So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  5 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  75 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Yaponiyaning JCHdagi debyutiga 20 yil to'ldi Yangiliklar

Yaponiyaning JCHdagi debyutiga 20 yil to'ldi

1998 yil Franciyada o'tkazilgan mundial Yaponiya terma jamoasi uchun o'z tarixidagi ilk jahon chempionati bo'lgandi.

SHundan beri oradan 20 yil o'tdi va yaponiyaliklar o'tgan vaqt ichida birorta ham mundialni o'tkazib yuborishmadi. Faqat Braziliyagina o'z debyutini nishonlaganidan beri muntazam mundialda qatnashib kelayotgan jamoa hisoblanadi. Bu borada Yaponiya ikkinchi o'rinda.

FIFA rasmiy sayti Yaponiyaning JCHlardagi ishtirokiga nazar tashlab, o'tgan 20 yil ichida "samuraylar" qanchalik o'zgargani haqida maqola chop etdi.

1998 yil. Yaponiya o'zini dunyoga tanitdi
Ishtirok: 
Guruh bosqichi

Yaponiyaning ilk ishtiroki JCH-98ga to'g'ri keladi. O'shanda kunchiqar yurt vakillari Argentina, Xorvatiya, Yamayka bilan bir guruhdan joy olishgandi. Garchi jamoa guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, Nakata, SHinji Ono kabi futbolchilarni dunyoga tanitib bergandi.

Fikr: "Men haqiqiy futbolni Yaponiyadan chetga ketgach ko'rdim. Menda xorijga chiqish imkoniyati yo'q edi, chunki Jey-ligani hech kim ko'rmasdi. Jahon chempionatida qatnashish esa ko'plab futbolchilar uchun chetga chiqish eshiklarini ochdi". (Xidetoshi Nakata, 1998 yilgi JCHda o'ynagan futbolchi)

2002 yil. Muxlislarga hadya etilgan quvonch
Ishtirok: 
1/8 final

Oradan to'rt yil o'tib mundial ikki mamlakat - Janubiy Koreya vaa Yaponiyada tashkil etildi. Yaponlar uydagi o'yinlarda o'zlarini ko'rsatmasa bo'lmasdi. Jamoa chindan ham yaxshi o'ynadi va hatto Rossiyani mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Ammo nimchorak finalda Turkiya ularni to'xtatdi.

Fikr: "2002 yilgi jahon chempionatining Vatanimizda o'tkazilishi juda katta voqeilik bo'ldi. Mana shu mundial sabab hali ko'rasizlar o'nlab futbolchilarimiz xorij klublariga yo'l oladi" (Tsuneyasu Miyamoto, mundialdan so'ng bergan intervyusidan)

2006 yil. Guruhdan chiqa olmaslik
Ishtirok:
Guruh bosqichi

JCH-2006da braziliyalik murabbiy Ziko boshchiligida Yaponiya guruhdan chiqishni maqsad qilgandi, ammo yakunda bunday bo'lmadi. Braziliya, Xorvatiya va Avstraliya orasiga tushib qolgan yaponlar maqsadga erisha olmadi.

Fikr: "Hammasi juda yomon yakun topdi. Afsus. Biz guruhdan chiqamiz deb o'ylagandik". (Ziko, Yaponiya termasi sobiq bosh murabbiyi)

2010 yil. Afrikadagi shijoat
Ishtirok: 
1/8 final

Guruhda Daniya va Kamerunni ortda qoldirib Gollandiyadan so'ng ikkinchi o'rin bilan Yaponiya kichik sensaciya qayd etgandi. O'shanda Keysuke Xonda porlagandi. Ammo 1/8 finalda ular Paragvayga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishadi.

Fikr: "Bugun Yaponiya futboli uchun o'zgacha kun. Terma jamoaning mundialdagi ishtiroki yoshlar ongiga qattiq tasir qiladi. Biz ham futbol o'ynay olishimizni ko'rsatib berdik". (Daysuke Macui, JCH-2010 ishtirokchisi)

2014 yil. Yana orqaga qadam
Ishtirok: Guruh bosqichi

Yaponiya yana guruhda qolib ketdi. Jamoa uchta o'yinning bittasida durang o'ynab, ikki bor yutqazdi. Yaponiya o'z guruhida Kolumbiya, Greciya va Kot-d'Ivuarga qarshi bahs olib borgandi.

Fikr: "Biz uchun muhimi hozirgi mavqeni saqlab qolish. Guruhdan chiqa olmaganimizdan xafamiz, lekin ko'rsatgan o'yinimizdan uyalmaymiz". (Makoto Xasebe, JCH-2014 ishtirokchisi)

2018 yil. Bu safar nima bo'ladi? 

Mana endi Yaponiya o'z tarixida ketma-ket oltinchi marta mudialda ishtirok etadi. Xo'sh, bu gal guruhdan chiqa oladimi? Jamoa bosh murabbiyi Akira Nishinoning aytishicha, guruhdan chiqish uchun imkoniyat yaxshi, biroq hamma gap futbolchilarning qanday harakat qilishida. Yaponiya o'z guruhida Senegal, Polsha va Kolumbiyaga qarshi o'ynaydi. Jamoa mundialda Osiyo sharafini munosib himoya qila oladimi? Bu savol hozircha javobsiz qolmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика