So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

Yorqin Nazarov: “Surxon”ni yigitlarning shijoati evaziga mag'lub etdik” Yangiliklar

Yorqin Nazarov: “Surxon”ni yigitlarning shijoati evaziga mag'lub etdik”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha PRO-Liga “A” guruhining 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi Termizga safar uyushtirib, musobaqa etakchilaridan biri bo'lgan “Surxon”ni 3:1 hisobida mag'lub etib, o'ziga xos shov-shuv uyg'otdi. Uchrashuv yakunlangach, “SHo'rtan” bosh murabbiyi Yorqin Nazarovdan saytimiz uchun intervyu oldik. 

- Yorqin aka, avvalo safarda “SHo'rtan”ni qo'lga kiritgan muhim g'alabasi bilan tabriklaymiz. Aytingchi jamoangiz Termizdan nimani hisobiga g'alaba bilan qaytdi?

- Tabrik uchun rahmat. O'z navbatida men ham safarda qo'lga kiritilgan muhim va ishonchli g'alaba bilan G'uzor ahlini tabriklayman. Muxlislarning jamoaga bo'lgan ishonchini qaytarish uchun kelgusida ham astoydil ishlashga xarakat qilamiz. O'yinga keladigan bo'lsak, maydonda teng kurash kechdi. Raqibimiz “Surxon” jamoasi chempionat peshqadamlaridan biri ekanligini juda yaxshi bilardik. SHunga monand taktika ishlab chiqib, yigitlarni shu yo'sinda uchrashuvga tayyorladik.  SHogirdlarim berilgan ko'rsatmalarni 90-95 foizga aniq bajarib, o'ylagan rejalarimizni amalga oshishida muhim o'rin tutdi. Futbolchilarimga rahmat, ulardagi shijoat raqibga nisbatan kuchlilik qildi. 

- O'zingiz aytib o'tganingizdek, “Surxon” jamoasi chempionat peshqadamlaridan biri edi. Ushbu jamoaga qanday tarif berasiz?

- “Surxon”da ilgari o'zim futbolchi sifatida faoliyat yuritganman. Bugungi kunda u erda mamlakatimizdagi taniqli murabbiylar ishlamoqda. Termizliklar bu yil o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni maqsad qilgan va bu yo'lda astoydil kurashmoqda. Lekin shuni ochiq aytamanki, bizga qarshi uchrashuvda mezbonlar aytarli katta ustunlikka erishgani yo'q. Birinchi bo'limda 2:1 hisobida g'alaba bilan tanaffusga chiqib ketdik. Ikkinchi taym boshida ular o'yin tizginini o'z tomoniga og'darib olgandek ko'rindi. Lekin shogirdlarim qarshi hujumda vaziyatlardan unumli foydalanib, ustunlikni hisobda aks ettira oldi. “Surxon” jamoasiga kelgusi o'yinlarda omad tilayman. 

- Jamoani mavsumning birinchi qismining so'nggilarida qabul qilib oldingiz. Davralar oralig'ida tarkibda sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirganingizni ko'rdik. Bu borada nima deysiz?

- To'g'ri aytasiz, “SHo'rtan”ni ikkinchi davraning so'nggi 4ta o'yini qolganida qabul qilib olgandim. SHu to'rtta uchrashuvda qayd etgan natijalarimiz o'xshamadi, ikkita durang va ikkita mag'lubiyat. SHundan so'ng tanaffus paytida yanada jiddiy ishladik va mavsumning qolgan qismiga puxta xozirlik ko'rishga intildik. Bemalol ayta olamanki, yigitlar mana endi sekin-sekin biz talab qilgan narsalarni amalga oshira boshladi. Menimcha o'yindan-o'yinga hammasi ko'ngildagidek kechadi. Hozir jamoamning o'yinidan to'liq qoniqmayotgan bo'lsamda, quvonarlisi futbolchilar asta-sekin o'zlariga kelib olmoqda. Lekin bu bilan yigitlar bir zumga ham o'zlarini bo'shashtirib yuborishga xaqqi yo'q. 

- Yozgi transfer chog'ida tajribali futbolchilarning xizmatidan voz kechildi va ularning o'rniga yoshlar taklif etildi. Vaziyat yanada jiddiylashib ketishidan havotir bormidi?

- Klubning ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, rahbariyat bilan maslahatlashgan xolda shunday qarorga kelindi. CHunki tajribali futbolchilarni olib qolish uchun bizda moliyaviy imkoniyatlar yo'l qo'ymasdi. SHuning uchun nomi hali ko'pchilikka yaxshi malum bo'lmagan yigitlarni tarkibga jalb etib, ular bilan o'z o'yinimizni shakllantirishga qaror qildik. CHunki ilgari o'zim “Bunyodkor” akademiyasida yoshlar bilan ishlaganman. Ularga o'z g'oyalaringizni o'rgatish va tushuntirish nisbatan osonroq kechadi. Fikrimcha hozir PRO-Liganing “A” guruhida eng yosh jamoa “SHo'rtan” bo'lsa kerak. Umid qilamanki, kelasi yil ushbu tarkibimiz yanada tayyor bo'ladi va shunda Superliga uchun bemalol kurasha olamiz. 

- Agarda moliyaviy imkoniyatlar ko'ngildagidek bo'lganida, tajribali futbolchilarni ham olib kelish rejangizda bormidi?

- Albatta, yoshlarning oldiga tajribali o'yinchilarni jalb etsak zarar qilmasdi. CHunki yoshlar kattalardan o'rnak oladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика