So’nggi yangiliklar

21:57U-23 Осиё кубоги. Ироқ – Вьетнам. Таркиблар аниқ!  3 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  86 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  24 21:14U23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  417 20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  1 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  3 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  17 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  9 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  37 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  10

“Yillar va yo'llar” (2-qism). Yorqin Nazarov – “SHo'rtan”dagi qiyinchiliklar, “Andijon”dan ketish, Germaniyadagi amaliyot va bugungi muxlislik haqida Yangiliklar

“Yillar va yo'llar” (2-qism). Yorqin Nazarov – “SHo'rtan”dagi qiyinchiliklar, “Andijon”dan ketish, Germaniyadagi amaliyot va bugungi muxlislik haqida

Xabaringiz bor, endilikda keng mavzularni ichiga qamrab olgan suhbatlar negizida “Yillar va yo'llar” loyihasiga qo'l urganmiz.

Loyihamizning dastlabki qismi Yorqin Nazarovning futbolchilik, bolalik yillarida o'tgan yo'llariga bag'ishlangandi. Oradagi kichik tanaffusdan so'ng uning davomini etiboringizga tortiq qilamiz.


2000 yillarda Rossiyada, Ukrainada to'p tepadigan legionerlarimiz soni bugungiga qaraganda nisbatan ko'pchilikni tashkil qilardi. Mirjalol Qosimov, Andey Fyodorov, Nikolay SHirshov, Evgeniy Safonov va hokazo. Qolaversa ichki chempionatimiz ham kuchliroq edi. Biroq hozirga kelib futbolchilarimiz legionerga aylanish niyatida Bangladesh, Qirg'iziston, Hindiston quyi ligalari bilan cheklanib qolishmoqda. Qahramonimiz suhbat davomida bunga quyidagicha fikr bildirdi.

“To'g'ri talab pasaygan. Qirg'iziston, Tojikiston, Bangladesh chempionatiga ketayotgan futbolchilarimizga kelsak, ularni Rossiya yoki Ukraina chempionatlarga hech kim chaqirmaydi, olmaydi. Faoliyatini yakunlayotgan futbolchilar shu davlatlarga borib futbol o'ynashadi. Yosh futbolchilarga Rossiya, Ukraina yoki Belarus chempionatlari orqali Evropaga ketgani maqul, deb bilaman. Talab kamayganini sababi terma jamoalarimizning xalqaro maydondagi ishtiroki. Har doim milliy terma jamoaga qaraladi. O'zbekistondagi futbolchilarning keyingi faoliyati ko'proq terma jamoaga bog'liq. Boisi shu orqali tezda ko'zga tashlanish mumkin”,- deydi murabbiy. 

Bugungi kun futboli o'zgarib bormoqda. SHu jarayonda ayni paytga kelib muxlislik darajasi ham o'zgargan, deya olamiz. Qandaydir samimiylik yo'qolib borayotgandek nazarimizda. Balki futbolimiz ularni shunga majbur qilayotgandir. Har holda ilgarigi tezkor futbol, stadionlardagi anshlaglarni hozir zavq bilan eslaymiz. Yorqin Nazarov buni quyidagicha izohladi.

“Muxlislik yurakdan, samimiy bo'lgan. Ishqibozlarni o'zi ham bizni paytimizdagi futbol qiziqarliroq ekanligini ochiq aytishadi. Bilsangiz “Paxtakor” stadionida futbolchilar maydonga mahsus tuneldan chiqib kelardi. Ukam Dilmurod: “O'sha joydan chiqib kelayotgan muxlislar olqishlashlarini eshitsam, butun charchoqlarim chiqib ketadi”,- derdi. Umumiy qilib aytganda oldingi futbol qanday bo'lgan bo'lsa, muxlislik ham shunday edi. Jamoadan tashqari, futbolchini ham qo'llab-quvvatlashgan, deya olaman. Zamonaviy futbol natijaning ustiga qurilayotgandek tasavvur uyg'otmoqda. Natija ham kerak to'g'ri. Oldin natija bilan birga futbol ham bor edi. Individual nozik harakatlar asosiy planga chiqqan bo'lsa, hozir ko'proq jamoaviy futbol yo'lga qo'yilmoqda",- deydi murabbiy. 

 


Murabbiylarimiz o'z ustilarida ishlashdan to'xtab qolishmoqda. Natijada taktikada, o'yinda doim bir xillik bo'lishiga ko'nikib qolyapmiz. Yangilikka intilish kam. O'z vaqtida Tachmurod Agamurodov bir chiziqli va ikkita hujumchi bilan o'ynash taktikasini olib kirgandi. Keyinchalik buni qolgan klublar ham qo'llay boshladi. Bir xillikdan qochish mumkinmi?

“Menimcha murabbiylarimiz bir xil futbol ko'rsatmoqda. Deyarli farqi yo'q. Masalan “So'g'diyona” qolganlardan ajralib turibdi. Taktikalar ham o'xshash. Biz ko'proq o'z ustimizda ishlashimiz kerak. Agarda murabbiylarni xorijga amaliyot o'tkazgani chiqarishning imkoni bo'lmasa, ularni shu erga olib kelish kerak. Jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashga yoki futbolchilarning tezligini oshirishga o'z fikrlarini berishi lozim. Har bir ligaga alohida mutaxassis zarur”.

Qahramonimiz o'z vaqtida Germaniyada amaliyot o'tab qaytgan. Germaniya futbol ittifoqi 2015 yil 7 sentyabrdan 25 sentyabrgacha Hennef shahridagi sport maktabida o'zining ananaviy Xalqaro murabbiylik kurslarini tashkillashtirgan bo'lib, unda yurtimizdan Yorqin Nazarov ishtirok etgandi. 

“Germaniyada o'zim uchun yaxshi narsalarni o'rganib keldim. Amaliyotda 30ta davlatdan shuncha murabbiy qatnashgan. Kelgan zahotimiz nemis mutaxassislari barcha sirlarni ochib bermasliklarini, faqat yo'nalish ko'rsatishlarini aytishdi. Har bir murabbiy qanday fikrlasa, shunday qabul qiladi. Mashg'ulotlar jarayoni ko'p joyda bir xil bo'lishi mumkin. Biroq o'sha mashq nima uchun berilayotganini, qaerda qo'llash kerakligini murabbiyning o'zi tahlil qilishi kerak. Oldin qaysidir murabbiy jismonan kuchli futbolchilarni, yana ayrimlari texnik tomondan kuchlilarni jamoasiga yig'ardi. Lekin ayni paytda ko'proq aql bilan o'ynaydigan futbolchilarning narxi baland bo'lyapti. Masalan Xavi, Inesta yoki o'zimizdan Mirjalol Qosimov aqlli o'yinchi sanalardi. Tezligi katta emasdi. Ammo bitta pas bilan hujumchin qulay vaziyatga chiqarar, standartlarni mohirona amalga oshirardi. Germaniyaga murabbiylarimizni yuborsak hamma narsani o'rganib keladi, degani emas. Hamma gap murabbiyning fikrida”,- deydi mutaxassis. 


O'zbekistonda murabbiylar bir nechta toifaga bo'linadi. Ular istasa menejerlik qilib klubni ichki ishlarigacha aralashishi yoki futbolchiga agentlik qilishi mumkin. Bunga yaqin yillarda ham guvoh bo'ldik. Ushbu holat qanchalik to'g'ri? Murabbiy kim?


“Bazi insonlar o'ylashi mumkin, murabbiy menejer bo'lishi kerak. Boisi futbolchilarning maoshini, klubning ichki ishlariga qaraydi. Yordamchisi esa mashg'ulot o'tkazadi. Yana ayrim murabbiylar futbolchisini biror klubga sotadi yoki o'tkazadi. Baribir bosh murabbiy mashg'ulotga, natijaga javob berishi kerak. Agarda u boshqa ishlar bilan shug'ullansa-yu, natija yaxshi bo'lmasa javobni baribir murabbiy beradi. Bunday taqdirda jamoa boshlig'i bo'lib faoliyat yuritishi lozim. Kelayotgan o'yinga tayyorgarlik ko'rish, taktika ishlab chiqib futbolchilarini tayyorlash bosh murabbiyning ishi. SHaxsiy fikrim shunday”

Suhbatdoshimiz katta futboldagi ilk murabbiylik faoliyatini “SHo'rtan”da boshladi. Bunga qadar “Bunyodkor” akademiyasida bolalarga futbol sir-asrorlarini o'rgatgan Yorqin Nazarov uchun debyut nihoyatda qiyin kechdi. Uning oldiga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yildi. Lekin klubning holati bunday darajaga tayyor emasdi. G'uzorda ishlash har qanday murabbiy uchun haqiqiy mashaqqat hisoblanadi. O'sha vaqtda tagidan chirishni boshlagan “SHo'rtan” hozirda tamoman yakson bo'lib ulgurdi. Murabbiy o'sha vaqtlarni quyidagicha xotirlaydi. 

“SHo'rtan”ga borishimdan oldin olib borgan muzokaralarimda vazifa Superligaga chiqish ekanligini aytishgan. Eslasangiz jamoani ikkinchi davrada qabul qilib olganman. G'uzorga borganimdan so'ng Superligaga chiqishga yaqin ham bo'lmagan ekan. Sababi qarzdorlik juda katta edi. Igor Kriushenko davridan oldingi, keyingi davrdagi qarzdorliklar yig'ilib qolgandi. Maoshlar vaqtida berilmagan. Klub hisobiga kelib tushgan pullar qarzlarga ketgan. Tarkibga ham aralashishmoqchi bo'lishardi. SHunga qaramasdan o'z fikrimda turib olardim. Ikkinchi davrani yaxshi boshladik. Ketma-ket beshta bahsda mag'lub bo'lmadik. Superligaga chiqadigan klublarni yuta oldik. Maoshlar vaqtida berilmagandan so'ng futbolchilar ishonmay qo'yishdi. Natijada boshqarish qiyin kechdi. Yakunda shartnomani uzaytirmadim. “SHo'rtan”da bazasi, stadionlari, akademiyasi, maydonlari zo'r. Bunday klubni quyi ligada yurishi achinarli. Yaxshi homiylar topilib barchasini boshidan boshlasa juda yaxshi jamoa shakllantirish mumkin. Ularni Pro ligada ushlab turib, u erdagi murabbiylar yoki futbolchilarni aldagandan ko'ra, pastki ligaga tushib yangidan boshlab borish darkor”.

Oradagi kichik tanaffusdan so'ng yana katta futbolga qaytgan Yorqin Nazarov joriy yil boshida “Andijon”da Otabek G'ulomxo'jaevning murabbiylar shtabidan o'rin oldi. Birinchi davra o'rtasiga kelib natijalar ijobiy ko'rinish olmagach, Otabek G'ulomxo'jaev istefoga chiqarildi. Bosh murabbiylik postini qabul qilib olgan Yorqin Nazarov qisqa vaqt ichida jamoa o'yinini ijobiy tomonga o'zgartira oldi. “Andijon”ning safarda “Paxtakor”, AGMKga qarshi o'tkazgan o'yinlari muxlislar tomonidan iliq qabul qilindi. Mehmonda “Navbahor” taslim qilindi. Asta-sekin barchasi iziga tushib borayotgan pallada ikkinchi davra startiga bir necha kun qolganda Viktor Kumikov olib kelindi.Keling shu haqida murabbiyning fikrini tinglaymiz.

“Andijon” va “Surxon”ni rahbarlarini taqqoslayman. Termiz klubida barchasi rahbar Azamat aka orqali amalga oshadi. Sotib olinayotgan forma, har bitta kelayotgan futbolchi, u qaerda o'ynagan, nega ketgan barchasidan xabardor. Bu inson ham tadbirkor. “Andijon”da ham rahbar tadbirkor Juratbek Quvvatov. Lekin ushbu insonning shaxsan o'zi futbolni ichiga aralashayotgani yo'q. Qaerdan qanday futbolchi kelyapti, nima uchun bu murabbiy ketyapti, bu bilan ishi yo'q, degan fikrdan yiroqman. Faqat vice-prezidentga ishonib qo'ygan. “Andijon”da shuncha yildan beri natija bo'lmayotganini sababi shunda. Yaxshi ishlab turgan edik. Yigitlarni o'yinlarga munosib tayyorlayotgandik. Maqtanish emas, ikkinchi davrada “Andijon” zo'r jamoa bo'lardi. Kimdirlar Martin Boake, Doniyor Abdumannopov, Jasur Jaloliddinov ketdi, jamoa bo'lmaydi deyishdi. Yozgi yig'in paytida oldingi chiziqda mahalliy yosh futbolchilar o'ynadi. Ikkita yaxshi legioner kelishi kutilayotgandi. Superligada qoladimi yo'qmi, barcha jamoalarga bosh og'riq bo'la olardi. Uydami yoki safardami farqi yo'q edi. Futbolchilarning barchasini ko'zi yonib turardi. O'zim uchun ham ikkinchi davrada ishlash qiziqarli tuyulayotgandi. Men “Andijon”ni katta muxlislar yaxshi taniydigan “Do'stlik” (Politotdel)ga o'xshataman. Murabbiyimiz Vladimir Bonadrenko “Paxtakor”ga tushmagan futbolchilarni yig'ib yaxshi jamoa qilgandi. Qaerga borsa, raqiblar to'pni olib qo'yishi qiyin kechardi. “Andijon” shaxsiy klub. Kimni olib kelish rahbariyatning ishi. Istasa Joze Mourinyu kabi murabbiyni olib kelib pul bermaydimi, ishlatsa o'zini pulini ishlatyapti. Men ularning ishiga aralasha olmadim. Jahongir degan vice-prezident ikkinchi davrada o'zim boshqarishimni aytib qoldi. Oradan 3-4 kun o'tgach Viktor Kumikov keldi. Tushunmay qoldim. Yangi kelgan mutaxassis bilan birga ishlaysizlar, deyishdi. O'shanda ham aytgandim, Kumikov bilan men ko'rayotgan futbol har xil. Unga yordam bera olmasdim. Natijada ketishga qaror qildim. Yilni oxirigacha oylikni olib yuraversam ham bo'lardi, unday qilmadim. “Andijon” rahbarlaridan imkoniyat va ishonch bildirishgani uchun minnatdorman. Jamoaning ishqibozlariga rahmat, ular futbolni sevishdan tashqari, juda yaxshi tushunishadi. To'g'ri men natija qila olganim yo'q. Xalq hali ham qaytib kelib ishlashimni istamoqda. Biz ular kutgan o'yinni ko'rsata oldik, deb o'ylayman. Endilikdagi maqsadimiz “Surxon”ni Superligada olib qolish. Har bir o'yinni yutish vazifamiz. Imkoniyat bo'lsa qanday murabbiyligimni ko'rsataman. Meni muxlislar futbolchi sifatida qanday yaxshi bilgan bo'lsa, murabbiy sifatida ham shunday bilishlarini istayman”,- deydi Yorqin Nazarov. 


Loyihamizning navbatdagi sonida qaysi futbolchi yoki murabbiyni ko'rishni istaysiz? Fikrlaringizni yozib qoldiring!

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика