So’nggi yangiliklar

12:36Расман: "Хоразм" сафига сенегаллик ҳужумчи келиб қўшилди  0 12:24Хвича Анрининг антирекордини такрорлади! ПСЖ эса Монакода ғалаба қозонди  0 11:45"Бенфика" президенти Руй Кошта "Реал" вакили билан жанжалда иштирок этди  6 11:34Назорат учрашувлари. "Андижон" мағлубият, "Сурхон" ғалаба, "Бунёдкор" дуранг билан Туркия йиғинини якунлади  0 11:20Моуринью учун "Реал" ноқулай рақибга айланмоқда: "Special One"да 7 ўйинда 5 та мағлубият  0 10:48"Ювентус" 67 йилдан кейин илк бор Еврокубок ўйинида 5 та гол ўтказиб юборди  2 10:20"У энди ҳеч қачон футбол ўйнамаслиги керак". Мбаппе — "Бенфика" ўйинчиси ҳақида  10 09:53Грузия чемпионатининг иккинчи рақамли тўпурари Ўзбекистон Пролигасида ўйнаши мумкин  0 09:25Винисиус иккинчи ўринга кўтарилиб олди  9 08:57"Насаф"нинг яна бир асосий футболчиси "Навбаҳор"га ўтиши мумкин  13 08:30Жанлука Престианни Винисиус Жуниорнинг ирқий айбловларига жавоб берди   10 08:04"Андижон" яна бир Осиё чемпиони билан шартнома имзолади  2 07:58Жозе Моуринью кечаги учрашув ҳакамига кескин айблов қўйди  12 07:34Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди  22 03:05ЕЧЛ. ПСЖ "Монако"га қарши ажойиб камбэк амалга оширди, "Боруссия Д" "Аталанта"ни мағлубиятга учратди  6

Yaqin kunlarda ro'y berishi kutilayotgan beshta katta transfer Yangiliklar

Yaqin kunlarda ro'y berishi kutilayotgan beshta katta transfer

Evropaning futbol nashrlaridan biri "FourFourTwo" yaqin kunlarda ro'y berishi mumkin bo'lgan beshta katta transferga to'xtalib o'tdi.

1. Neymar

Qaerdan: "Barselona"

Qaerga: PSJ


Agar Neymar "Barsa"ni tark etib PSJ safiga qo'shiladigan bo'lsa, bu yilning eng shov-shuvli transferi bo'ladi. Gap-so'zlarga qaraganda, Parij klubi Neymar uchun 222 million funt berishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

2. Ivan Perisich

Qaerdan: "Inter"

Qaerga: "Manchester Yunayted"


"Independent" nashrining yozishicha, "Inter" Perisich uchun angliyaliklardan 48 million funt so'ragan, biroq MYU bu summani 3-4 millionga tushirishni xohlamoqda. Buning ustiga "Inter" Perisichni berish evaziga Antoni Marsyalni ham o'ziniki qilib olmoqchi. 

3. Riyad Mahrez 

Qaerdan: "Lester"

Qaerga: "Roma", "Arsenal", "Tottenxem"


Mahrezni birinchi navbatda "Arsenal" xarid qilishi mumkin. Lekin yangi bosh murabbiy qo'liga o'tgan "Roma" ham qarab turgani yo'q. Rimliklar hatto jazoirlik futbolchi bizga kelib bo'ldi degan o'ydalar. Bunday qiziqish "Tottenxem"da ham bor, lekin ular futbolchining narxini baland deyishmoqda. "Lester" ustozi esa "Mahrez o'zimizga ham kerak" deyapti. 

4. Marko Veratti 

Qaerdan: PSJ 

Qaerga: "Barselona", "Manchester Yunayted"


Veratti masalasi ham ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. "Barsa" uni olishga harakat qilayotgani bor gap, ammo PSJdan sado chiqmayapti. Italiyalik sobiq agent Donato Di Kampli PSJning bu ishidan hayron qolganini aytdi va Veratti go'yo qamoqxonada o'tiribdi degandek shama qildi. Verattiga shuningdek, MYU ham qiziqish bildirgan. 

5. Benjamin Mendi

Qaerdan: "Monako"

Qaerga: "Manchester Siti"


"Monako"ning allaqachon ikki futbolchisi APLga yo'l oldi: Bernardo Silva bilan Bakayoko. Qolaversa, Kilian Mbappe, Fabino va Tomas Lemar kabi futbolchilar ham klubdan ketishi kutilmoqda. "Monako"ning yana bir futbolchisi Benjamin Mendiga esa "Manchester Siti" davogar. CHunki Gvardiola jamoani tark etgan Zabaleta, Sanya va Klishilarning o'rnini to'ldirmoqchi. "Siti" Mendi uchun 44,5 mln. funt to'lashga tayyor, ammo francuzlar 50 mln. so'rashmoqda. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика