So’nggi yangiliklar

19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  7 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0

Yosh xorazmliklar musobaqa g'olibi Yangiliklar

Yosh xorazmliklar musobaqa g'olibi

Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati tashabbusi bilan 2002-2003 yillarda tug'ilgan “charm to'p” ustalari o'rtasida respublika ochiq birinchiligi tashkil etildi.
Unda mezbonlardan tashqari Toshkent, Qashqadaryo, Xorazm, Navoiy viloyatlaridan 8 ta jamoa ishtirok qildi.
  
Yakuniy natijalarga ko'ra, Urganch shahridagi 5-son futbolga ixtisoslashgan maktab-internati (murabbiyi Odamboy Qurbonniyozov) tarbiyalanuvchilari g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Toshkent viloyatining Bekobod shahri vakillariga nasib etdi. Faxrli uchinchi o'ringa SHofirkon FMI jamoasi joylashdi.
  
- Futbol yo'nalishidagi maktab-internatlari jamoalari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini o'rnatganmiz, - deydi musobaqa bosh hakam A. Bozorov. – O'z navbatida birgalikda musobaqalar o'tkazishni yo'lga qo'yganmiz. Bundan ko'zlagan maqsadimiz shuki, yosh futbolchilarimizni, taktik va texnik jihatdan yuksak saviyali,  yani amaliy tomonlama etuk tarzda voyaga etkazishdir.
   
Ikrom  XUDOYBERGANOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика