So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  0 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Yosh iqtidorlar oqsoqoli Yangiliklar

Yosh iqtidorlar oqsoqoli

Teglar :  Joshua Kimmix
Joshua Kimmix - germaniyalik yosh iqtidorlar avlodining eng oqsoqol vakili.

1995-1996 yillarda dunyoga kelgan - Brandt, SHtendara, Doud, Verner, Goretcka, Vaygl, Oztunali, Zyule, Mayer kabi bir qator yosh futbolchilar hozirda bundesliga ob-havosini belgilab berishmoqda. Kimmix esa nafaqat Bavariya, balki bundesmannshaft uchun yorqin kelajak scenariysini yaratish taraddudini ko'rmoqda.

UMUMIY MA'LUMOT

Kimmix - Germaniya futbolidagi mashhur bilim maskanlaridan biri sanalgan SHtutgart maktabining iqtidorli tarbiyalanuvchisi. Bu dargoh futbol olamini Fyorster, Bobich, Xansi Myuller, Mario Gomes va  Sami Xedira kabi yulduzlar bilan boyitganini alohida aytish lozim. Kimmix 15 yoshli payti o'zidan 2 yosh katta o'smirlar jamoasida etakchi edi. Muxlislar uning bosh jamoa safida maydonga tushishini sabrsizlik bilan kutishdi. Biroq Joshua 2013 yili kutilmaganda, ancha izzattalab RB Leypcig klubi bilan 3-bundesligani zabt etishga yo'l oldi. Muhimi, jamoa tezda yuqori divizion yo'llanmasini qo'lga kiritdi, tinib-tinchimas Kimmix esa o'z tengdoshlari orasida Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etildi. Yosh iqtidor sohibi ikkinchi mavsumni myunxenlik skautlarning jiddiy kuzatuvlari ostida o'tkazib, yanada kuchliroq taassurot uyg'otdi. Natijada Bavariya 2015|2016 yillar mavsumi arafasida 8,5 mln. evro to'lab, uni o'z tarkibiga qo'shib oldi. Keyinchalik Gvardiolaning barcha talablariga to'la javob bergan Kimmix mavsum davomida Myunxen mashinasining muhim murvatlaridan biriga aylandi.

Kuchli jihatlari

Jismoniy holat. Kimmix o'ta chidamli futbolchi va 1,5 soat davomida yuqori suratni saqlash salohiyatiga ega. SHuningdek, yakkakurashlardan cho'chimaydi va kuchli bosimni xotirjam ko'tara oladi. Tezligi uncha yuqori emas, ammo to'p bilan harakatlanayotgan raqibni quvib etish uchun etarli.

Yuksak ijrochilik mahorati va saviya. Joshua aynan ijro sifati va malaka masalasida o'z tengdoshlaridan yaqqol ajralib turadi. Qolaversa, uning barqarorligi hayratlanarli darajada. Asablari mustahkam, shuning uchun har qanday kuchli raqibga qarshi chiqqanida ham, aslo esankirab qolmaydi, saviyali o'yinini yo'qotmaydi.

Jamoaviy o'yin va to'p uzatishlarda samarali harakat. Kimmix bundesliganing so'nggi mavsumida uzatmalar aniqligi bo'yicha 92,2 foizlik ko'rsatkichni qayd etdi. Vaholanki, yarim himoyachi vertikal hamda olis masofalarga to'p uzatishlardan cho'chimaydi, chiziqlar o'rtasida bog'lovchilik vazifasini alo darajada uddalaydi. Maydonni yaxshi ko'ra bilishi va vaziyatni to'g'ri baholay olishi evaziga xotirjam holda, ishonch bilan to'p suradi. Joshua shuning barobarida taktik jihatdan ham qobiliyatli. Deylik, poziciya tanlashda kamdan-kam adashadi.

Universallik. Joshuaning aynan shu fazilatini alohida takidlash joiz. Asli yarim himoyachi sanalgan futbolchi maydon markazidagi barcha poziciyalar - qanot, tayanch va hattoki, soxta 10-raqam hududlarida bemalol samarali to'p suradi. Misol uchun,  Gvardiola markaziy himoyachiga muhtojlik sezganida, Joshua bu vazifani alo darajada uddaladi. Vaholanki, u novcha emas - bo'yi atigi 176 santimetrga teng. Yoaxim Lyov esa Evro-2016 arafasida Kimmix yordamida o'ng qanot himoyasidagi muammolarni bartaraf etdi. Zero, Filipp Lam terma jamoadan ketgach, orqa chiziqning o'ng qanoti zaiflashib qolgandi.

Zaif jihatlari

Zarba. Ha, Joshua kuchli zarbasi bilan maqtanolmaydi. To'g'ri, bu o'rta chiziq vakili uchun majburiy fazilat emas. Biroq zamonaviy futbolda yarim himoyachi ham kuchli zarbaga ega bo'lsa, zarar qilmaydi.

Ikkinchi qavatda kurashish. Kimmixning zaif jihatlaridan yana biri shu - havodagi to'qnashuvlarda etarli samara berolmaslik. Vaholanki, unda sakrash qobiliyati va chaqqonligi chakki emas, ammo yuqoridan kelayotgan to'p uchun kurashlarda tez-tez imkoniyatni boy beradi. Bundan tashqari, qahramonimiz chap oyoqdan foydalanish foizini oshirish borasida ham ancha ter to'kishi lozim.

O'yin uslubi

Kimmixning o'yin uslubi asosan aynan qaysi poziciyada to'p surishiga bog'liq. U yarim himoyachi sifatida hujumkor harakatlarni ham, tayanch yarim himoyachisi va himoyachi vazifalarini ham birdek uddalaydi. Qanot himoyasida harakatlanganida esa, hujumda faol ishtirok etadi. Asosiysi, Joshua yaqin kelajakda Bava-riyada ham, terma jamoada ham o'yin uslubini belgilab beradigan asosiy dirijyor maqomiga ko'tarilishi mumkin. CHunki maydondagi vaziyatni yaxshi his etadi, qulay hujum yo'nalishini tez va aniq belgilaydi, himoya hamda hujum chiziqlari orasida uy-g'unlikni taminlaydi.

Yutuqlari

U-19 toifasida Germaniyaning eng yaxshi o'yinchisi uchun tasis etilgan Fric Valter sovrini tanlovida bronza medali sohibi.

U-18 toifasida Germaniyaning eng yaxshi o'yinchisi uchun tasis etilgan Fric Valter sovrini tanlovida kumush medal sohibi.

Evro-2016 ishtirokchisi. 21 yoshigacha professional futbolda 95 marta maydonga tushib, 3ta gol urishdan tashqari, 6ta samarali to'p uzatishni uddaladi.

Ha, Kimmixning nemis grandi safidagi ilk mavsumda muvaffaqiyatli o'ynashiga etakchi futbolchilarning jarohatga yo'liqishgani ham malum darajada sabab bo'ldi. Bu hol yangi mavsumda takrorlanmasligi mumkin. Demak, Kimmix jiddiy raqobatga duch keladi. Lekin yangi murabbiy Karlo Anchelotti ham unga alohida umid bog'lashi aniq. Deylik, mavsum davomida yuzaga kelishi ehtimoli bor muammolarni hal etishda aynan Kimmixga xos universallik qo'l kelishiga shubha yo'q. Umuman, italyan mutaxassisi yosh shogirdidan ko'proq samara kutayotgan bo'lsa, ajabmas. Ehtimol, Joshua yangi mavsumda Bavariyaning asosiy tarkibidan mustahkam o'rin olar? Har holda, u istedod bo'yicha bunga qodir!

Football.ua - S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика