So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Yazidji Donnarummaga uchta gol urgan, Manchini "Galatasaroy"da Yilmaz bilan birga ishlagan. Turkiya - Italiya uchrashuvidan oldin qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Yazidji Donnarummaga uchta gol urgan, Manchini "Galatasaroy"da Yilmaz bilan birga ishlagan. Turkiya - Italiya uchrashuvidan oldin qiziqarli malumotlar

Ertaga Evropa chempionatining dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu bahsga oid qiziqarli malumotlarni taqdim etamiz.


- Oxirgi uchta Evropa chempionatida Italiya kamida chorak finalgacha etib borgan. Turkiyaga qarshi o'tgan 10ta o'yinning hech birida Italiya mag'lub bo'lmagan (7 g'alaba va 3 durang). 1980 yildan buyon Italiya Evropa chempionatining dastlabki o'yinlarida faqat bir bor yutqazgan (3 g'alaba, 4 durang va 1 mag'lubiyat). 2008 yilda Apennin yarim oroli vakili 1-turda Niderlandiyaga yutqazib qo'ygandi - 0:3.

- Turkiya Evropa chempionati final bosqichida 4 marta ishtirok etgan va 2 marta pley-offga chiqqan. Biroq 4 marta ham turklar chempionatning ilk turida mag'lub bo'lishgani etiborga molik. Qizig'i Turkiya dastlabki turda faqat bir marta 2000 yil aynan Italiyaga qarshi bahsda gol ura olgan xolos.



Oldingi to'qnashuvlar

- Bu jamoalar Evropa chempionatida ikkinchi bor to'qnash kelishadi. Ilk to'qnashuv 2000 yilda sodir bo'lgan. O'shanda Dino Zoff boshchiligidagi italyanlar Mustafo Denizli boshchiligidagi turklarni 2:1 hisobida taslim qilishgan. Antonio Konte akrobatik tarzda gol urib hisobni ochgan, Okan Buruk hisobni tenglashtirgan. Filippo Indzagi tomonidan penaltidan urilgan gol Italiyaga g'alaba keltirgan - 2:1. O'shanda ikkala jamoa guruhdan chiqqandi. Italiya finalga qadar etib borib Franciyaga yutqazgan, Turkiya esa chorak finalda Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan.

- Evro-1964 saralashi doirasidagi ikkala o'yinda ham Italiya g'olib bo'lgan. Apenninda o'tgan bahsda 6:0 hisobi qayd etilgan, Alberto Orlando pokerga erishgan va Janni Rivera dubl rasmiylashtirgan. Safarda "Skuadra Adzurra" Angelo Sormani tomonidan urilgan gol tufayli kichik hisobda zafar quchgan - 1:0.


Jamoalar o'rtasidagi aloqalar

• 2013 yil sentyabr oyidan 2014 yil iyun oyiga qadar Manchini "Galatasaroy"ni boshqargan. O'sha mavsum murabbiy Turkiya kubogini yutgan. O'sha mavsum Istanbul klubi safida Burak Yilmaz to'purar bo'lgandi.

• Italiyada o'ynaganlar:

Merix Demiral ("Sassuolo" 2019 (ijara), "Yuventus" 2019-)
Hoqon CHalxanoglu ("Milan" 2017-)
Jengiz Under ("Roma" 2017-2020)
Mert CHetin ("Roma" 2019-, "Verona" 2020/21 (ijara)
Mert Myuldyur ("Sassuolo" 2019-)
Kaan Ayxan ("Sassuolo" 2020-)

• Birga o'ynashgan:

Merix Demiral va Jordjio Kellini, Leonardo Bonuchchi, Federiko Bernardeski ("Yuventus" 2019/20)
Jengiz Under va Leonardo Spinaccola ("Roma" 2019-)
Jengiz Under va Brayan Kristante ("Roma" 2018-)
Jengiz Under va Alessandro Florenci, Lorenco Pellegrini ("Roma" 2017-)
Jengiz Under i Emerson ("Roma" 2017/18)
Hoqon CHalxanoglu va Janluiji Donnarumma ("Milan", 2017-)
Hoqon CHalxanoglu va Leonardo Bonuchchi ("Milan" 2017/18)
CHaglar Suyunju va Vinchenco Grifo ("Frayburg" 2016/17)
Mert Myuldyur va Domeniko Berardi, Djakomo Raspadori ("Sassuolo" 2019-)
Kaan Ayxan va Domeniko Berardi, Djakomo Raspadori ("Sassuolo" 2020-)

• Yusuf Yazidji 2020 yil noyabr oyida Janluiji Donnarumma darvozasiga uchta gol urgandi. O'shanda "Lill" Evropa ligasi guruh bosqichi doirasida "San Siro"da "Milan"ni 3:0 hisobida taslim qilgandi.

• 15 may kuni Angliya kubogi finalida CHaglar Suyunju "Lester" safida Jorjino o'ynagan "CHelsi"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.



Turkiye

EURO Grp. A . 1-tur

12/06/2021, 01:00

3
:
0
Tugadi

Italy

Merih Demiral - 53', Ciro Immobile - 66', Lorenzo Insigne - 79'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 12916 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
46'  Yusuf Yazici (Cengiz Under)
64'  Ozan Tufan (Kaan Ayhan)
65'  Okay Yokuslu (Irfan Kahveci)
76'  Kenan Karaman (Halil Dervisoglu)
88'  Caglar Soyuncu
90'  Halil Dervisoglu
46'  Alessandro Florenzi (Giovanni Di Lorenzo)
53'  Merih Demiral
66'  Ciro Immobile
66'  Leonardo Spinazzola
74'  Manuel Locatelli (Bryan Cristante)
79'  Lorenzo Insigne
79'  Ciro Immobile
81'  Lorenzo Insigne (Federico Chiesa)
81'  Ciro Immobile (Andrea Belotti)
85'  Domenico Berardi (Federico Bernardeschi)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика