So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

Yaya Turening tinib-tinchimas agenti Yangiliklar

Yaya Turening tinib-tinchimas agenti

Ukrainalik futbol agenti Dmitriy Selyuk mana 15 yildirki yarim himoyachi Yaya Ture bilan hamkorlik qilib keladi.

Ivuariyalik futbolchi bu hamkorlikni shu darajada qadrlaydiki, hatto Dmitriyni erkalagancha Dadajon deb ataydi va bu ham etmaganiday, katta o'g'liga agenti sharafiga Dmitriy deb ism qo'ygan.

Selyuk nomi Angliya futboli dunyo­sida bundan 6 yil avval bergan 3 intervyusi bilan tanilgandi. O'shanda uning eng mashhur mijozi Yaya Ture Barselonani tashlab ketishni ixtiyor etgan, APLda hech kim tanimaydigan Selyuk esa YAYAni Kamp Nouda xafa qilib qo'yishganini takrorlashdan charchamagandi. O'shandayoq, Selyuk qo'lidan nima ishlar kelishini barchaga namoyish qilgan va endigina kuchga to'layotgan afrikalik futbolchi Manchester Siti tarkibiga borib qo'shilgandi. SHaharliklardan tash­q­ari Ture bilan astoydil qiziqqan Arsenal esa hech vaqosiz qolishga majbur bo'lgandi.

- Ture hech qachon Seskni almashtirmaydi, Arsenal uchun maydonga tushmaydi ham. Ko'pchilik klublar mijozim bilan qiziqishmoqda va ular bilan muzokaralar olib borish biz uchun anchayin yoqimli, - degandi agent 2010 yilning 19 may oyida.

Ammo ajralmas juftlikni o'ziga mahliyo qilgan Siti ham osongina bo'yin egishni istamas va inglizlar o'zlarini bankrotlik arafasida qilib ko'rsatishardi.

- Ture bilan ko'pchilik qiziqmoqda, jumladan, Arsen Venger va Arsenal ham. Voqealar kutilganidek rivojlansa, tez kunlarda muzokaralar nihoyasiga etadi, - dedi Selyuk 2010 yilning 7 iyunida.

2 iyulda esa Ture Roberto Manchinining Sitisi bilan 5 yillik shart­nomani imzoladi. Futbolchining maoshi haftasiga 220 ming funt qilib belgilandi.

Turening o'zi ham Selyuk bir narsani gapira turib butunlay boshqa masalani etiborda tutishini ko'p bor takrorlagan. Bu juda ham to'g'ri, ammo ivuariyalikni agentining o'zini bunday tutishi sira hayron qoldirmaydi va u 15 yillik hamkorlikka nuqta qo'yish haqida o'ylamayapti. Darvoqe, maqolamiz qahramoni ham o'zini xafa qildirib qo'yadiganlar toifasidan emas - Barselona va Monakoda uylari bor. Kambag'allashib qolgan Siti yordamida ega bo'lgan mazkur mulkka Nisan va Pumalarga qilgan homiyligi evaziga jami 3 mln. funtga etadigan qo'shimcha mablag'larni ham qo'shib qo'ydi. Uning Facebookdagi sahifasida Chopard bilbordi - SHveycariya soatlarining eksklyuziv brendi mag'rur ko'rk sochib turibdi. Men o'z o'yinchilarimni puldan ko'ra yaxshi ko'raman, - deydi agent kamtarlarcha. Manchester Siti joriy yil yozida uning asosiy mijozini sotmoqchi bo'lganida esa negadir bundan unchalik tashvishga tushmadi.

Dmitriy uchun asosiy karerasi yoshi hozirda 33ni tashkil etayotgan futbolchi atrofida bo'layotgani o'ta muhimday. Albatta, yuqorida aytganimizday, uning boshqa mijozlari ham bir talay va ular asosan, Boltiqbo'yi mamlakatlarida o'ynashadi. Ularning biri - Junior Axissan yaqindagina Kievning Dinamosi bilan shart­noma imzoladi va Selyukning aynan undan umidlari katta - futbolchi yoshi o'tib borayotgan Turening izdoshiga aylanishi lozim. Darvoqe, Axissan ham Kot-d~Ivuardan va ular o'rtasida allaqachonlardan beri iliq munosabatlar saqlanib kelmoqda. Iyulda - Dinamoga transfer amalga oshganidan so'ng, futbolchining agenti bilan surati OAVlarda paydo bo'ldi va Junior Dmitriyni Dunyodagi eng yaxshi agent, deb atadi. Ture va Selyuk tarixi 2001 yillardan boshlangan, o'shanda vatanidan chiqib ketgan yarim himoyachi Belgiyaning Beverenu klubiga borib qo'shilgandi. Avvalgi klubi ASEK Mimozas esa Londonning Arsenal klubi bilan hamkorlik qilib turar, ammo Tureni tarkiblariga jalb qilishni o'shanda inglizlar istashmagandi. 2003 yili futbolchi Londonga yo'l oldi, ammo Vengerni o'z o'yini bilan lol qoldirishni uddalolmadi. Arsenalga yaqin kishilarning aytishlaricha, Selyuk 20 yoshli ivuariyalikni Angliyada qoldirish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilgan, ammo hech kim bu yigitni olishni istamagan. Oqibatda, yosh yarim himoyachi Doneckning Metallurg jamoasiga ketishga majbur bo'lgan. Eng qizig'i, YAYAning akasi Kolo (u ukasi undanda istedodli ekanligini takidlagandi) ukasini bu safardan qoldirishga uringanligidir, biroq YAYA agentiga ishondi va Ukrainaga yo'l oldi.

Ukrainalik agentning o'zi ham qachonlardir YAYAni kuchli futbolchiga aylanishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilganini aytgandi. Bosh­qachasiga aytganda: Ular uchun o'shanda boshqa yo'l yo'q edi. Ammo Ture o'yini chindan ham Ukrainada ochilib ketdi va futbolchiga Olimpiakos qiziqish bildirdi. Afrikalik esa Selyuk hech qachon uning istedodiga shubha qilmasligiga ishondi va u boshlagan yo'ldan dadil odimlashda davom etaverdi. Afrikalikning har bir jamoa o'zgartirishi unga va agentiga olam-olam pul, shon-shuhrat keltirdi. Monako va Barselonadan Selyuk YAYA istedodidan kutgan narsalarni ola boshladi. Barselonada u futbolchini xuddi bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchisi huquqlarini himoya qilganday himoya qildi. Bir safar u Gvardioladan katta pul va ko'proq o'ynash imkoniyatini talab qilganda va nihoyat, kataloniyalikning fig'oni falakka etdi va o'yinchidan qachongacha YAYA uchun uning agenti qarorlar qabul qilishini so'radi.

...

Maqolaning qolgan qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика