So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Yorqin Nazarov: "Futbolchimizning oddiy vaziyatdagi xatosi tufayli gol o'tkazib yubordik, uning kimligini aytmayman" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Futbolchimizning oddiy vaziyatdagi xatosi tufayli gol o'tkazib yubordik, uning kimligini aytmayman"

Coca-Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, yigitlar qo'lidan kelganicha harakat qilishdi. Ularga issiq ob-havoda o'ynaganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Etirozlar yo'q, yutqazdik. O'yin borasida kuchsiz emasdik, lekin tajriba o'z so'zini aytdi.

- Sizning ruhiy xolatingizni tushunib turibmiz. Jamoa avvalgi o'yinlardan ko'ra yaxshi o'ynadi. Jamoada yuzaga kelayotgan ruhiy tushkunlikning sababi nimada deb o'ylaysiz?


- Endi jamoa yutqazgandan keyin ruhan tushkun kayfiyatda bo'ladi. Familiyasini aytmayman, lekin futbolchimizning oddiy holatdagi xatosi tufayli gol o'tkazib yubordik. Bu professional futbolchiga xos xolat emas. Lekin yigitlarga shunaqa issiq ob-havoda o'ynaganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular biz qo'ygan vazifalarni deyarli bajarishdi, lekin ozgina omad etishmadi.

- Yigitlarning ko'zida o't chaqnamayapti. Nega futbolchilar tezkorlik bo'yicha harakat qilishmaydi?


- Bilasizmi, o'zim ikki marta ko'rsatma berish uchun o'rnimdan turdim. Natijada tomog'im qurib qolib o'tirib suv ichim olishimga to'g'ri keldi. Takror aytaman, yigitlarga shunaqa ob-havoda yugurganining o'ziga rahmat. 17:00da o'yin boshlangani o'yinga tasir qildi. Balki shunaqa ko'ringandir, lekin bugun vaziyatlardan foydalana olmaganimiz hisobiga yutqazdik. Birinchi gol oddiy xato evaziga urildi. Tajriba bugungi o'yinda ko'zga tashlandi.

- Ko'pchilik murabbiylar qatori mag'lubiyatda aybni o'z zimmangizga olasizmi?


- Ha, albatta aybni o'z zimmamga olaman. Bosh murabbiy istefoga chiqarilgach qiyin bo'lishini bilardim. Lekin jamoa uchun harakat qilaman deb masuliyatni zimmamga oldim. Jamoa kuchsiz ekanini bilardim. Bugungi o'yindagi mag'lubiyatni zimmamga olaman, yigitlarda ayb yo'q. Aybi shuki, bir-ikki futbolchilarga daraja etishmadi. Keyingi yillarda balki ular zo'r futbolchi bo'lib etishar.

- Xato qilayotgan futbolchini baribir maydonga tushirayotganingizning sababi nima?


- Bu o'yinda bir futbolchi, oldingi o'yinda boshqa futbolchi xato qilayapti. Xatolar bor, o'yin borasida bizni o'z rejamiz bor edi. Berilgan vazifa bo'yicha harakat qildik.

- Boake birgina vaziyatdan gol urdi. O'yin unga moslab tashkil etilmayapti...


- Boake, Dimov, Jaloliddinov, Abdumannopov, Ismoilov. Bular chempionat boshlanishiga bir hafta qolganida tarkibimizga qo'shilishdi. Dimov hozir legionerlar ichida yaxshilaridan biri. Ular hozir shunchalik ham yaxshi o'ynab berishayapti. Ularni hozir jismoniy jihatdan barqaror xolatga keltirishimiz kerak. Ishlash kerak, o'z ustimizda ishlashda davom etamiz.

- “Andijon" muxlislariga nimalarni vada qila olasiz?


- Hozir yutqazdik, agar rahbariyat boshqa murabbiy haqida o'ylayotgan bo'lsa, men rahmat deb ketaman. Qo'limdan kelganicha harakat qildim. Agar jamoada qolishimga imkon berilsa yigitlarni chempionatdagi tanaffus vaqtida tayyorlab, yuqori o'rinlarga olib chiqishga harakat qilaman. Futbol borasidagi bor bilimlarimni ishga solib jamoaga g'alabalar keltirishga harakat qilaman. CHempionatning yarmida jamoani tashlab ketish noto'g'ri, muxlislarni tushunib turibman va ulardan uzr so'rayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика