So’nggi yangiliklar

14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  3 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10

Yaponiyadan qaytib kelgan Aziz G'aniev Musaevga rahmat aytdi FOTO Yangiliklar

Yaponiyadan qaytib kelgan Aziz G'aniev Musaevga rahmat aytdi FOTO

Jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan "Nasaf" yarim himoyachisi Aziz G'aniev kuni kecha Yaponiyadan yurtimizga qaytib keldi.

Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvida jarohat olib safdan chiqqan Aziz G'aniev Yaponiyada jarrohlik stolida yotqizilganidan xabaringiz bor. Kunchiqar yurtda salkam 3 oy muddat yashagan va tibbiy muolaja olgan futbolchi tiklanish jarayonlarini muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Yaponiyada Aziz G'anievni kutib olib, unga jarohatini davolash jarayonida bevosita katta ko'mak ko'rsatgan Fozil Musaev o'tgan vaqt mobaynida sobiq jamoadoshiga hamroxlik qilgan. Aziz G'aniev bizga malum qilishicha, jarrohlik operaciyasiga ketgan barcha harajatlarni "Nasaf" klubi to'lab bergan.


"Barchasi yaxshi. Kecha Yaponiyadan qaytib keldim. O'tgan vaqt davomida Yaponiyada meni qo'llab-quvvatlab, o'z xizmatini ayamagan Fozil aka Musaevga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, "Nasaf" klubi va jamoa murabbiylar shtabi hamda futbolchilarga ham rahmat. Muxlislarga esa sog'inchli salomimni yo'llayman! Xudo xohlasa tez orada maydonga qaytib, ularni o'z o'yinlarim bilan xursand qilishga harakat qilaman", - dedi Aziz G'aniev.

Ayni paytda yurtimizga qaytib kelgan Aziz G'aniev hozirda oila davrasida. Tez orada futbolchi "Nasaf" qarorgohiga yo'l oladi.

Aziz G'aniev dekabrdan boshlab individual tarzda mashg'ulotlarga kirishishini takidladi. Futbolchi taxminan yana 1,5 oylardan so'ng jamoa bilan umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda. Aziz G'aniev katta ehtimol bilan fevral oyida yashil maydonga qaytishi mumkin.

Qayd etish joizki, Aziz G'aniev yanvarda bo'ladigan Osiyo Kubogini jarohati bois o'tkazib yuboradi.

Reyting: +102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика