So’nggi yangiliklar

00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  0 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  7 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  7 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  180 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11

Yapon yutdi, koreys yutdi, biz ham yutamizmi? Yangiliklar

Yapon yutdi, koreys yutdi, biz ham yutamizmi?

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik yo'lida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Bugun futbolchilarimiz "Milliy" ("Bunyodkor") stadionida KXDR terma jamoasini qabul qilishadi. Avvalo shuni aytish kerak, o'yinga etibor katta emasdek. Masalan, kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida unchalik ko'p OAV ishtirok etmadi. Qolaversa, terma jamoamiz mashg'ulotlarini yoritib borish ham avvalgi yillardagiek emas. Go'yoki ko'pchilik "uyquga" ketgandek. 

Kecha bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvlarida Osiyoning etakchi jamoalari yaxshi natija qayd etishdi. Yaponiya Panamani 3:0 hisobida mag'lub etdi, Janubiy Koreya Urugvaydan 2:1 hisobida ustun keldi. 16 oktyabr kuni biz bilan o'ynaydigan Qatar esa Ekvadorni 4:3 hisobida taslim etdi. Bugun biz ham g'alaba qozonamizmi? 

Agar terma jamoa muntazam yutib turganida bu savol kun tartibiga qo'yilmasdi, chunki KXDRni yutishimizga to'liq ishongan bo'lardik. Ammo bir yildan oshdiki, o'rtoqlik o'yinlarida g'alaba qozona olmayapmiz. Oxirgi marta o'tgan yil 25 avgust kuni Qirg'izistonni 5:0 hisobida mag'lub etganmiz. Lekin bu o'yin yopiq eshiklar ortida o'tkazilgandi. O'zimiz ko'rgan o'yinlardan esa 6 iyunda Tailand terma jamoasini 2:0 hisobida yutganmiz. 

Xullas, bir yildan ziyod vaqt mobaynida yutmaslik Ektor Kuperni xavotirga soladimi-yo'qmi, bu haqda bir narsa deya olmaymiz. Balki Kuper avvalgi uchrashuvlardagi natijalar haqida umuman o'ylamayotgan bo'lishi mumkin. Uning maqsadi aniq: terma jamoani Osiyo Kubogiga tayyorlash. Lekin yigitlardlagi shijoatni qaytarish uchun g'alaba qozonmasa bo'lmaydi. CHunki mashg'ulot har qancha qiziq o'tmasin, o'yinda yutmaslik jamoadagi kayfiyatning pasayishiga olib keladi. 

Aytishadi-ku, mashg'ulotdagi mehnat mahsuli o'yinda ko'rinishi kerak. Kechagi matbuot anjumanida "KXDRga qarshi hujumkor futbol ko'ramizmi?" degan savolga murabbiy ro'y-rost hujumkor o'yin namoyish etamiz deb vada bermayman dedi. SHundan kelib chiqib katta ehtimol bilan bugun ham Suriyaga qarshi o'yin kartinasini ko'rsak kerak. Yani, Kuper avvalo himoyaga urg'u beradi. U raqibdan kelib chiqib taktika tanlamayapti. Jamoaga kimga qarshi o'ynamasin, himoyani mustahkam ushlanglar deyapti. 

Bugungi raqib tan olaylik bizdan kuchsiz. KXDR oxirgi marta mart oyida o'ynagan. SHundan beri jamoa birinchi marta yig'ildi. Biz esa har oy yig'in o'tkazyapmiz, o'rtoqlik uchrashuvlari ham bisyor. SHundan kelib chiqib bugun SHimoliy Koreya bizga qarshi hech narsa qila olmasligi kerak. Yaponiya doim o'rtoqlik o'yinlarida yutib turgan bir paytda biz KXDRni mag'lub eta olmaymizmi? 

O'yindan oldin anshlag kuzatilmadi. Bugun o'yin borligini kimdir biladi, kimdir yo'q. Reklama kuchli emas. Lekin SIP uchun chiqarilgan chipta narxi 100 ming so'm. Oddiy bir o'rtoqlik uchrashuvi uchun juda qimmat narx, menimcha. Odamlar 100 mingga koncertga kirib madaniy hordiq olib chiqishyapti. Futbol madaniy hordiq bera oladimi? Beradi qachonki o'yin zerikarli bo'lmasa. Lekin Suriya bilan kechgan bahsga o'xshab nursiz futbol ko'rsatishsa, kimning futbolga tushgisi keladi?

Futbolda ajiotaj bo'lishi kerak, zarbalar, kutilmagan seyvlar, to'p darvoza ustuni va to'siniga tegib qaytishi, burchak to'plari, o'tkir hujumlar, tezkor va aldamchi harakatlar, muxlislarning olqishi bo'lishi kerak. Agar o'yin paytida shular bo'lmasa, demak bu futbol emas. Biz ham terma jamoadan mana shunday o'yin xohlaymiz. 

Kuperning bugun himoya, ertaga yarim himoya, indinga hujum ustida ishlaymiz deyayotgani xuddi absurdga o'xshayapti. Zamonaviy futbolda buning iloji bormikan? Hozir dunyo murabbiylari bunday usulni qo'llayotgani yo'q. Hamma jamoa sifatida o'yinni shakllantiryapti va raqibga qarab taktika tanlayapti. Terma jamoamiz avvallari qanday edi-ya! Bizga to'p bilan futbol yarashardi. Hozir ham muxlisning terma jamoadan ehtiroslar junbushga keladigan o'yin talab qilishga haqqi bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика