Yaponiyalik futbolchi Qatar klubiga o'tdi
04 fev 2019 10:54
Yangiliklar
Yaponiyalik futbolchi Qatar klubiga o'tdi
Nakajima "Al Duhayl" bilan shartnoma imzoladi. Futbolchini qo'shib olishdan maqsad Osiyo chempionlar ligasida munosib ishtirok etish. Nakajima o'zining blogida shunday yozdi: "Men "Portimonense"ni tark etyapman va bundan keyin "Al Duhayl" uchun o'ynayman. O'ylaymanki, Qatarda hammasi men uchun yaxshi kechadi. "Al Duhayl"ning g'alabalariga munosib hissa qo'shmoqchiman".
SHoya Nakajima bir paytning o'zida ham chap qanot, ham hujumchi ortida o'ynay oladi. U 2017 yil ijara asosida "FK Tokio"dan Portugaliya klubiga ko'chib o'tgandi. O'zining ilk mavsumida 29ta o'yinda ishtirok etib, 10ta gol urgan va 12 bor golli uzatmani amalga oshirdi. O'tgan mavsum esa atigi 13ta uchrashuvda ishtirok etib, 5ta gol urdi. Bunga sabab futbolchi jarohat olib ko'p vaqtini maydon tashqarisida o'tkazdi.
Nakajima Yaponiya terma jamoasi safida 6ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urgan. Qatar chempionati tugashiga 7 tur qolganida "Al Duhayl" ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'rinda esa "Al Sadd" bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar