Yoaxim Lev: “Germaniya Evro-2020 favoriti emas”
15 noy 2019 22:40
Yangiliklar


Yoaxim Lev: “Germaniya Evro-2020 favoriti emas”
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev jamoasining Evro-2020 saralash bahslaridagi ishtiroki va terma jamoaning imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Ayni paytdagi Germaniya judayam talantli, o'ziga xos marralarni ko'zlagan, g'alabaga chanqoq yigitlardan tashkil topgan. Bu jamoaning potenciali JCH-2010 da qatnashgan jamoanikidan yuqoriroq.
Ammo biz musobaqaning yaqqol favoriti emasmiz. Buning uchun bir qator futbolchilarimiz o'z mahoratlarini yanada oshirishlari talab etiladi. Biz aynan shu jihatlar bo'yicha ham ishlayapmiz.
Franciya va Angliya bir necha yillardan buyon bitta tarkibda harakatlanib kelmoqda. Qolaversa, Gollandiya va Ispaniya termasining ham potenciali yuqori. Sovrin uchun kurashish judayam og'ir kechadi. Ammo yigitlar haqiqatan ham yaxshi salohiyatga ega”, dedi Lev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar