Yerri Mina ertaga debyut qiladi, ammo...
07 fev 2018 13:45
Yangiliklar
Yerri Mina ertaga debyut qiladi, ammo...
"Barselona" himoyachisi Yerri Mina ertaga "Valensiya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvida maydonga tushishi ehtimoli katta.
Jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde futbolchini maydonga tushirish niyatida, chunki ko'k-anorranglilarning ikki markaziy himoyachisi Tomas Vermalen va Xerard Pikelarda jarohat bor. Ammo murabbiy uni qaysi poziciyada o'ynatishni bilmayapti. Ispaniyalik mutaxassis Yerri Minani Serxio Buskets bilan tayanch hududida yoki Yumtiti bilan markaziy himoyada maydonga tushirish haqida bosh qotirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" hamda "Valensiya" o'rtasida o'tkazilgan Ispaniya Kubogining ilk yarim final uchrashuvida Kataloniya klubi 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar