So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  3 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  6 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  11 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

Yaponiya klubi vakili Namanganga tashrif buyurdi Yangiliklar

Yaponiya klubi vakili Namanganga tashrif buyurdi

O'tgan yilning dekabr oyida muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning Yaponiyaga tashriflari chog'ida mazkur mamlakat bilan ko'plab sohalarda kelishuvga erishilib, shartnomalar imzolangandi.

Ushbu sohalar qatorida sport sohasi ham bor edi. Buning samarasi o'laroq, Yaponiyaning “Vanfore Kofu” va Namanganning “Navbahor” klublari o'rtasida ham o'zaro hamkorlikka kelishib olingandi.

Ushbu hamkorlikning amaliy natijasi o'laroq, Namanganga amaliy tashrif bilan Yaponiyaning “Vanfore Kofu” futbol klubi bosh menejeri janob Satoru Sakuma keldi.

Martabali mehmon bugun “Navbahor” uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “Markaziy” o'yingohga tashrif buyurdi.

Satoru Sakumaga mazkur tashrif chog'ida Namangan viloyat hokimligi vakillari hamrohlik qilishdi.


“Markaziy” o'yingohda yaponiyalik mehmonning “Navbahor” PFK rahbariyati hamda xodimlari, shu jumladan, klub direktori Baxtiyor Nurmatov, “Markaziy” o'yingoh direktori Nabixon Abdug'aniev, shuningdek, Namangan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Ilhom Mo'minov, Namangan viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi direktori G'anisher Ismoilov, Namangan viloyat futbol associaciyasi yo'riqchisi Zoyir Hasanovlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Samimiy ruhda o'tgan mazkur uchrashuv davomida “Navbahor” PFK direktori Baxtiyor Nurmatov va "Vanfore Kofu" bosh menejeri Satoru Sakuma o'zaro fikr almashishdi. Jumladan, Baxtiyor Nurmatov Yaponiya klubi bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bayon etib, Sakumani “Navbahor”ga oid malumotlar bilan tanishtirib o'tdi.

O'z navbatida Satoru Sakuma ham iliq qabul uchun klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirib, O'zbekistonning mashhur jamoalaridan biri bo'lmish “Navbahor” bilan hamkorlik qilishdan mamnunligi, ushbu hamkorlik doirasida bir qator rejalarni amalga oshirish niyatida ekanligi, har ikki klubning o'xshash tomonlari ko'p ekanligi, jumladan, “Vanfore Kofu” ham xuddi “Navbahor” singari vodiy jamoasi ekanligini takidlab o'tdi.

Har ikki klub rahbariyati vakillarining o'zaro fikr almashishlaridan so'ng, yaponiyalik martabali mehmonga “Navbahor” ishtirokidagi o'yinlarning videoroliklari namoyish etildi.

Satoru Sakuma jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarning videoroliklaridan katta tassurot olganligini etirof etdi.

Uchrashuv yakunida Baxtiyor Nurmatov va Satoru Sakuma o'zaro sovg'alar almashishdi.

SHundan so'ng, yaponiyalik martabali mehmon “Markaziy” o'yingohning hakamlar, nazoratchi, jamoalarning kiyim almashtirish xonalari, shuningdek, maydonni ko'zdan kechirib, ularga yuqori baho berdi.


So'ngra, o'yingohning anjumanlar zalida Satoru Sakumaga Namangan viloyat futbol associaciyasi yo'riqchisi Zoyir Hasanov viloyatimiz futbol falsafasiga bag'ishlangan videorolikni namoyish etdi.

SHu tariqa “Vanfore Kofu” klubi bosh menejerining “Markaziy” o'yingohga uyushtirgan tashrifi yakunlandi.

Satoru Sakumaning tashrifi rejasidan shuningdek, Namangan viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi, “Navbahor” PFK qoshidagi 17-sonli akademiyaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar futbol maktabi, To'raqo'rg'ondagi “Odil Junior” futbol akademiyasi bilan tanishish ham o'rin olgan.

Umid qilamizki, “Navbahor” hamda “Vanfore Kofu” klublari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik yaqin vaqt ichida o'z samarasini beradi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика