So’nggi yangiliklar

23:49ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон МТЖ машғулоти (01.09.2025)  0 23:37Антони МЮни тўлиқ тарк этди  0 23:19CAFA. Тожикистон Афғонистонни мағлуб этди  1 22:57Марко Асенсио энди Туркия клуби шарафини ҳимоя қилади  1 22:43Расман: Расмус Хейлунд "Наполи" футболчиси  1 22:13Туркманистонга қарши ўйин олдидан расмий машғулот  3 21:13Илкай Гюндоганнинг кейинги клуби номи маълум бўлди  4 21:07"Байер" 30 млн. еврога Саудия Арабистони клуби футболчисини сотиб олди  0 20:15Трансфер дедлайни: "Ливерпуль" Гехини ҳам сотиб олмоқда  8 19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   5 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  5 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  16 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4

Yaponiya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "SHogirdlarimni O'zbekiston bilan o'yinga jiddiy tayyorlayapman" Yangiliklar

Yaponiya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "SHogirdlarimni O'zbekiston bilan o'yinga jiddiy tayyorlayapman"

Xitoyda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida ertaga chorak final bahslari o'tkaziladi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi bu bosqichda Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ertangi bellashuvdan oldin yaponlar ustozi Xajime Moriyasu quyidagi fikrlarni bildirdi: 

- "Yaponiya avvalgi Osiyo chempionatida g'olib chiqqan, lekin bu hech qanday bosim o'tkazmaydi. Biz xotirjammiz. Omadimiz kelsa yana chempion bo'lamiz, yo'qsa o'z yo'limizda davom etamiz". 

- "Albatta, bu erga g'oliblik uchun kelganmiz, lekin bundan ham muhimi futbolchilarimizning malaka oshirishidir. Ular eng yaxshi xususiyatlarini maydonda ko'rsatsa, men shundan ko'proq xursand bo'laman". 

- "Xalqaro musobaqalarda chorak finalga chiqqan jamoalar orasida kuchsizi bo'lmaydi. O'zbekiston ham o'ziga yarasha kuchli raqib. Ularda tajribali va saviyasi baland futbolchilar ko'p. Men shogirdlarimni bu o'yinga jiddiy tayyorlashim kerak". 

Malumki, Tailandda o'tkazilgan M-150 Kubogi finalida Yaponiya va O'zbekiston o'zaro to'qnash kelgandi. O'shanda O'zbekiston terma jamoasi finalda Yaponiyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etgan. Yaponlar ustozi o'sha o'yinni ham yodga oldi:

- "Men terma jamoani qabul qilib olganimdan so'ng M-150 Kubogi mening ilk musobaqam bo'lgandi. Osiyo chempionati esa ikkinchisi. Lekin bu ikki musobaqani bir-biri bilan solishtirish kerak emas. O'sha turnirdagi jamoamiz tarkibi hozir o'zgargan. Hozirgi tarkibdan faqat sakkiz futbolchi Tailandda ham o'ynagandi".

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика