So’nggi yangiliklar

12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  4 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  10 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1

Yorqin Nazarov: "O'zbekistondagi eng kuchli jamoaga qarshi o'ynadik" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "O'zbekistondagi eng kuchli jamoaga qarshi o'ynadik"

Superliganing 10-turi doirasida "Nasaf" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Lokomotiv" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov fikrlarini bildirdi.

- "Nasaf"ni Superkubokni qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. Bugun O'zbekistonnning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. O'yinga keladigan bo'lsak, hisob yirik ko'rinish oldi. Biz o'z o'yinimizni o'zgartiradigan holatdamiz. SHuning uchun barcha ishlar ham o'xshamadi. Ikkita golni o'zimizga o'zimiz olib keldik. Biz o'z o'yinimizni yo'lga qo'yishga harakat qilamiz.

"Nasaf" odatda himoyaviy o'yin ko'rsatadigan jamoalarga qarshi o'ynashga qiynaladi. Bugungi hisobga qaraydigan bo'lsak, barchasi o'z so'zini aytib turibdi. Taktika haqida to'xtalsangiz.

Aytganimdek, biz o'yin uslubini o'zgartirish jarayonidamiz. SHu sababli yigitlar pas o'ynab, hujumga chiqishga qiynalib, to'pni tepib yuborishmoqda. Biz hali ham o'yinni yo'lga qo'yib olish jarayonidamiz. Balki ikkita xato qilib qo'ymaganimizda ham "Nasaf" juda kuchli jamoa. Ortiqcha hech nima deya olmayman va jamoani g'alaba bilan tabriklayman.

- Nima sababdan "Lokomotiv"ga barqarorlik etishmayapti? Jamoa zaxirasi juda tor. Yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoa kuchaytiriladimi?

- Birinchi savolingiz to'g'ri. O'tgan o'yinni yaxshi o'tkazdik. Yigitlar murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni amalga oshirishga harakat qilishdi. Bugun esa unchalik o'xshamadi. Yomon o'ynamadik, faqatgina o'sha ikkita xato hammasini hal qildi. Kuchli jamoaga qarshi o'ynadik, shu sababli qaerdadir ulgurmadik. Raqib texnik tomonlama juda kuchli, tarkibning yarmi terma jamoaga nomzod. O'zgarishlar bor, ularni maydonga tushirishga harakat qildik. Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirishga harakat qilishdi. Lekin ishlar o'xshamadi. Bizda barqaror tarkib yo'q. Kim o'zini yaxshi ko'rsatsa, o'shani maydonga tushiryapmiz. Rejada yangi futbolchilarni olib kelish bor.



- "Lokomotiv"ni yoshartirish va yoshlarga imkon berish vaqti kelmadimikin?

- Klub loyihasida bir-ikki yildan keyin o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilarini o'ynatish bor. SHu sababli bugun 2006 yilda tug'ilgan Jahongir Xoshimboevni maydonga tushirdik. Javohir Mubarakovni o'ynatdik. Yana bir yosh futbolchimiz bor - Lazizbek Mirzaev. U hozir jarohatda. Yoshlarni tarkibga qo'shib-qo'shib boraveramiz.

- Sizdan avval ishlagan murabbiy futbolchilarning shaxsiy muammolari bor va ularni bartaraf qila olmayotganini aytgandi. Siz jamoa boshqaruvini qo'lingizga olganingizdan keyin ushbu muammolar bilan qiziqib ko'rdingizmi?

- Ha, muammolar bor. Stoymirovich so'nggi intervyusida tarkibga kelib qo'shilgan futbolchilar o'z jamoasida zaxirada o'tirib qolgan deb aytmoqchi bo'lgandi. Zaxiradagi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritganimga, ular o'ynay olmayapti demoqchi edi. Keyingi o'yingacha ikki hafta bor, o'rtada o'rtoqlik o'yinlari orqali o'zimiz istagan o'yin uslubiga o'tish jarayonini olib boramiz. Umuman olganda yomon o'ynamadik. Xatolarni ustida ishlash kerak.

- Penalti belgilanib, bekor qilinganidan keyin qanday holatga tushdingiz?

- O'shanda penalti yuz foizlik va VAR orqali futbolchiga qizil kartochka beradimi deb o'ylagandim. Biroq u penaltini bekor qildi. Menga chetdan futbolchi darvozaga borayotgan to'pni qo'li bilan qaytarib yuborgandek ko'rindi. Hakamlikni tekshiradigan tashkilot bor, ular barchasiga baho berishadi.




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика