Yaponiya terma jamoasi hujumchisi 1 yanvar kuni "Liverpul" safiga qo'shiladi
12 dek 2019 23:40
Yangiliklar


Yaponiya terma jamoasi hujumchisi 1 yanvar kuni "Liverpul" safiga qo'shiladi
"Red Bull Zalcburg" klubi hujumchisi Takumi Minamino kelasi oydan "Liverpul" azosiga aylanadi.
Jurnalist Jeyms Pirsning malum qilishicha, osiyolik forvard Mersisayd klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi va 1 yanvar kuni tomonlar orasidagi hamkorlik rasmiylashtiriladi.
Ingliz klubi Minamino uchun 7,25 mln funt to'laydi. Eslatib o'tamiz, "Zalcburg" hujumchisi "Liverpul"dan tashqari, "Borussiya" (Myunxengladbax), "Milan" va "Manchester Yunayted" klublari diqqat markazida turgandi.
Minamino Avstriya Bundesligasining joriy mavsumida 14ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 gol va 5ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar