So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  11 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Yaponiya termasi darvozaboni: "Osiyo kubogini qo'lga kiritishimiz kerak" Yangiliklar

Yaponiya termasi darvozaboni: "Osiyo kubogini qo'lga kiritishimiz kerak"

Osiyo kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan Yaponiya va Bahrayn termalari o'rtasidagi o'yindan so'ng yaponlar darvozaboni Zion Suzuki caytimizga kichik intervyu berdi.

- Ajoyib o'yin bo'ldi. Biroq xato sabab o'z darvozangizdan to'p olib chiqdingiz. SHu haqda nima deya olasiz?

- Bugun men uchun "quruq" o'yin o'tkazish muhim edi, ammo jamoaning g'alabasi birinchi o'rinda turadi. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istayman. Sarosimaga tushmaslikka harakat qilaman. Afsuski, bugun birgina xato menga qimmatga tushdi. Bu o'yindagi birgina kamchiligim aynan shu vaziyat bo'ldi.

- Oxirgi ikki hafta davomida muxlislar tomonidan qanday qo'llovni his qildingiz?

- Biz Qatarda o'ynayotgan bo'lsak ham, juda ko'p muxlislar stadionga kelishdi. Ular bizni ruhlantirishdi. Aynan muxlislar uchun eng yaxshi o'yinimni namoyish qilmoqchiman. 

- Gol o'tkazib yuborganingizdan so'ng murabbiy sizga nimalardir dedi? SHu holatni aytib bera olasizmi?

- Murabbiy menga barchasi joyida ekanligi va o'yindan zavq olishim kerakligi haqida gapirdi. Men shunday qildim. Bu musobaqani yutishimiz kerak. Bu maqsad yo'lida qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Bu oson bo'lmaydi, lekin barcha o'yinlarda g'alaba qozonamiz.

Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика