So’nggi yangiliklar

21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  0 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  6 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  23 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   16 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  54 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  54 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0

"Yirtilgan chipta" yoxud sobiq "Spartak" stadioniga qanday qilib kirganimiz haqida Yangiliklar

"Yirtilgan chipta" yoxud sobiq "Spartak" stadioniga qanday qilib kirganimiz haqida

Futbol jurnalistikasi bilan shug'ullanib, bugunga qadar ko'plab o'yinlarni yoritdim.

Superliga, Pro-liga, Birinchi liga, Ikkinchi liga va boshqa chempionatlarda ishladim. O'zbekiston kubogi finali, terma jamoa o'yinlari kabi nufuzli bahslarda ham muxbir sifatida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldim. Bilasizmi, shu kunga qadar futbol ichidagi ko'plab taniqli insonlardan intervyu olganman, suhbatlashganman. Muxbirlik ham qaysidir manoda oson emas, intervyu olayotganda hayajon bosib gapingizni yo'qotib qo'yishingiz mumkin.

Taniqli shaxslardan Mirjalol Qosimov, Timur Kapadze, hatto Babayan bilan uchrashdim, intervyu tashkilladim. To'g'ri, bir oz hayajon bo'ldi, lekin juda qo'rqinchli darajada emas. Lekin avval ham, hozir ham "Neftchi"ni o'yinlariga borsam, hayajon bosaveradi. Asad aka bilan gapimni yo'qotib zo'rg'a intervyu qilaman, futbolchilar bilan ham xuddi shunaqa vaziyat. Sababini quyidagi voqeliklar bilan izohlashga harakat qilaman.

O'shanda Farg'ona shahridagi Kompyuter texnologiyalari kolleji (avvalgi nomi koperativ kollej)da o'qib yurardim. "Neftchi" Oliy ligada deyarli har yili chempion, Farg'onaga kelgan jamoa borki, kamdan kam xolatda ochko olib ketardi, aksariyati yirik hisobda ham yutqazib ketishgan. Aniq aytolmaymanku, lekin o'sha kuni "Neftchi" qaysidir xorij klubi bilan o'yin o'tkazishi kerak edi. Kimning xabari bor bo'lsa biladi, Sergey Lebedev jarima to'pini tezkorlik bilan ijro etib, gol urgan. Raqib jamoa azolari hakamga etiroz qilishgandi, hushtak chalinmasdan to'p tepildi deb. Hozir sizlarga o'sha o'yinga qanday kirganligimiz haqida aytib bermoqchiman.

O'sha kuni kollejda tug'ilgan kungami yoki fondgami, xullas hammadan pul yig'ildi. Do'stim bilan ikkimiz ham berdik, endi o'yinga kirish uchun chiptaga pul yo'q. Uchrashuv boshlanishidan ikki soatlar avval stadion yoniga kelvoganmiz, turibmiz muloyim bo'lib. Baxtli insonlar kassadan chipta sotvolib o'yinga kirib ketishyapti. Bu orada o'yin boshlanishiga yarim soatcha vaqt qolgan, biz haliyam turibmiz. SHu paytda tanish bir rus bola kelib qoldi, biz uni Yura derdik, (to'liq ismi Yuriy bo'lsa kerak) qo'lida markaziy sektordan chipta. SHunda do'stimning xayoliga bir fikr kepqoldi:

- Yura, stadionga kirib, tepadan chiptani tashlab yubora olasanmi?

- Mayli, lekin nega? Baribir chiptani kirishda yirtib qo'yadiku!

- Sen tashlayver, uyog'i bizni ishimiz. Kirvolsak, chiptangni qaytarib beramiz.

Yura stadionga kirdi, chiptasi boshqa tomonga bo'lsa ham, atay tepaga chiqib yirtilgan chiptani bizga tashlab berdi. Do'stim menga shu joyda kutib turishimni aytib, kirish eshigi tomon chopdi. Oradan ko'p vaqt o'tmadi hamki, tepadan boshi ko'rindi. "Odam ko'p kelgan vaqtda kirish eshigiga bor, nazoratchilar sezmay qoladi" deb, chiptani tashladi. Qo'rqa-pisa kirish eshigi yoniga keldim. Odam o'zi shundoq ham ko'p ekan. Yirtilgan chiptani mahkam ushlab ichkariga kirishga chog'landim, yarmiga etkanimda nazoratchi menga qarab, nega chiptang yirtiq desa bo'ladimi? Zo'rg'a javob berdim, sherigingiz yirtdi deb. Hartugul nazoratchi meni o'tkazvordi. Bilsangiz kerak, kenguruga o'xshagan qornida katta cho'ntagi bor kamzul kiyvolishadi, chiptani "Nazorat" degan joyini yirtib, o'sha cho'ntagiga solib qo'yishadi.

Mana stadiondamiz, amallab kirvoldik. Bizga o'xshagan "uddaburon"lar ko'p shekilli, tik turgani ham zo'rg'a joy topiladi. Xullas, mana shunaqa voqea bilan o'sha o'yinni ko'rish baxtiga muyassar bo'lganmiz.

O'shanda "Neftchi" futbolchilari bilan gaplashish tugul yaqindan ko'rishning o'zi bizga orzu edi. Kunlar kelib jurnalist bo'ldim, endilikda menda bu jamoa libosidagi futbolchilar bilan gaplashish imkoniyati bor. Lekin o'sha davrlarning salobati bosadi shekilli, "Neftchi" murabbiyi va futbolchilari yonida o'zimni yo'qotib qo'yaveraman.

SHunaqa gaplar do'stlar! Etibor uchun barchangizga rahmat!

Bekzod Tolibov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика