So’nggi yangiliklar

13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  3 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  0 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  8 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  1 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  12 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  5 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0

"Yaxshi jamoa tuzish uchun uch yil kerak". Timur Kapadze murabbiylar "shiori"ni yo'qqa chiqardi Yangiliklar

"Yaxshi jamoa tuzish uchun uch yil kerak". Timur Kapadze murabbiylar "shiori"ni yo'qqa chiqardi

2 dekabr kuni bo'lib o'tgan Superligaga o'tish o'yinida "Olimpik" "Mashal"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Garchi o'yinning birinchi bo'limi biroz zerikarli tus olgan bo'lsa-da, ikkinchi taymni "Olimpik" qizitib berdi. "Olimpik" ko'rdiki, "Mashal" bilan bemalol o'ynasa bo'ladi, futbolchilar faqat hujumni o'ylab o'ynay boshlashdi. Natijasi esa o'zingizga malum, tashkil topganiga hali bir yil bo'lmagan jamoa Superliganing bir necha yillik ishtirokchisini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi. 


"Olimpik" Superligada!

Ishonish qiyin, lekin bu fakt. Endi bir yoshga to'ladigan "Olimpik" bir yildayoq Superliga vazifasini uddaladi. Jamoa Proligada uchinchi o'rinni olib,  pley-off orqali Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'tayotgan bir yil ichida Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoa astoydil mehnat qildi. "Olimpik" har bir o'yinda faqat g'alabani ko'zlab harakat qildi. Bir yil oldin ko'pchilikka kerak bo'lmay qolgan futbolchilar bilan uddaladi Kapadze bu vazifani. Bu esa yanada qoyil qolishga arziydi. 


Qisqacha o'yin haqida

To'g'risi, "Mashal" Superliga jamoasi bo'lgani uchun muborakliklarda imkoniyat ko'proq edi. Har holda baribir "Mashal"da tajribali futbolchilar o'ynaydi. Lekin shu kuni jamoani umuman tanib bo'lmadi. Yil davomida Superliga klublariga qarshi ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynab kelgan "Mashal" "Olimpik" bilan bahsda "o'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas" qabilida ish tutib, o'z uslubidan voz kechmadi va Proliga jamoasiga qarshi ikkinchi raqamli jamoa bo'lib harakat qildi. 

Natijada "Olimpik" bir taym "Mashal"ni sinovdan o'tkazdi. Ular ko'rdiki, Muborak jamoasi ikkinchi raqam bilan o'ynayapti, demak bemalol hujum qilsa bo'ladi. Buning ustiga "Olimpik" hujumkor jamoa, Kapadze yil bo'yi bolalarga shuni o'rgatdi, bunday paytda raqib himoyalansa yanayam yaxshi. Hujumni sevadigan jamoa yanada erkin bo'ladi, o'zi xohlagancha hujum qiladi. "Olimpik"ka aslida shu kerak edi. "Mashal" raqibga yoqadigan o'yin uslubini taklif qilib, qattiq xatoga yo'l qo'ydi va buning oqibatida jazolandi. 





"Mashal"ning xatosi

Bu o'rinda "Mashal" mag'lubiyatining asosiy aybdori bosh murabbiy bo'ladi. CHunki Aleksandr Xomyakov futbolchilarni o'tish o'yiniga tayyorlay olmapti. Futbolchilarning ko'zida uchqun, harakatida shijoat ko'rinmadi. "Mashal" go'yoki o'xshab qolar manosida to'p tepdi. Jamoa penaltidan to'p kiritib ham o'ziga bo'lgan ishonchi ortmadi. 

Superliga klublariga qarshi ikkinchi jamoa sifatida o'ynab kelganini tushunsa bo'ladi. Lekin Proliga klubi bilan bunday usulda o'ynash to'g'rimikan? Bu ham Xomyakovning xatosi. Murabbiy jamoani ruhlantira olmagani shundoq ko'rindi. Sezgan bo'lsangiz, tanaffusdan keyin "Olimpik" darhol o'zgardi, "Mashal" esa birinchi taymdagi o'yinini namoyish qilishda davom etdi. Qachonki jamoa o'yinni bir tekis tugatib qo'yishni xohlar ekan, g'alabadan umid qilmasa ham bo'ladi. Futbol ham misoli katta orkestr kabi. Qo'shiq faqat past ohangda yangrayversa, tinglovchilar zerikib qoladi. Musiqa zo'r chiqishi uchun kerak paytda kulminaciya beradigan tovushlar ham bo'lishi kerak. 


Kapadzega qoyil

Bu ketishda Timur Kapadze O'zbekistonning eng kuchli murabbiyi bo'ladi. Ha, shunday. Axir bir yilda jamoa tuzib vazifani bajarish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Bir necha yildan beri eshitishga o'rganib qolganimiz - "Murabbiyga yaxshi jamoa tuzish uchun uch yil vaqt kerak" degan gap eskirganini Kapadze isbotladi. Yosh murabbiy bir yilda jamoa tuzib ham vazifani bajarsa bo'lishini ko'rsatib berdi. 

Timur Kapadze qaerda ishlamasin, omadi kelyapti. Qo'qonda jamoani quyi ligaga tushib qolishdan saqlab qoldi, "Lokomotiv" o'rinbosarlari bilan yaxshi ishladi, keyinchalik "Loko" asosiy tarkibini yuqoriga ko'tardi. Maydonga chiqishdan bezillab qolgan futbolchilarga to'g'ri ko'rsatma bera oldi va buning natijasida "Loko"ning o'yini qisqa fursatda yaxshi tomonga o'zgardi. Jamoa autsayderdan kurashuvncha jamoaga aylandi. 

Mana endi bosh murabbiy sifatida mustaqil ish yuritgan Kapadze hatto futbolni tugatishga tayyor futbolchilarni bir joyga yig'ib jamoa tuzdi. Bir so'z bilan aytganda, Timur Kapadze ko'p futbolchilarni saqlab qoldi. Agar "Olimpik" tuzilmaganida, balki bu yigitlar hozir umuman boshqa ish bilan shug'ullanayotgan bo'lishi mumkin edi.


Matbuot anjumani

O'yindan keyin matbuot anjumanida Timur Kapadzega "Odatda murabbiylar jamoa tuzish uchun 3 yil kerak deb aytishadi. Lekin siz bir yilda yaxshi jamoa tuza oldingiz. Bu borada nima deya olasiz?" deb savol berdim.

SHunda Timur Toxirovich hamma gap mehnatda ekanini aytib, futbolchilarni bir maqsad yo'lida birlashtirish, murabbiy jamoaga nima xohlayotganini singdira olishi birlamchi ekanini takidladi. SHuningdek, vaqt asosan xorijlik murabbiylarga kerakligini aytdi. Nima bo'lganda ham qisqa vaqt ichida yaxshi jamoa tuzish oson emas. Lekin Kapadze bu ishning uddasidan chiqdi va ishonch bilan ayta olamizki, "Olimpik" Superligada hali ko'p jamoalarga boshog'riq bo'ladi. 




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика