Yaya Ture faoliyatini Xitoyda davom ettiradi
16 iyu 2019 08:53
Yangiliklar


Yaya Ture faoliyatini Xitoyda davom ettiradi
Kotd Ivuar termasining sobiq futboolchisi Xitoyning Cindao shahriga tashrif buyurdi. U Xitoy ikkinchi divizioni vakili “Cindao Xaynyu” klubi bilan shartnoma tuzish maqsadida ushbu yurtga qadam ranjida qilgandi.
36 yoshli yarim himoyachini shahar aeroportida muxlislar va jurnalistlar kutib olishdi. Futbolchining o'zi esa “Cindao Xaynyu” klubi sharfida aeroportdan chiqib kelgan.
O'tgan yilning dekabrida futbolchi Greciyaning “Olimpiakos” klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgandi. SHundan keyin u hech bir jamoa bilan kelishuvga erisha olmadi.
Futbolchi faoliyati davomida “ASEK Mimozas”, “Beveren”, “Metallurg” (Doneck), “Monako”, “Barselona”, “Manchester Siti” klublarida to'p tepgan. Kotd Ivuar termasi safida 102 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar