Yil omadsizi! Luka Yovich jarohat oldi

Mirjalol Normatov
8 may 2020, 21:20
"Real" hujumchisi Luka Yovich tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Klub shifokorlari 22 yoshli futbolchining oyog'i to'piq qismida jarohat borligini aniqlashdi. Hozircha uning qachon safga qaytishi aniq emas.

Yovich dushanba kuni Madridga yetib kelgandi. U Serbiyadaligi vaqtida karantin qoidalarini buzgandi va shu boisdan unga qarshi jinoiy ish qo'zg'atilgandi.

Ushbu mavsumda Yovich "Real" tarkibida 15 o'yinda 2 gol va 1 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid