So’nggi yangiliklar

07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  1 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  4 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  77 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  1 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0

Yaxshi niyat: "Osiyo Kubogi terma jamoamizning yangi qiyofasi taqdimot marosimiga aylansin!" Yangiliklar

Yaxshi niyat: "Osiyo Kubogi terma jamoamizning yangi qiyofasi taqdimot marosimiga aylansin!"

Osiyo Kubogiga ham atigi 1 kun vaqt qoldi.

Ertadan etiboran barcha futbol shaydolarining diqqat etibori BAA stadionlarida o'tadigan qita chempionatiga qaratiladi. Musobaqa odatdagidek mezbon jamoa ishtirokidagi o'yin orqali start oladi. BAA - Bahrayn uchrashuvi bilan boshlanajak chempionatdan umidlarimiz nihoyatda katta. Garchi chempionat biz uchun kechroq boshlansada, finish ham startdagidek eng oxirida nasib qilishiga umid qilamiz. Yaxshi niyat.

Terma jamoamiz ruliga Ektor Kuper kelgach Osiyo Kubogiga qadar 6 o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Tayyorgarlik bosqichi to'rtga bo'lindi. Avvaliga sentyabrda deyarli salkam bir oylik yig'in tashkil etildi. Suriya va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlari. Keyingi yig'in oktyabr oyida tashkil etilib, unda KXDR va Qatar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdik. So'ngra noyabrda Avstraliyadagi yig'inda Livan va Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida kuchimizni sinab oldik. Osiyo Kubogi oldidan yakuniy va hal qiluvchi tayyorgarlik bosqichi doirasida Turkiyada 2 haftalik yig'in tashkil qilindi. Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur yig'inda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmadi. Bu qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lganini qita chempionati ko'rsatib beradi. Hozircha avvaliga Kuper istagan, ammo jarohatlardan qochish maqsadida yakunda murabbiy nazorat bellashuvini rad etdi deyildi.

O'tkazilgan 6 o'rtoqlik o'yinlaridan ikkitasida g'alaba (KXDR, Qatar), ikki durang (Suriya, Livan) va xuddi shuncha mag'lubiyatga (Eron, Janubiy Koreya) uchradik. Tarozi pallasi teng.

Demak, Osiyo Kubogiga qadar Kuper terma jamoamiz bilan tanishish, o'z falsafasi va uslubini joriy qilishi uchun jami to'rtta yig'inni o'tkazdi. O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar, o'yin uslubi va boshqa jihatlar endi hech qanday ahamiyatga ega emas. Mazkur yig'in va qilingan mehnatlar samarasini ko'rsatib beradigan va xolis bahoni berish imkoniyatini taqdim etadigan musobaqa eshik qoqmoqda.

Buyog'iga musobaqa davomida, ayniqsa muhim chempionat oldidan terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash asosiy planga chiqadi. Ertaga boshlanajak musobaqa oldidan barcha birlashayotgan, jipslashib terma jamoamiz yutug'ini kutayotgan palla borgan sari yaqinlashmoqda.

Kuper o'yinni himoyadan quradimi, qarshi hujum taktikasiga tayanib o'ynaydimi yoki uslubni o'zgartirvoradimi farqi yo'q, muhimi natija.

Kuper terma jamoamizga aynan natija ko'rsatishi uchun ham olib kelingan. Bizning yo'limizga doimo g'ov bo'ladigan Janubiy Koreya, Eron, Yaponiya yoki Avstraliya kabi Osiyo gigantlarini taslim etish uchun ham olib kelingan janob Kuper. Aynan mazkur og'ir vazndagi raqiblar qarshisida "yo'qolib" qolmasligimiz uchun ham Kuper tajribasi, malakasi va bilimiga tayanishga to'laqonli haqlimiz.

O'rtoqlik o'yinlari, uslub va boshqa jihatlarini o'sha paytda etarlicha tahlil va kerak bo'lsa tanqid qilindi. Avstraliyada bo'lib o'tgan Livanga qarshi nursiz o'yin va Janubiy Koreyadan uchralgan mag'lubiyat ham aslida aldamchi holat bo'lishiga juda ishongimiz keladi. Ich-ichimizdan shunga umid qilamiz.

Kuper kelganidan so'ng matbuot anjumanida aytgan terma jamoamizning qiyofasini aynan BAA maydonlarida bo'ladigan yirik musobaqada ko'raylik! Osiyo Kubogi terma jamoamizning yangi va raqiblar uchun qo'rqinchli bo'ladigan qiyofasini taqdimot marosimiga aylanishiga umid qilamiz!


Esingizda bo'lsa, Ektor Kuper kelishi haqidagi xabar chiqqanidan so'ng bu mavzuda yaxshi niyatda yozgan ilk maqolamni esga olaman:

Eng omadsiz murabbiyning orzusi - finalda g'alaba qozonish!


O'zbekiston terma jamoasi allaqachon BAAga etib borgan. Ertaga qita chempionatining 17-karvoni yo'lga chiqadi. "CA" esa Xudo xohlasa 7 yanvar kuni yo'lga tushadi. Buyog'iga terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechishini kutayotganimiz Osiyo Kubogi har tomonlama boshqacha bo'ladi.

Muallif :
Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика