So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Yorqin Nazarov: "Raqib birgina vaziyatidan gol urib ketdi" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Raqib birgina vaziyatidan gol urib ketdi"

Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Imkoniyatlar bo'ldi, foydalanishda oqsadik. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz ko'ngildagidek emasdi. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik, vaziyatlar yaratdik, biroq raqib birgina imkoniyatdan gol urib ketdi.

- Jasur Hasanov asosiy tarkibda muntazam qoladimi?

- Hasanov tajribali futbolchi, jamoamiz sardori. U ko'rsatadigan kuchli o'yin bizga asqotadi. Ko'ramiz, balki navbatdagi uchrashuvlarda yoshlarga ham imkoniyat berarmiz.

- Legioner futbolchilar ko'rsatgan o'yindan qoniqdingizmi?

- Birinchi bo'limda o'ynagan hujumchimiz vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. Biroq ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan hujumchimizda juda qulay, 100 foizlik imkoniyat yuzaga kelgandi, golga aylantira olmadi. Ishlashda davom etamiz, xato va kamchiliklarni tahlil qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика