So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  16 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

Yaxshi yashash undan ham yaxshi… Yangiliklar

Yaxshi yashash undan ham yaxshi…

Teglar :  Oliy liga
Olimpiada o'yinlari boshlanishi arafasida har bir mamlakat medallar uchun o'zining mukofot pulini elon qiladi.

Eng nufuzli sport festivalida mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchini rag'batlantirish kerak. Rag'bat esa sportchiga motivaciya bo'lib xizmat qiladi. Uning yutug'i esa shu mamlakatga obro' olib keladi.

Hech etibor qilganmisiz, O'zbekiston vada qiladigan mukofot puli rivojlangan mamlakatlarnikidan yaxshigina ko'p. AQSH oltin medal uchun 25 ming dollar vada qildi, bizda esa 200 ming - sakkiz barobar ko'proq. Nega?

Amerikaning 50 ga yaqin sportchisi yakunda oltin medalni qo'lga kiritdi. Bizda esa 4 ta oltin. AQSH shohsupaga chiqqan har bir sportchisiga 200 mingdan bersa, ming qudratli bo'lgan taqdirida ham uyini topa olmay qoladi. 25 ming dollar amerikalik sportchi uchun yomon pul emas, kuniga yarab turadi. Olimpiada ularga o'zligini namoyon qilish uchun ham kerak. Bu erga ular tirikchilik uchun emas, boshqa maqsadda tashrif buyuradi.

Bizda esa shuning aksi. Oltin medalni qo'lga kiritgunicha bokschining ahvoli oddiy o'zbekistonliknikidan katta farq qilmasligi mumkin. Biroq o'sha oltin uning hayotini butunlay o'zgartirib yuboradi. To'g'ri-da, 200 ming dollar, kvartira va Malibu yangi hayot boshlagingiz uchun kamlik qiladimi? Bunaqa sovg'ani Maykl Felps tushida ko'radi.

AQSH ham, O'zbekiston ham mukofot pulini davlat byudjetidan ajratib beradi. Oddiy amerikaliklar o'zlari muxlislik qiladigan va qo'llab-quvvatlaydigan sportchilari uchun shu byudjetdan 25 ming ajratib berilishiga qarshi bo'lmaydi. Bunga norozilik bildiradiganlar ham etarlicha topilsa-da, har xolda bunday pul bilan AQSH katta yo'qotish qilmaydi. O'zbekistonlik muxlislar sportchilar uchun berilgan pulga ham havas qildi, ham rozi bo'ldi. Nega? CHunki o'sha sportchilar butun bir mamlakatga katta quvonch ulashdi. O'zimizga bo'lgan ishonch oshishiga katta hissa qo'shdi. Halolidan bo'lsin!

Men byudjet masalasiga bejizga etibor qaratmadim. CHunki unda sizning ham, mening ham, boshqalarning ham xizmati bor. Kimdir davlat korxonasida ishlab soliq to'laydi, yana kimdir biznesidan. Oliy Ligada to'p surayotgan futbolchilarni esa aynan o'sha pullar boqmasada, soliqlar yakunda futbolchilarni boqadigan tashkilotlar daromadiga qo'shilib, byudjetni tashkil qiladi. Yirik neft-gaz kompaniyalari-yu, shunga o'xshash boshqa tuzilmalar davlatga qarashli ekanini inobatga olib aytsak, bizning klublar davlat uchun voyaga etmagan, ota-onasining qaramog'ida qolgan boladek gap, katta bo'lishi haqida gap yo'q.

Olimpiadada ko'zni quvontirgan sportchilardan farqli o'laroq, futbolchilar katta ish qilib ulgurmadi. Mamlakat nomini dunyoga yoyib yuborganicha yo'q. SHunga qaramay, ular 25 yildan beri katta qozonga qo'l uzatib turadi, undan taom eydi. O'zi ishlab, pul topishi haqida esa o'ylamaydi. Mana-man degan “Bunyodkor”idan tortib, “Paxtakor”iga qadar shunday. Nari borsa, ishlatadigan interneti uchun pul topadi, osh-ovqatini o'zini qiladi. Homiylar jalb qilinadi. Biroq bular butun bir jamoani ushlab turish uchun etmaydi.



O'zbekiston jamoalari muxlislarni shod qilmayotgan bo'lsa, foyda keltirmasa, hech bo'lmaganda stadionga odam jalb qila olmasa, nega endi ularning erkaliklariga jim qarash kerak? To'p tepishni bilishlari ularning foydasi uchun, biz esa bilganliklari uchun pul to'laymiz, farqini ko'ryapsizmi? Men qandaydir inqilobiy o'zgarish haqida gapirmoqchi yoki futboldan pulni umuman uzib qo'yish masalasini ko'tarmoqchi emasman, chunki sport odamlar uchun, hammamiz uchun kerak. Bu alohida mavzu. Biroq 25 yil ichida bir tuki o'zgarmagan holatni qaytadan ko'rib chiqishni ortga surishdan nima naf?

O'zbekiston milliy terma jamoasini ortidan ergashtirishga urinayotgan futbolchilar bor, ulardan ko'pchilik minnatdor. Istang Odil Ahmedovni oling, xohlang Denisovni. Ular davlat beradigan pulga qarab qolgan futbolchilar emas. Ular Rossiyada yoki boshqa bir xorij davlatida ham nom qozonmoqda, ham tirikchilik qilmoqda. Ortganini, aytaylik, “Navbahor”ni Oliy Ligada olib qolish uchun ham sarflamoqda. Zo'r-a?

Albatta zo'r! Demak, davlat pulini eb yotmasdan ham muvaffaqiyatga erishish, kerak bo'lsa uning yumushiga yordam berish mumkin ekan. Birgina yo'li - yaxshi futbolchi bo'lish. Ketish masalasi esa o'z-o'zidan hal bo'lib ketadi. O'zlari kelib olib ketishadi.

Davlat oyoqqa turib olgan, rivojlanish yo'lida. Qurbi etmoqdaki, butun bir sportni ushlab turibdi, mamlakatda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, odamlarini sportga jalb qilish uchun hech nimani qizg'anmayapti. Biroq katta futbol bunga munosib javob bera olmadi. Birgina inson misolida oling, Mirabor Usmonov O'FF tepasiga kelib, futbolni anchagina o'zgartirdi ham. Natija hozircha shu. Xuddi shu insonning MOQ tepasiga kelishi esa ko'p o'tmay Olimpiada tarixidagi eng yaxshi natijamizni qayd etishimizga turtki bo'ldi. Demak, eplasa bo'ladi. SHunchaki qarama-qarshi tomon bunga munosib javob bera olishi kerak.

Menga “Obod”, “Oqtepa” kabi klublar yoqadi.... maqolaning to'liq qismini "Erudit Sport" saytida o'qish mumkin.


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика