adriano Galliani yosh posbonni tanqid qilishni istamadi. "U menga Buffonning yoshligini eslatmoqda", - deydi u.

Burilish nuqtasi
Mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlari doirasida Donnarumma uchta penaltini qaytardi. "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos ham posbonga 11 metrli jarima to'pidan gol ura olmadi. "Milan" Janluijini ijaraga berishni istamadi. Bu qaror o'zini oqladi. Bu posbon bilan "Milan" dastlabki uchta o'yinda g'olib bo'ldi. Ammo Donnarumma eng yaxshi o'yinni "Atalanta" bilan bahsda o'tkazdi. 0:0 hisobida tugagan o'sha o'yindan so'ng "Donnarumma mo'jizalar ko'rsatdi", - deb yozadi jahonga mashhur Gazzetta dello Sport nashri.



Ajoyib scenariy
2014 yil "Real" bilan CHempionlar ligasini yutgan Diego Lopes "Milan"da birinchi raqamli posbon bo'lishga harakat qildi. Ispaniyalik posbon mavsumning dastlabki 8ta o'yinida ishtirok etdi. U mavsum boshlanmasdan oldin yosh raqobatchisi haqida shunday degandi: "Donnarumma g'aroyib. U juda ham yosh, lekin harakatlarini ko'rib xuddi uni 16 emas 26 yosh deb o'yladim. Janluiji klub afsonasi bo'lishi mumkin". Donnarummaga terma jamoada ham umid qilishmoqda, yaqinda uni Italiya yoshlar terma jamoasiga chaqirishdi.

U nima deydi?

"Menga juda katta masuliyat yuklandi, ammo men buni uddalayman. SHeriklarimga tavsiyalar berishni va o'z o'yinimni ko'rsatishga urinaman. Buffon - mening kumirim. Milliy terma jamoada asosiy posbonga aylanib uning faoliyatini takrorlashni istayman. Barcha Jiji kabi faoliyatni orzu qiladi".



Uefa.com saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика