So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Yorqin Nazarov: "Mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi"

"Metallurg" hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing 8-tur uchrashuvidan (1:1) keyin mehmon jamoa ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Tomoshabop futbol guvohi bo'ldik. Mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Raqibda ham, bizda ham qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. SHu sabab, bugungi durang natija adolatli bo'ldi.

Jamoaning kelajagi borasidagi qarorlar yaqin kunlarda malum bo'ladi. Agar, hozirgi tarkib saqlab qolinadigan bo'lsa, ularning yoniga 3-4 nafar futbolchi qo'shib, ikkinchi davraga tayyorlanamiz. Moliyaviy imkoniyatlar cheklanadigan bo'lsa, U21 va U19 jamoasidagi futbolchilardan foydalanamiz. “Turon” nafaqat mavsumni yakunlaydi, kelgusi mavsumda ham faoliyatini davom ettiradi.

Yo'qotadigan narsamiz yo'q edi va g'alaba uchun kelgan edik. Debyut bahsimda durang qayd etildi. Umid qilamanki, g'alabalar hali oldinda.

Bekobodga kelishimizdan oldin jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkazdik va yigitlar 50-60 foiz ko'rsatmalarni bajarishdi. Hali o'z ustimizda ishlashimiz lozim. Uchrashuv so'ngida jismoniy jihatdan toliqib qoldik. Taktik jihatdan ham bazi kamchiliklar ko'zga ko'rindi”, – dedi Nazarov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика