So’nggi yangiliklar

00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  0 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  1 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  1 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  95 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  41 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  2 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  4

Yilning eng yaxshi matbuot xizmati - "Paxtakor" Yangiliklar

Yilning eng yaxshi matbuot xizmati - "Paxtakor"

O'tgan mavsum davomida eng barqaror va professional ravishda ishlagan matbuot xizmati sifatida "Paxtakor" klubini etirof etdik.

Aynan "Paxtakor" klubi matbuot xizmati yil davomida bir maromda va faollik bilan chempionat, yoshlar ligasi, akademiya, futzal va ayollar jamoasiga oid xabarlarni taqdim etib keldi.

Ish jarayonida o'zgacha yondoshuv, professionallik va operativlik bilan ishlagan klub matbuot xizmati saytimiz tomonidan elon qilinib kelgan turning eng yaxshilariga jami 13 marotaba laureat bo'lishga muvaffaq bo'ldi.

"Paxtakor" matbuot kotibi Behzod Nazarov, bo'lim xodimlari Marat Aksanov hamda fotosuratchi Sergey Zabaluevlar birgalikda samarali faoliyat ko'rsatishdi.

Klub matbuot xizmati uy uchrashuvlarida jurnalistlarga ishlash uchun qulay sharoit, o'yinga oid malumotlar, xususan maxsus dasturnoma tayyorlashda qolgan klublardan ancha ildamlab ketgani etirofga loyiq. SHu boisdan ham "Paxtakor" matbuot xizmati har jabhada ustunlik bilan g'olibga aylandi.


SHuningdek, saytimiz orqali aniqlab kelingan turning eng yaxshilari qatorida "Nasaf" matbuot xizmati vakillari ham 6 marotaba laureat sohibiga aylanishdi. Mavsum davomida barqaror va yaxshi darajada ishlagan qarshiliklar matbuot xizmati ikkinchi bo'ldi.

Amaldagi chempion "Lokomotiv" matbuot xizmati mavsum davomida atigi 3 bor etirofga loyiq ko'rildi.  "Navbahor" matbuot xizmati mavsum davomida 2 marotaba eng yaxshi bo'ldi.  "So'g'diyona", "Neftchi" va "Qizilqum" matbuot xizmati butun mavsum davomida bir martadan laureatga aylanishdi.

SHuningdek, saytimiz tomonidan elon qilinib kelgan eng yaxshilar laureatida 5 bor eng yaxshi matbuot xizmati aniqlanmagan.

AGMK, "Qo'qon-1912", "Bunyodkor" va "Metallurg" klublari matbuot xizmati yil davomida umuman laureatga loyiq ko'rilmadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика