Yodingizdan chiqmasin, ertaga "SA"ning tug'ilgan kuni nishonlanadi
30 noy 2013 14:57
Yangiliklar


Yodingizdan chiqmasin, ertaga "SA"ning tug'ilgan kuni nishonlanadi
Ertaga soat 14:00da O'zbekiston futbol federaciyasi qoshida joylashgan suniy maydonda "SA-1" jamoasi "SA-2" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O'quvchilarimiz orziqib kutayotgan kunga ham oz qoldi. "Championat.asia" saytining tashkil topganiga uch yil to'lishi munosabati bilan o'tkaziladigan shou tadbirimizda bir qator futbolchilar ishtirok etadilar.
Demak, "SA-1" jamoasiga Dilshod Nuraliev ustozlik qiladi. Uning tarkibidan JCH ishtirokchilari - Sarvar Karimov (darvozabon), Jamshid Boltaboev, Javohir Siddiqov, Ibrohim Abdullaev hamda Sanjar Tursunov va Timur Hakimov o'rin oladilar.
"SA-2" jamoasi postini Aleksandr Lobanov qo'riqlaydigan bo'ldi. Maydonda esa Akbar Ismatullaev, Abduqahhor Hojiakbarov, Akmal Xolmatov va Ivan Nagaev to'p tepishadi. Jafar Irismetovning ham kelishi kutilyapti. Biz hammani ham taklif eta olmadik, agar shu xabarni o'qiyotgan futbolchilarimiz tadbirimizda ishtirok etishni istasalar, o'quvchilarimiz bundan faqat xursand bo'ladilar.
Demak, kutilgan kunga 23 soat qoldi. Formangizni taxt qilib qo'ying!

Fikrlar